Reja: Yog’och romlarni konstruktsiyalari: yaxlit yog’ochdan, yelimlangan


Download 0.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana05.01.2022
Hajmi0.9 Mb.
#229567
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ёғоч рамаларни конструкциялари

Yog’och  ramalarni  hisoblash.        Rama  konstruktsiyalarini  hisoblash  ikki 

bosqichdan iborat: geometrik va  statik. 

  Geometrik  hisoblashda  rama  elementlarini  geometrik  o’lchamlarini 

aniqlanadi  (yahni  ramaning  oralig’i,  ustun  balandligi,  sarrov  uzunligi,  sarrov 



qiyaligi, hisoblash kesimlarining koordinatalari va boshqa hisoblash uchun zarur 

bo’lgan  o’lchamlar).  Simmetrik  ramalarda  bu  o’lchamlarni  yarim  rama  uchun 

aniqlash  yetarlidir.  Agar  tom  asbesttsementli  bo’lsa,  uning  qiyaligi  -  i 



  25%, 

ruberoidli tom yopmalarda esa  



 25% qabul qilinadi.  

Egri  chiziqli  ramalarning  o’stirma  qismidagi  egri  chiziqli  yoy  qismi  egrilik 

radiusini ruxsat etilgan eng kichik qiymatidan kelib chiqqan holda olinishiga tavsiya 

beriladi:                  



r 



 150 

 



;                 

 bu yerda:  r-egrilik radiusi,  

- yelimlanadigan bitta taxtaning qalinligi. 



Ramani statik hisoblashda quyidagi tartibga rioya qilinadi: 

1. Ramani hisoblash sxemasi aniqlanadi. 




2. Ramaga tahsir qiluvchi tashqi yuklamalar qo’yiladi. 

3. Tashqi yuklamalarning me’yoriy va hisobiy qiymatlari aniqlanadi. 

4. Tashqi yuklamalardan hosil bo’ladigan tayanch reaktsiyalari aniqlanadi. 

5. Hisobiy sxemadagi asosiy hisoblash nuqtalarining koordinatalari topiladi. 

6. Doimiy va qor yuklamalaridan hosil bo’ladigan eguvchi moment, qirquvchi 

kuch va bo’ylama kuchlar epyuralari quriladi. 

7. SHamol yuklamasidan M, Q, N epyuralarini quriladi. 

8. Ichki  zo’riqishlarni  (M,  Q,  N)  asosiy  qiymatlarini  ishoralariga  qarab 

yig’iladi. 

9. Aniqlangan  asosiy  yig’indi  ichki  zo’riqishlarning  qiymatlariga  qarab 

ko’ndalang kesim o’lchamlari aniqlanadi. 

  Talab  qilinadigan  ko’ndalang  kesimning    o’lchamlari(kesim  balandligi, 

kesimning qarshilik momenti) quyidagi formulalar yordamida aniqlanadi:  


Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling