1.20. Yo‘l belgi chizig‘i 1.13 yo‘l belgi chizig‘iga 2-10 m yaqinlashish oldidan chiziladi.
1.21. Yo‘l belgi chizig‘i 2.5 belgisi o‘rnatilgan va 1.12 yo‘l belgi chizig‘i chizilgan joyga 2-10 m qolganda chiziladi.
1.22. Yo‘l belgi chizig‘i yo‘l (marshrut) nomerini belgilashda ishlatiladi. Agarda son oldidan «Ye» harfi qo‘yilsa, u xalqaro ahamiyatga ega ekanligi ko‘rsatiladi.
1.23. Yo‘l belgi chizig‘i yo‘lning faqat jamoat transportlari foydalanishi uchun belgilangan harakat polosasida chiziladi. Bu belgilarni chorrahadan 50 m masofadan uzoqda joylashgan jamoat transportlari to‘xtash joyidan keyin qayta belgilash kerak. To‘g‘ri uchastkalarda 1.23 belgi chizig‘ini har 200 metr masofadan keyin qayta belgilab turish lozim.
Vertikal belgi chiziqlari ikkinchi yo‘l belgi chiziqlar guruhiga kirib, jami 7 xil bo‘lib, quyidagicha ishlatiladi.
2.1. Yo‘l belgi chizig‘i yo‘l yoqasida yoki yo‘l qatnov qismining chetidan 1 m masofada joylashgan yo‘l inshootlarining (ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar, yoritish stolbalari va boshqalar) tik tayanchlarini belgilashda foydalaniladi.
|
|
2.2. Yo‘l belgi chizig‘i yo‘l o‘tkazgichlarning, ko‘priklar va tonnellarning pastki qismini belgilashda ishlatiladi va qoplamaning ustidan bu belgigacha bo‘lgan masofa 5 m dan kichik bo‘lmasligi kerak.
|
|
2.3. Yo‘l belgi chizig‘i ajratuvchi polosada yoki xavfsizlik orolchalarida dumaloq tumbalar qo‘yilgan vaqtda belgilanadi.
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |