Rеjа Yoruglik manbalari va ularning turlari. Yoritilganlik. Geometrik optika. Yoruglik oqimini qabul qiluvchi qurilmalar. Ichki va tashki fotoeffekt xodisalari. Kalit so’zlar


Download 342.6 Kb.
Sana18.10.2023
Hajmi342.6 Kb.
#1708362
Bog'liq
10-ma\'ruza

10-Ma’ruza: Optoelеktron siljish oʻzgartkichlarining yorugʻlik oqimini qabul qilish qurilmialari. Fotorеzistor, fotodiod va fototranzistor.




Rеjа
1. Yoruglik manbalari va ularning turlari.
2.Yoritilganlik. Geometrik optika.
3.Yoruglik oqimini qabul qiluvchi qurilmalar. Ichki va tashki fotoeffekt xodisalari.


Kalit so’zlar:
Optoelektron o’zgartkichlar, chiziqli va burchakli siljishlar, ekran, suyuqlik satxi.
Nazorat savollari:

  1. Optoelektron o’zgartkichlar qanday elementlardan tashkil topgan?

  2. CHBO’ uchun optoelektron o’zgartkichlarni qanday konstruktsiyalarini bilasiz?

  3. Suyuqlik sathi uchun optoelektron o’zgartkichlarning qanday konstruktsiyalarini bilasiz?

  4. Qanday ekranli optoelektron o’zgartkichlar konstruktsiyalarini bilasiz?



1. Yoruglik manbalari va ularning turlari.
Optoelektron o’zgartkichlarning asosiy elementlari quyidagilar:

    • nur qabul qilgich (NQQ);

    • yorug’lik o’tkazgich (YoO’);

    • yorug’lik ekranlari (YoE);

    • o’lchash sxemasi va boshqalar.

CHBO’ uchun optoelektron asboblarda yorug’lik o’tkazgich sifatida kovak (ichi teshik) yorug’lik o’tkazgichlar keng qo’llaniladi. Nur manbai va nur qabul qilgichlar jamlangan holda ham, sochilgan holda ham bo’lishi mumkin. Ularni birgalikda ishlashi CHBO’ uchun turli xil konstruktsiyadagi optoelektron asboblarni olish imkonini beradi.

  1. CHBO’ uchun optoelektron o’zgartkichlarni qanday konstruktsiyalarini bilasiz?

1 – rasmda chiziqli siljishlar uchun optoelektron o’zgartkichning tuzilish printsipi keltirilgan.
1,a – rasmdagi o’zgartkich konstruktsiyasida nur manbai 3 X o’qi bo’ylab harakatlanib, nur qabul qilgichlar 2’ va 2” ni yoritilganligini o’zgartiradi. Ushbu nur qabul qilgichlar differentsial o’lchash sxemasiga ulangan.

х


2’ 2”


1 1
a)
2 – Rasm. Burchakli siljishlar uchun.
2 – rasmda burchakli siljishlarni o’lchash uchun optoelektron asbobning konstruktsiyasi keltirilgan. U quyidagi elementlar:

  • yoysimon kovak yorug’lik o’tkazgich 1;

  • nur manbalari 2’ va 2”;

  • nur qabul qilgichlar 3’ va 3”;

- qo’zg’aluvchan tashqi kovak yorug’lik o’tkazgich 4 va yuk 5 lardan tashkil topgan. Yuk 5 magnit aloqa 6 orqali qo’zg’aluvchan yorug’lik o’tkazgich 4 ni harakatlantiradi.

  1. Suyuqlik sathi uchun optoelektron o’zgartkichlarning qanday

konstruktsiyalarini bilasiz?
3 3


1
1
4
4 2
2
4 – Rasm. Ekranli optoelektron siljish o’zgartkichi (OSO’).

Suyuqlik satxining chiziqli siljishida optoelektron o’zgartkichlar.


3 – rasmdagi kabi optoelektron asboblar suyuqlik satxini o’lchashda keng qo’llaniladi.
3, a – rasmda suyuqlik kovak yorug’lik o’tkazgich 1 ning ichida joylashgan va
suyuqlik satxi Xkir o’zgarganda nur qabul qilgich 3 ni yoritilganligi ham o’zgaradi.

  1. Qanday ekranli optoelektron o’zgartkichlar konstruktsiyalarini bilasiz?

4 – rasmda qo’zg’aluvchan ekranli optoelektron o’zgartkichning konstruktsiyalari keltirilgan bo’lib, ularning ekranlari chiziqli va burchakli siljiy oladi. 4, a – rasmda ekran nur manbai 3 ning yonida joylashgan. SHunday qilib kovak yorug’lik o’tkazgichli optoelektron asboblarning barchasida kovak yorug’lik o’tkazgich va qo’zg’aluvchi element mavjud bo’ladi. Bunda nur manbai ham, nur qabul qilgich ham, ekranlar ham, qo’shimcha yorug’lik o’tkazgichlar ham qo’zg’aluvchan element sifatida ishlatiladigan bo’lishi mumkin.
Ular kovak yorug’lik o’tkazgichni bo’ylama o’qi yo’nalishida ham, ko’ndalang o’qi yo’nalishida ham harakatlanishi mumkin.
Bunda nur manbai va nur qabul qilgichi jamlangan yoki sochilgan xolda bo’lishi mumkin.
Kovak yorug’lik o’tkazgichning differentsial konstruktsiyalari samaraliroq bo’lib, unda aniqlik va sezgirlik yuqori bo’ladi, hamda statik tavsifining to’g’ri chiziqliligi yaxshilanadi.
Download 342.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling