Reja: yer kurrasida va materiklar ichida namlikning aylanishi Yer kurrasida suv muvozanati Suvning tabiatdagi va inson xayotidagi ahamiyati 1
Download 62.5 Kb.
|
Tabiatda suvning paydo bo’lishi va aylanishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hammasi : 1386000 100 100
Quyosh nurlari ta‘sirida Dunyo okeani yuzasidan, daryolar, ko’llar, botqoqliklar, muzliklar, o’simliklardan va yer sirtining boshqa qismlaridan har yili 520 ming km (1015 mm) suv bug’iga aylanadi. Suv bug’lari gravitatsiya kuchlari ta‘sirida yuqorida ko’tariladi va kondensatsiya jarayonida toyinib, og’irlik kuchlari tufayli yog’in sifatida yana Yer sirtiga tushadi. Atmosferadagi namlikning asosiy manbai – okeanlar va dengizlar yuzasida bo’ladigan bug’lanishdir. U yer kurrasida yuzasidan bo’ladigan umumiy bug’lanishning 86,5% ini tashkil etadi. Shu miqdorning ko’p qismi bevosita yana okeanlar va dengizlar yuzasiga atmosfera yog’ish ko’rinishida qaytib tushadi. Bu kichik suv aylanishi deb ataladi. Namlikning qolgan qismi materiklar tomon harakatlanadi va ular yer yuzasi bilan murakkab aloqada bo’ladi. Okean va quruqlikda suvning bug’lanishi suv bug’ining okeanlar ustidan o’tishi va materiklar ichiga kirib borishi, ularning kondensatsiyalanishi hamda yog’in – sochin tarzida tushishi, shuningdek, materiklardan suvning daryolar ko’rinishida oqib ketishi kabi jarayonlar tabiatning ayrim komponentlari orasida suv almashinishini ta‘minlaydi. Bu bir butun jarayon bo’lib, iqlim hosil qiluvchi juda muhim omil hisoblanadi. Dunyo okeani va quruqlik o’rtasidagi suv va issiqlik almashinuvi, shu jarayon orqali amalga oshadi. Suvning tabiatda almanishi tufayli materiklarga suv keladi va bu suv bilan tuproq o’simlik, hayvonot olamining ehtiyojlari ta‘minlanadi, jilg’alar, soylar, daryolar va ko’llar suvga to’ladi. Okean yuzasidan bo’lgan bug’lanish kondensatsiya va okeanga tushadigan yog’indan iborat kichik aylanishdan tashqari suvning yana ikki xil aylanishi alohida olingan materik doirasidagi va katta, ya‘ni butun Yer kurrasi miqyosidagi aylanma harakati faraq qiladi. Suvning materik doirasidagi aylanishi unga chetdan namlik kelishi, yog’in – sochinlar, atmosfera oqimi, ya‘ni namlikning chekka hududlardan materik ichkarisiga olib borilishi, bug’lanish va daryo oqimidan tashkil topadi. Suvning katta aylanishi ham materiklardagi, ham okeanlardagi suvning barcha turdagi aylanib yurishini o’z ichiga oladi. Quruqlikdan daryo oqimi ko’rinishida okeanlarga yoki ular bilan tutash bo’lgan dengizlarga qaytib tushgan suv katta suv aylanishi jarayonini tugallaydi. Shundany qilib, Dunyo okeanlarini, atmosfera va quruqlik suvlar yagona tizim sifatida o’zaro bog’langandir. Qurilgan sxema juda soddalashtirilgan, amalda esa bu hodisa ancha murakkabdir. Chunki yer kurrasi yuzasidagi suvning bir qismi umumiy suv aylanishi jarayonidan chiqib ketishi (masalan: tog’ jinslarini gidrotatsillashda qatnashishi), bir qismi esa aksincha, yer qa‘ridan chiqib, aylanma harakat jarayonida qatnasha boshlashi mumkin. Yer sirtining quruqlik qismida hosil bo’lgan daryo suvlarining bir qismi okeanlar va dengizlarga quyilsa, bir qismi materiklar ichida qoladi. Quruqlik yuzasining katta qismi (78%i). Dunyo okeaniga tomon qiya bo’lib, u yerda hosil bo’lgan daryo oqimi okeanlarga kelib tushadi. Quruqlikning bu qismi okeanga tutash yoki chekka oqimlik hududlar deb ataladi. Daryolari suvi bevosita okeanga kelib tushmaydigan hududlar ichki oqimli hududlar yoki berk (okeanga nisbatan) hududlar deb nomlanadi. Yer kurrasida chekka oqimli hududlar, 117 mln. km ni, ichki oqimli (berk) hududlar esa 32 mln. km ni tashkil etadi. Eng katta ichki (berk) oqimli hududlar Orol – Kaspiy havzasi, Afrika Chad ko’li havzasining, Sahroi Kabir, Arabiston va Markaziy Avstraliya cho’llari misol bo’ladi. Yuqorida keltirilganidek, gidrosferadagi umumiy suv zahirasi taxminan 1,386 – 10 km ga teng, lekin tabiatdagi yillik suv aylanish jarayonida bu suvning nisbatan juda kam qismi, ya‘ni 518600 km yoki umumiy suv hajmining 0,037% i ishtirok etadi. 2. Dunyo okeani suv sathining doimiyligini e‘tiborga olib, ayni geologik davr uchun gidrosferadagi suv zahirasini hamda suv aylanish jarayonida ishtirok etadigan suv hajmini o’zgarmas deb hisoblash mumkin. Natijada yer kurrasida namlik aylanish jarayonida ishtirok etayotgan kirim (atmosfera yog’inlari) va chiqim (bug’lanish) qismlari o’rtasida ma‘lum tengli – muvozanat mavjud bo’ladi. Ushbu tenglik (balans)ni Yer kurrasi va uning ayrim qismlari (Dunyo okeani, chekka oqimli hudud, ichki oqimli hudud) uchun suv muvozanati tenglamalari ko’rinishida ifodalash mumkin. Tenglamalarda kirim qismi elementlari sifatida Dunyo okeani yuzasiga (Xo) quruqlikning chekka oqimli hududiga (berk) hududiga (X2) va nihoyat butun Yer kurrasi sitiga (Xr) yog’adigan yillik yog’in miqdorlarini hisobga olish zarur. Shularga mos ravishda Dunyo okeani yuzasidan (G’o) quruqlikning chekka oqimli hududidan (G’2) quruqlikning ichki oqimli (berk) hududidan (G’i) va ularning yig’indisi Yer kurrasi yuzasidan (G’er) bo’ladigan yillik bug’lanish miqdorlari tenglamalarning chiqim qismini tashkil etadi. Suv muvozanati tenglamalarida quruqlikdan Dunyo okeaniga yoki u bilan tutash bulgan dengizlarga daryolar kelib, quyadigan yillik oqim miqdori (Uo) ham hisobga olinadi. Kirim va chiqim qismlarining qabul qilingan belgilashlariga asosan suv muvozanati tenglamalarini dastlab Yer sirtining ayrim qismlari uchun ko’raylik. Dunyo okeani uchun u quyidagicha ifodalanadi: G’0 = X0 + Yu Chekka oqimli hudud uchun G’2 = X2 + Y2 Ichki oqimli hudud uchun esa G’u = Xu ko’rinishda yoziladi. Yuqorida keltirilgan tenglamalarning yig’indisi butun Yer kurrasi uchun suv muvozanatini ifodalaydi: G’0 + G’2 + G’u = X0 + X0 + X2 + Xu yoki G’er = Xer Yuqorida qayd etilgan suv muvozanati tenglamalari faqat ko’p yillik davr oralig’i uchun to’g’ri bo’ladi. Chunki bunda quruq kelgan yillar atmosfera yog’inlari ko’p bo’lgan yillar bilan tenglashadi. Yer kurrasi va uning ayrim qismlari uchun suv muvozanati tenglamalarida qatnashuvchi elementlarining miqdoriy qiymatlari 2 – jadvalda berilgan. Download 62.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling