Din antropologiyasi nazariyasi va uning umumiy tasnifi reja


Download 31.45 Kb.
bet1/9
Sana03.11.2023
Hajmi31.45 Kb.
#1741694
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Din antropologiyasi nazariyasi va uning umumiy tasnifi reja


Din antropologiyasi nazariyasi va uning umumiy tasnifi


REJA:

  1. Dinshunoslik fanining maqsad va vazifalari hamda boshqa sohalar bilan bog‘liqligi.

  2. Dinshunoslik fanining yuzaga kelishi va tarixiy taraqqiyoti.

  3. Din va dinshunoslik atamalarining ta’rifi. Dinlarni tasniflash

4. Dinning mohiyati, tuzilishivafunksiyalari..

Talabalarda dinning mohiyati, dinshunoslik fanining yuzaga kelishi tarixi, dinshunoslik fani sohalari, dinning jamiyatdagi funksiyalari,dinlarning tasnifi haqida tushuncha va tasavvurlarni shakllantirish.


Dinshunoslik_fanining_maqsad_va_vazifalari_hamda_boshqa_sohalar_bilan_bog‘liqligi.'>1. Dinshunoslik fanining maqsad va vazifalari hamda boshqa sohalar bilan bog‘liqligi. Dunyo xaritasida mavjud mamlakat borki, unda yashovchi xalqlarning o‘z dini, urf-odatlari va an’analari mavjud. Ana shu qadriyatlar xalqlarning yurish-turishi, kundalik faoliyati va umuman hayot tarzini belgilashda asosiy omil bo‘lib hisoblanadi. «Dinshunoslik» fani ana shu muhim omilni tadqiq etib, tahliliy o‘rganadi.
«Dinshunoslik» fanini o‘qitishdan maqsad talabalarga diniy va milliy qadriyatlarning tarixan mushtarakligi, ularning umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unligini tushuntirish, ularda diniy bag‘rikenglik madaniyatini, dinga nisbatan to‘g‘ri yondashuvni shakllantirish va jamiyat uchun yuksak ma’naviyatli kadrlarni tayyorlashdan iborat.
Mustaqillik davrida jahonda xalqlarining dinlari haqida keng ma’lumot olish, ularning qadriyatlarini o‘rganish imkoniyati yuzaga keldi. Natijada, dinshunoslik fani izchillik bilan rivojlana boshladi. Bunda, ajdodlarimiz qoldirgan boy ilmiy-ma’naviy merosni o‘rganish bilan birga shu kunga qadar chet ellarda amalga oshirilgan izlanish va tadqiqotlarning natijalaridan unumli foydalanish zarurati paydo bo‘ldi.
«Dinshunoslik» fani dinni tanqid qilish yoki ko‘r-ko‘rona maqtash maqsadida emas, balki dinni tarixiylik, xolislik asosida turli xalqlar hayotida tutgan o‘rnini ilmiy jihatdan, ma’naviy hayotning bir bo‘lagi sifatida yondoshib o‘rganadi.

Download 31.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling