Reja: Xristianlikning vujudga kelishi; Pravoslav oqimi; Katolik oqimi


Download 198.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana17.06.2023
Hajmi198.91 Kb.
#1535285
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Xristianlik dini REFERAT

Pavlusning sifatlari 
Pavlusning maktublarida tartiblangan va «H.F.» kitobida zikr qilingan holatlari va so‘zlaridan uni 
ajratib turuvchi uchta sifati yaqqol ko‘zga tashlanadiki, bular uni masihiylikka da’vat qiluvchilarning 
yo‘lboshchisi bo‘lishiga olib bordi. 
Birinchi sifati: U doimiy serharakat, charchamaydigan serquvvat va erinmaydigan shaxs bo‘lgan. 
Ikkinchi sifati: U pishiq, hiylasi o‘tkir, fikrlash doirasi kuchli, har ishni g‘oyatda o‘tkirlik bilan hal 
qiluvchi va ustalik bilan amalga oshiruvchi shaxs bo‘lgan. 
Uchinchi sifati: U ko‘pchilik qalbiga ta’sir qila oluvchi va ularning xohish-istaklarini egallay oluvchi 
shaxs bo‘lgan. 
Pavel ana shu a’lo sifati va o‘tkir qudrati bilan masihiy da’vatchilarning mehr markazi bo‘lishga, 
o‘zining ra’y-fikrlarini masihiylarga farz etish va uni din qilib olishlariga, uning so‘zini hujjat qilib 
olishlari va Xudodan kelgan vahiy deb tan olishlariga erisha oldi. 


Pavlus ana shunday ajoyib sifatlari bilan do‘st Barnaboni Iso Masihni ko‘rganiga ishontira oldi va 
shogirdlar o‘rtasida birinchi darajani egallashga erishdi, vaholanki, u ularga fitna, balo va 
shaytonning hiylasi bo‘lib kelgandi. Ana shunday kuchli sifatlar bilan u havoriylarni uning o‘tmishini 
unutishlari va uni faqat yaxshi inson deb qabul qilishlariga erisha oldiki, hatto ko‘pchilik ichida 
uning so‘zini rad qila olmay qoldilar. Hatto borib-borib hozirgi masihiylik Pavel tabiatining 
ko‘chirmasiga aylandi qoldi. Dinlar borasida shug‘ullangan va undagi shaxslarning holatlari va 
tutgan mavqelarini biladigan kishilar gohi: «Qanday qilib bir dinga kofir bo‘lgan odam hech qanday 
turtkisiz bir yumalab shu dinga qattiq e’tiqod qilish holatiga o‘tib qoldi?» deb ajablanadilar. Bunga 
uncha ajablanmasa ham bo‘lar edi, qachonki bu kufrdan iymonga o‘tishning o‘zidangina iborat 
bo‘lsa. Chunki bunga misollar ko‘pdir. Lekin hammadan ajablanarlisi bir shaxsning bir dinga 
nisbatan mutlaq kufrdan, o‘zi kofirlik qilgan, qarshi chiqqan, dushmanlik qilgan xuddi shu dinga 
payg‘ambarlik darajasiga ko‘tarilishidir. Mana buning o‘xshashi ham, misoli ham ko‘rilmagan, bu 
narsa hech bir nabiy va rasulda sodir bo‘lmagan hodisadir. Mana masihiylar o‘zlari iymon keltirib 
rivoj qiladigan yahudiylar Tavroti, qadimgi Ahd kitoblaridan biror-bir payg‘ambarning hayotining 
avvalida vahiyni qabul qilishga tayyorgarligi bo‘lmay, ilhom ahlidan bo‘lishi uchun pokiza nafsli 
bo‘lmay elchilik vazifasiga tayinlanganini bizga zikr qila oladilarmi? Payg‘ambarlikdan ilgari uning 
alomati mavjud bo‘lmas ekan hech, bo‘lmasa unga qarama-qarshi turish sodir bo‘lmagan bo‘lishi 
kerak-ku! Lekin hayratomuz Pavlus o‘z zamonida bu taajjubni engib, o‘zidan keyin masihiylarni 
unga so‘zsiz itoat etishga majbur qila oldi va uning so‘zlari, ra’y-fikrlari hamda ta’limotlarini 
o‘rganayotganlarida aqlni unutib qo‘yishlariga imkon topa oldi. 
Garchi Pavlusning zakovati va ustaligi ko‘pchilikning aql ko‘ziga parda tortgan bo‘lsada, masihiylar 
ichida uning so‘zlariga qarshi kuchli mulohaza bildirib inkor qiluvchi va botilga chaqiruvchi kishilar 
ham bo‘lgan. Ruhoniy Abdulahadning so‘zini keltiramiz: «Yangi ahd» kitoblaridan 15 ta maktub 
ushbu (Pavel) ismini o‘z ichiga oladi. Agar sen hozirgi masihiylikning haqiqiy muassisi Pavlus 
desang hayratga o‘rin yo‘qdir. Benyamin urug‘idan, farziylar mazhabidan hamda zamonasining 
olimlaridan birinchi shogirdi bo‘lgan... Tarslik yigit SHoul Iso nomini va unga ergashganlarni er 
yuzida yo‘q qilib yuborish yo‘lida bor kuchini sarf qilgan. O‘zining Nazaretlik dushmanini (ya’ni 
Isoni) peshin payti osmondan tushgan nur atrofini yoritib yuborganda ko‘rgan bu yigit hidoyat topdi 
va Pavlus deb nomlandi. Ana u Isaviylik asosini qo‘ygan kishidir. 
O‘rta Osiyo xalqlari tarixida Xristian dini. 
XI asrning oxirida xristianlikning Sharqqa tomon harakati va tarqalishi ommaviy tus oldi. Bu dinni 
mahalliy aholi orasida tarqatuvchilar Sharqning ayrim viloyatlariga ilgariroq kirib borganlar. 280 
yildayoq Talos (Marke) cherkovlari qurilib bo‘lgan, Samarqandda (310 yildan), Marvda (334 yildan), 
Hirotda (430 yildan), Xorazmda, Marida va O‘rta Osiyoning boshqa shaharlarida episkopik, kafedra, 
missiyalar, keyinchalik Samarqandda, Maroda (430 yillar), Hirotda (658 yillar) episkoplikdan iborat 
diniy hududiy jamoalar, birlashmalar bo‘lgan. Xurosonliklar va sug‘diyonaliklar zardushtiylar, 
monaviylar, buddaviylar, bilan bir qatorda xristianlar ham bo‘lgan. 
O‘rta Osiyo territoriyasida islomning tarqalishi davrlarida islom bilan xristianlik o‘rtasidagi 
ziddiyatlar, kelishmovchiliklar keskinlasha boshladi. Biroq, X asrgacha Samarqand, Xorazm, 
Toshkent viloyatlarida xristianlarning manzilgohlari bo‘lgan. Hatto Beruniy yashagan davrda ham 
(973-1056) Marvda provoslav metropoliyasi bo‘lgan. 


Ana shu davrda xristianlik Kavkazda ham tarqala boshladi. Armaniston (301 yil) va Gruziyada (318 
yili) davlat diniga aylanadi. Ozarbayjon va Janubiy Dog‘iston territoriyasida IV-VII asrlarda 
hukmron din hisoblangan. 
Bibliya. Bibliya, yahudiylik va xristianlik dinlari ta’limotiga ko‘ra, u Xudo tomonidan nozil qilingan
asosiy diniy aqida va axloq qonunlarini o‘zida jamlagan muqaddas kitoblar majmuasidir. 
Uning tarkibiga kirgan yahudiy diniga talluqli kitoblar «Qadimiy ahd» deb, xristian talimotiga 
tegishli kitoblar «Yangi ahd» deb nomlanadi. Yahudiy va Xristian bibliyalari bir-biriga mos 
kelmaydi. Yahudiylarning muqaddas kitobi Qadimiy Isroil va Qadimiy Yahudiylarning diniy talimot 
va urf-odatlari asosida eramizdan avalgi XIII asrda yozilgan bo‘lsa, Xristianlarning kitobi esa 
eramizning boshlarida vujudga keldi. Yahudiylar xristianlarning kitobini muqaddas kitob sifatida 
tan olmaydilar xristianlar esa yahudiylarning kitobini muqaddas kitob sifatida tan oladilar. 
Bibliya so‘zining grekchadan tarjimasi biblia - kitob, o‘ram ma’nolarini anglatadi. Hozirgi Bibliya 
katolik nashrlarida 72 ta kitobdan, protestant nashrlarida esa 66 kitobdan iborat. Yahudiylarning 
yana bir diniy manbasi Talmudning xabar berishicha Qadimiy ahdda 24 ta kitob bo‘lishi kerak. 
Qadimiy yahudiy tarixchisi Iosif Flaviyning aytishicha 22 ta kitob bo‘lishi kerak. Protestantlar va 
yahudiylar, Trident Soboridan keyin (1545-1563) katoliklar ham qadimiy ahd tarkibiga 45 ta kitob 
kirgizadilar. Bu son bilan yuqorida keltirilgan son o‘rtasidagi tafovutni keyinchalik ba’zi kitoblar bir 
necha mustaqil kitoblarga bo‘linib ketganligi bilan izohlash mumkin. Masalan, «Musoning besh 
kitobi» avval bir butun bo‘lib, keyinchalik beshta mustaqil kitobga ajratib yuborilgan, «kichik 
payg‘ambarlar kitobi» 12 kitobga ajratib yuborilgan. 
Yahudiylar Qadimiy Ahdni 3 qismga bo‘ladilar: 
birinchisiga «Musoning besh kitobi» - «Tora» («Tavrot»); 
ikkinchisiga «Payg‘ambarlarning avvalgi va keyingi kitoblari (Netiim); 
uchinchisiga qolgan kitoblar (Ketubim). 
Xristianlar Qadimiy Ahdni «Rivoyatlar kitoblari», «Ta’limotlarga kitoblari»ga, «Payg‘ambar 
kitoblari»ga bo‘lishadi. Ular Yangi Ahdning 27 kitobini ham shunday tasnif qiladilar. «Rivoyatlar 
kitoblari»ga «Injil» va «Havoriylar faoliyati» kitoblari kiradi. «Ta’limotlar»ga «Havoriylar 
maktublari» kiradi, «Payg‘ambarlar kitoblari»ga «Vahy» kitobi kiradi. 
Bibliyaning kitoblari boblarga, boblar esa suralarga bo‘linadi. Uning hozirgi qabul qilingan bo‘linishi 
Nenterberiya episkopi Stefan Langton (vafoti 1228 y.) tomonidan kiritilgan. U 1214 yili lotin tilidagi 
matnni boblarga bo‘lib chiqdi va bu narsa keyinchalik yahudiy va yunon tillaridagi matnlarga ham 
joriy qilindi. Suralar avval Santes Panino (v. 1541 y.) keyinchalik 1555 yilarda Robert Etenlar 
tomonidan raqamlandi. 
Tavrot. Musoga tegishli bo‘lgan, besh kitob «Tavrot» deb ataladi va u quyidagi kitoblarga bo‘linadi: 
1) «Borliq» yoki «Ibtido»; 2) «Chiqish»; 3) «Levit»; 4) «Sonlar»; 5) «Ikkinchi qonun». 
Injil. Injil - xushxabar ma’nosini anglatadi. Yangi ahd tarkibiga kirgan Injil 4 ga bo‘linadi. 1) Matvey 
injili; 2) Marko injili; 3) Luka injili; 4) Ioann injili. 
www.rishton7m.zn.uz
 
telegram.me/rishton7 

Download 198.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling