Tabiatda suvning paydo bo’lishi va aylanishi
Reja:
1 Yer kurrasida va materiklar ichida namlikning aylanishi
2 Yer kurrasida suv muvozanati
3 Suvning tabiatdagi va inson xayotidagi ahamiyati
1.Yer sirtining okeanlar va dengizlar suvlari bilan qoplangan yuzasi umumiy nom bilan Dunyo okeani deb ataladi. U planetamizning suv qobig’i bo’lgan gidrosferaning ajralmas va asosiy qismidir. Gidrosfera dunyo okeanidan tashqari yuqorida aytilganidek, quruqlikdagi suvlar, daryolar, ko’llar va muzliklardan, atmosferadagi suv bug’laridan, tuproqdagi namlikdan, shuningdek, yer osti suvlaridan tashkil topgan.
Dunyo okeani Yer kurrasi umumiy maydoni (510 mln km)ning 361 mln. km yoki 71% ini egallagan, quruqlik yuzasi esa 149 km yoki uning 20% ini tashkil etadi.
Yer kurrasida quruqlik va suv yuzalari notekis taqsimlanadi: quruqlikning katta qismi shimoliy yarim sharda bo’lib, uning yuzasi 39% ni tashkil etadi: Janubiy yarim sharda esa quruqlik bor yo’g’i 10% ni egallagan. Bunday taqsimlanish atmosferaning umumiy tsirkulyatsiyasiga va suvning tabiatdan aylanishiga katta ta‘sir ko’rsatadi. Gidrosferaning turli qismlarida suv miqdorining taqsimlanishi to’g’risidagi ma‘lumotlardan ko’rinib turibdiki, Yer kurrasidagi suvning umumiy hajmi 1386 mln. km dan ortiq.
Bundan 1338 mln. km dunyo okeanida, 294 mln. km Yer po’stida, 26 mln. km muzliklarda, 176 ming km ko’llarda, 2,1 ming km esa daryolardadir. Yerdagi suvning umumiy hajmi taxminan hisoblangan, chunki yer osti suvlarining miqdori ham unchalik hisoblangan emas.
Yer kurrasidagi chuchuk suvlarning umumiy zahirasi 35 mln. km deb baholanadi. (Yerdagi umumiy suv hajmining 2,3%i), uning 68% dan ko’prog’i Antarktida va Grenlandiya muzliklarida va 30%i yer osti suvlaridan iboratdir. Hozirgi paytda foydalanish uchun mumkin bo’lgan chuchuk suvlar miqdori Yerdagi umumiy suv hajmining taxminan 0,3% ini tashkil etadi.
Yer gidrosferasidagi turli qismlaridagi suv hajmi
jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |