Reja; Yarimo'tkazgichlarda kontakt hodisasi


Download 125.2 Kb.
bet2/4
Sana18.06.2023
Hajmi125.2 Kb.
#1556795
1   2   3   4
Bog'liq
Samandar Xudoynazarov

p – va n yarimo‘tkazgichlar kontaktga keltirilganda energiyasi
yuqori bo'lgan zaryad tashuvchilar  p-n o‘tish orqali qo‘shni
sohalarga diffuziyalanish hisobiga p-n o‘tishning elektr maydoniga
teskari yo‘nalishda siljiydilar. Natijada diffuziya toki IDIF hosil bo‘ladi.
Asosiy zaryad tashuchilaming p-n o‘tish orqali diffuziyalanishi bilan bir vaqtda noasosiy zaryad tashuvchilaming p-n o‘tish maydoni yo‘nalishida siljishi boshlanadi. Bu maydon noasosiy zaryad tashuvchilarga tezlatuvchi ta’sir ko‘rsatib, dreyf tokini hosil qiladi. p-n o‘tishga elektr kuchlanish berilmaganda termodinamik muvozanat yuzaga keladi, ya’ni diffuziya va dreyf toklari absolut qiymatlari teng bo‘ladi. Diffuziya va dreyf toklari qarama-qarshi tomonlarga yo‘nalgan boigani sababli p-n o‘tish orqali tok oqmaydi, ya’ni makroskopik zaryad tashish amalga oshmaydi.
p-n о ‘tishning to‘g ‘ri ulanishi. Agar p-n o‘tishga tashqi kuchlanish
U0 berilsa, muvozanat buziladi va undan tok oqib o‘ta boshlaydi. Kuchlanish manbaining musbat qutbi sohaga, manfiy qutbi esa n -sohaga ulansa, p-n o‘tish to‘g ‘ri ulangan yoki to‘g ‘ri siljitilgan deb
ataladi

Kontakt hodisa
E ndi chiqish ishlari va bo‘lgan zaryadlangan 2 metalni ko‘ramiz. Bu metallarda fermi sathi Wf1 va Wf2 bo‘lsin. Metallar bir – biridan uzoqda turganda ular orasida elektr maydon vujudga kelmaydi.
Agar bu metallarni bir – biriga tegizsak, elektronlar birinchi metalldan ikkinchi metallga o‘ta boshlaydi. Natijada birinchi metall musbat zaryadlanib, ikkinchisi manfiy zaryadlanadi va ikkinchi metall orasida potensiallar farqi hosil bo‘ladi. Bu potensiallar farqi kontakt potensiallar farqi deyiladi.
Elektronlar bir metalldan ikkinchisiga o‘tish nihoyatda tez bo‘ladi(~10-16s) va muvozanat vujudga keladi. Muvozanat vaziyatda ikkala metallning Fermi sathlari teng bo‘ladi.
Bir – biriga tegib turgan metallarning ichki nuqtalari (V va S) orasidagi potensiallar farqi ichki potensiallar farqi deyiladi.

Odatda A va D nuqtalaro orasidagi tashqi kontakt potensiallar farqi o‘lchanadi.

φ1 va φ2- birinchi va ikkinchi metalldan elektronlarning chiqish potensiallari. Kontakt hodisalarini birinchi bo‘lib Volta tekshirgan.

Download 125.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling