Reja: Yerdan oqilona foydalanishda yer kadastrining о‘rni
Download 24.6 Kb.
|
yer
Yer kadastrining maqsad vazifalari va tasnifi Reja: 1. Yerdan oqilona foydalanishda yer kadastrining о‘rni. 2. Iqtisodiy va agrar siyosatlarni о‘tkazishda kadastrning о‘rni. 3. Yerlarni kadastrlash orqali tuproqni unumdorligini oshirish hamda ularni muhofaza qilish. 4. Yangi toifadagi yer egaliklari tashkil qilishda kadastrning tutgan о‘rni. Yer kadastrining qishloq xо‘jaligidagi roli va о‘rni alohida bо‘lib kо‘p qirrali hisoblanadi. Yerni hisobga olish qadimgi Rimda ham mavjud bо‘lgan, о‘sha davrlarda ham yerdan olingan foydani 20 % i davlatga daromad manbai hisoblangan keyinchalik yerlarni rо‘yxatdan о‘tkazish zaruriyati ham tug‘ildi. Kadastr sо‘zi fransuzcha «kadastre» sо‘zidan olingan bо‘lib rо‘yxatga olmoq degan ma’noni bildiradi. XIX asrning birinchi yarmida dastlabki rо‘yxatga olish ishlari davlat tomomnidan soliqlarni tartibga solish uchun amalga oshirildi. Rossiyada 1842 yilda kadastr komissiyalari tuzilib shu komissiya asosida tuproq xaritalari tuzildi va har bir kontur yer sug‘oriladigan yerlar alohida rо‘yxatga olindi. Shuni alohida aytish mumkinki yerlarni rо‘yxatga olishda bizda ham qadimdan mutaxassislar shug‘ullanishgan «ziroatnomada» yozilishicha yerlarni pastki qismlaridagi tuzlarni miqdoriga qarab shu yerlarga qanday ekinlar ekish mumkinligini rо‘yxat qilganlar. Yerdan foydalanishda kadastrning о‘rni shundaki, mustaqillikdan keyin har bir kontur yer maydoni «О‘zdavrloyixa instituti» tomonidan о‘rganilib rо‘yxatga olindi vash u unumdorlik asosida yerlarni kuchiga qarab qishloq xо‘jalik ekinlarini hosildorligi rejalashtirilmoqda, natijada yerni charchatib qо‘ymasdan aksincha unumdorligi oshmoqda. 2. Yerlarni kadastrlash doimo iqtisodiy va agrar siyosatni amalga oshirgan. О‘zbekiston mustaqillikka erishgandan sо‘ng birinchi navbatda iqtisodiy siyosatni ilgari surdi. Buning uchun yerlarni kadastlash unumdorligi, shо‘rlanganligi hamda gurunt suvini joylashuvi kabi bir qancha kо‘rsatkichlar asosida yerga ishlatiladigan barcha xarajatlarni о‘rnini qoplab oxirida har gektar yer hisobiga olingan foyda nazarda tutiladi. M’alumki tuproq yerni eng ustki qismidagi tabiiy manba, qishloq xо‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi negiz hisoblanadi, shuning uchun ham uni iqtisodiy baholash ancha murakkab masala bо‘lib turadi. Yerni iqtisodiy baholash bir tuproqni ikkinchi tuproqdan qimmat yoki arzonligini tushintiradi. Kо‘p hollarda iqtisodiy kо‘rsatkichda sof daromad, yalpi mahsulot, gektardan kelgan sof foyda iqtisodiy baholashni asosi hisoblangan meyoriy baholash kadastrlashni tarkibiy qismi bо‘lib xizmat qiladi. Bunda 1998 yil 19 maydagi 12-sonli qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan Bunda meyoriy baholashni asosi kadastlashni tarkibiy qismi bо‘lgan bonitirovkalashdir shunga asosan meyoriy bal beriladi. Shu balga asosan olingan foyda xarajatlarni qoplashdan keyingi sof daromad iqtisodiy siyosatni belgilaydi. Kadastr ishlarida agrar siyosat ham muhum о‘rin tutadi bu sohada mustaqillikdan keyin hat bir kontur yer uchun davlatimiz tuproq unumdorligi bо‘yicha kadastr rо‘yxatidan о‘tkazish vash u rо‘yxat asosida yerdan soliq olish davlat buyudjetini yaxshilash xalqimizni boqish, kabi bir qancha siyosatlar, agrar siyosat orqali amalga oshiriladi. 3. Yerlar kadastr hisobiga kiritilib qanday unumdorlikdaligini bilish shu yerdan olinadigan hosilni belgilaydi. Kadastrda past bonitet balda turgan yer maydonlarini birinchi navbatda unumdorligini oshirish keyin unumdorli yerlardan soliqni kam olish bunday yerlarda organik va mineral о‘g‘itlarda foydalanishni tartibga soli shva ilmiy asosda tashkil qilish shu tuproqlarni unumdorligini oshirishni asosi hisoblanadi. Bunday kam unumli tuproqlar kadastr rо‘yxatida tursa bu yerlarni davlat byudjeti asosida maxsus loyixa orqali amalga oshiriladi. 4. Yangi toifadagi yer egalari deganda biz fermer va dehqon xо‘jaliklarini tushinamiz haqiqatda hozirda yer egalari fermer xо‘jaliklari uchun kadastr fani asosiy yо‘l kо‘rsatuvchi fan hisoblanadi. Chunki kadastr ma’lumoti orqali har bir fermer о‘z yer maydonini umumiy gektarini, bonitet balini, shо‘rlanish darajasini, tuproq tarkibidagi oziq moddalar miqdorini doimiy ravishda bо‘lib turadi. Kadastr fanining asosiy maqsadi ham ma’lum kadastr rо‘yxati asosida yerdan qancha hosil olishni va qancha iqtisodiy foyda kо‘rishni kо‘rsatuvchi muhim omil hisoblanadi. Fermer va dehqon xо‘jaliklarni yangi tartibda ish kо‘rishi natijada sof foydaga ega bо‘lishi shu asosda yerga ilmiy munosabatda bо‘lishi yer tо‘g‘risidagi qonun 1990 yer solig‘i qonuni 1993 yil 6 may, dehqon xо‘jaligi 1992 9 iyul davlat yer kadastri tо‘g‘risidagi qonun 1998 yil 25 may qonunlari asosida belgilab berilgan. Download 24.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling