Yarim о‘tkazgichli diodlar - Zamonaviy texnika sohalarida qо‘llaniluvchi elektron qurilmalar asosan yarim о‘tkazgichli diodlar va bir nechta о‘tishli asboblardan tashkil topgan. Bunga yarim о‘tkazgichli asboblarning о‘lchamlari va vazni kichikligi, foydali ish koeffitsiyentining yuqoriligi, uzoq muddat xizmat qilishi va yuqori chidamligi kabi afzalliklarga egaligi asos bо‘lgan.
- Yarim о‘tkazgichli diod bu bitta elektr о‘tish (r-n о‘tish) li va yarim о‘tkazgichga jipslashtirilgan metalldan chiqarilgan ikki chiqishga ega asbobdir. Elektr о‘tish asosan ikki turdagi elektr о‘tkazuvchanlikka ega aralashma (ryoki n- tipdagi) orasida hosil bо‘ladi. Bu sohalardan biri (kichik qarshilikli) emitter, boshqasi (yuqori qarshilikli) baza deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |