YER RESURSLАRINI BOSHQАRISHDA DAVLAT YER NAZORATI
Qarshi-2023
“ТИҚХММИ”Миллий тадқиқот университетининг Қарши ирригация ва агротехнологиялар иниститути
«Yer resurslari, kadastr va geoinformatika» kafedrasi
«Yer resurslarini boshqarish» fani
Reja:
1. Yer resurslarini boshqarishning huquqiy manbalari.
2. Yer resurslarini boshqarishga oid qonun xujjatlari.
3. Yer toʼgʼrisidagi qonun hujjatlarining asosiy vazifalari.
4. Yer toʼgʼrisidagi qonun xujjatlarining asosiy prinsiplari.
Аdabiyotlar:
1. Q. Rahmonov, Sh.K. Narbayev, Z.M. Muqimov
Yer resurslarini boshqarish O‘quv qo‘llanma, T.TIQXMMI, 2018. – 154 b.
2.Раҳмонов Қ.Р. Ер ресурсларини бошқариш. Ўқув қўлланма. Т.: ТИМИ, 2008. – 161 б.
3. Варламов А.А., Гальченко С.А. Управление земельными ресурсами. Учебное пособие. М.: ГУЗ, 2005. – 240 с.
4. Selim Kapor, Hari Eswaran, Winfried Blum. Sustainable Land Management. Springer-Verlag Berlin and Heidelberg GmbH & Co. KG. Germany 2016.
Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasida yer, yer osti boyliklari, suv, oʼsimlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasida ekanligi taʼkidlangan.
Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
YER RESURSLАRINI BOSHQАRIShNING
HUQUQIY MАNBАLАRI
K O N S T I T U S I Y A
Xalqaro huquq normalari:
Shartnoma, konvensiya, kelishuv va h.k.
Y e r k o d e k s i
Oliy Majlis qonunlari va qarorlari
Prezident farmonlari va qarorlari
Vazirlar Mahkamasi qarorlari va yoʼriqnomalari
Maxsus vakolatli davlat organlarining meʼyoriy-huquqiy hujjatlari
YERGА OID HUQUQIY MUNOSАBАTLАR
- yer ajratish, uni muhofaza qilish va undan foydalanish yuzasidan davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar, fuqarolar oʼrtasida kelib chiqadigan yer huquqi normalari orqali tartibga solinadigan ijtimoiy munosabat turidir.
Oʼzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʼgʼrisida”gi 2000 yil 14 dekabrda qabul qilingan qonunida oʼz aksini topgan. Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Yer kodeksidan tashqari yer munosabatlarini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlariga quyidagilar kiradi:
- Oʼzbekiston Respublikasi qonunlari;
- Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari;
- Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari;
- Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari;
- Vazirlik va davlat qoʼmitalari hujjatlari;
- Mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |