Reja: Yer sharining koinotda tutgan o’rni


Download 24.37 Kb.
bet2/2
Sana26.01.2023
Hajmi24.37 Kb.
#1123561
1   2
Kometalar
Kometalar fazoda Quyoshdan uzoqda joylashgan bo'lib, juda xira, tumanli, oqish dog’lar shaklida ko'rinadi. Faqat, Quyoshga nisbatan yaqinlashib o'tadigan kometalargina juda yorug' va dumli bo'lib ko'rinadi. 1758- yilda ko'ringan kometaga Galiley nomi berilgan. 1986 yilda u Quyoshga juda yaqin masofadan o'tgan. Galiley kometasi davriy kometalar qatoriga kirib, ma'lum bir muddatda Quyosh atrofini aylanib o'tib turadi.
Quyosh sistemasidagi asosiy planetalar
Bu planetalar ikki guruhga bo'linadi: Yer tipidagi planetalar guruhi va Gigant planetalar. Birinchi guruhga Merkuriy, Venera, Yer, Mars, Pluton, ikkinchi guruhga esa Yupiter, Saturn, Uran, Neptun kiradi. Yer kabi boshqa planetalar ham o'z o’qi atrofida va Quyosh atrofida aylanadi. Marsning massasi Yerdan 9 marta, Merkuriydan 20 marta kam. Uran va Neptun esa Yerdan 10 lab marta og'ir, Ayrim planetalarning yo'ldoshlari mavjud: Yerning yo'ldoshi Oy, Marsning ikki yo'ldoshi (Fobos va Deymos), Uranning 7 ta yo'ldoshi borligi aniqlangan (so'nggi 2 tasi 1997- yil oktabr oyida amerikalik astronomlar tomonidan aniqlangan), Saturnda - 16 ta, Yupiterda 17 ta yo’ldosh bor. Jami Quyosh sistemasidagi planetalarning 46 ta yo'ldoshi mavjud.
Hozirgi zamon dunyoqarashi ham sayyoralar dastlab bir xil tarkibidagi moddadan tashkil topib, keyinchalik ularning gravitatsion saralanishi oqibatida turli qobiqlar paydo bo'lganligi aniq dalillar bilan asoslangan. Bunga yaqqol misol qilib Yerning ichki tuzilishini keltirish mumkin. Yerning ichki tuzilishi to'g'risida malumot berishdan oldin sayyoramizning hosil bo'lishi to'g'risidagi ayrim fikrlar rivojlanishga uning geometrik va miqdoriy ko'rsatkichlariga va tashqi qobiqlariga to'xtalib o'tamiz.
Download 24.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling