Reja: Yahudiylik dining vujudga kelishi


Download 42.38 Kb.
bet1/10
Sana31.10.2023
Hajmi42.38 Kb.
#1735554
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Reja Yahudiylik dining vujudga kelishi-fayllar.org


Reja: Yahudiylik dining vujudga kelishi

Mavzu №8. Milliy dinlar.


Reja:
1.Yahudiylik dining vujudga kelishi.
2.Veda va veda dinlari.
3.Konfustiychilik, daosizm va sintoizm.
1.Yahudiylik dinining asoschisi Allohning payg’ambari hazrat Muso alayhissalomdir (mil. avv. 1666-1546 yy.).
Muso alayhissalom Ibrohim alayhiyssalomning o’g’li Ishoq alayhiyssalom, uning o’g’li Ya’qub alayhiyssalom, uning o’g’li Loviy, uning o’g’li Kaaf, uning o’g’li Amram (Imron)ni o’g’li bo’lgan. Horun alayhiyssalom esa Muso alayhiyssalomning akasi hamda yordamchisi bo’lgan.
Ya’qub alayhiyssalomning o’n ikki o’g’lidan to’rtinchisi Yahudo (Iuda) boshchiligidagi qabila ota-bobolari – ibroniylar e’tiqod qilib kelgan yakkayu-yagona xudo–Yahvega sig’inishgan. Iuda so’zi shukur ma’noni beradi. Turli tomonlarga tarqalib ketgan Ya’qub alayhiyssalom o’g’illari bosh bo’lgan qabila ahllari dastlab ya’qubiylar deb atala boshlangan. Yahudiylik (iudaizm) dinining nomi esa qabilaning ilk boshlig’i bo’lgan Yahudo (Iuda) nomidan kelib chiqqan. Keyinchalik bu xalq yahudiylar deb yuritila boshlangan.
Yahudiylikda Yahve nomini tilga olish man etiladi, o’rniga «adonay» (mening parvardigorim) deb o’qiydilar va gapiradilar. «Yahve» so’zining ma’nosi hozirgacha noaniq. Yahve qadimgi ibroniylarning xudolaridan birini nomi bo’lgan, u avval bosh xudo. Keyinchalik bu qabila uni yagona xudo deb e’tiqod qila boshlaganlar.

Yahudiylikning ta’lim berishicha, xudo Yahve Isroil xalqi bilan ikki tomonlama shartnoma – «Ahd» orqali bog’langan bo’lib, shunga ko’ra yahudiylar o’zlarini «Xudo tomonidan tanlab olingan mumtoz xalqmiz, bu ahd bo’yicha xudo Falastin va uning atrofidagi barcha erlarni bizga berishga va’da qilgan» degan e’tiqodda yashab kelganlar va hozir ham shu aqidani mahkam tutib tunmay kurash olib boradilar.



Yahudiylar tarixi. Falastinda (Kan’on) Misr hukmronligining ta’siri susaygan miloddan avvalgi XIII-XII asrlarda bu mamlakatda bir qancha kan’oniy (xanaan)lardan tashkil topgan mayda shahar-davlatlar bo’lgan. (Kan’on (Xanaan)-Falastinning eski nomi. Tavrotda yozilishicha, Xudo hazrati Ibrohim, Ishoq, Yaqub payg’ambarlarga va’da qilgan mamlakat bo’lib, Nuh payg’ambar o’g’li Xom, uning o’g’li Kan’on naslidan tarqalgan butparast xalqlarning eri bo’lgan.

Misr asoratidan zo’rg’a qutilib kelgan Bani Isroil qabilalari Muso alayhissalomning shogirdi, undan keyin bo’lgan payg’ambar va buyuk sarkarda Yuvsha’ (Iisus Navin) alayhissalom boshchiligida miloddan avvalgi XIII asrning birinchi yarmilarida Tangri Taolo Isroil avlodlariga va’da qilgan Falastin erlariga kirib keldilar va bu erdagi mayda shahar-davlatlarda yashovchi Falastinning tub aholisi bo’lmish kan’oniylarni birin-ketin zabt etib siqib chiqara boshladilar. Bu shaharlarni egallash juda mushkullik bilan kechdi, ular kelgindilarga qattiq qarshilik ko’rsatdilar, shuning uchun ham kan’oniylarning bir qancha shaharlari, tevarak atrofida Bani Isroil qabilalari qurshovida bo’lgani holda ancha vaqtgacha mustaqil bo’lib turdi.

Kelgindi ko’chmanchi Bani Isroil qabilalari bu erlarda o’troq bo’lib er egalari-zamindorlarga aylandilar va asta-sekinlik bilan vodiylarni hamda kan’oniylarning shaharlarini birin-ketin egallab ola boshladilar.

Yangi erlarni egallab va o’zlashtirib olishda Kan’onning tub xalqi bilan olib borilgan kurashlarda Isroil qabilalarining vaqtinchalik birlashuvi va o’zaro bir-birlari bilan hamkorligi bir tomondan mustahkamlanib borsa-da, ikkinchi tomondan, Isroil qabilalarining keyinchalik bepoyon Kan’on erlarining turli tomonlariga sochilib ketib joylashib olishlari ularning bir-birlaridan ajralib, tarqalib ketishlariga ham zamin yaratdi.

Janubga, ya’ni O’lik dengizning g’arbidagi keyinchalik Yahudiya deb atalgan tlik viloyatlarga joylashib olgan yahudiylar qabilasi Falastinning shimolidagi unumdor erlarni egallab olgan Isroil qabilalarining asosiy o’zagi bo’lgan bu qabiladoshlariga qaraganda erta muqim (o’troq) bo’lib o’rnashib, ulardan ajralib chiqdi.

Falastinning tub xalqi-kan’oniylar Misr bosqichi zolimlariga qarshi tinimsiz kurashi, uzluksiz urushlar, “dengiz orti xalqlari”ning Falastinning O’rta er dengizi sohillarida yashaydigan butparast filistiylar va boshqa chet el bosqinchidarining paydar-pay hujumlaridan holsizlangan Falastinni Isroil qabilalari tomonidan bosib olinishi ancha oson va tez kechdi. (Falastin so’zi ana shu xalq nomidan olingan bo’lib “filistiylar mamlakati” degan ma’noga ega bo’lgan).
Dengiz orti xalqlari” deb nom olgan bu xalqlar miloddan avvalgi XIII-XII asrlarda ana shu O’rta er dengizi sohillariga kelib o’rnashib qolgan edilar.


Falastinga isroilliklar kirib kelganlaridan so’ng jangovar filistiylar ularga ham birday qarshi kurashni boshlab yubordilar va betinim ketma-ket hujum qilib turdilar.

Miloddan avvalgi XI asrning ikkinchi yarmida filistiylar yahudiy qabilalarining chegaraoldi viloyatlariga bostirib kirib, ularning bir necha qal’alarini qo’lga kiritdilar.


Download 42.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling