Reja. Yorug`likni qutblanishi. Polyarizator va analizator. Malyus qonuni. Yorug`likni qaytishda va sinishda qutblanishi. Bryuster qonuni. Ikkilanma nur sindirishdagi qutblanish. Optik anizotropiyani sun’iy ravishda hosil qilish


Download 241.25 Kb.
Sana07.03.2023
Hajmi241.25 Kb.
#1247203
Bog'liq
1 Maruza


Reja.

  1. Yorug`likni qutblanishi. Polyarizator va analizator. Malyus qonuni.

  2. Yorug`likni qaytishda va sinishda qutblanishi.Bryuster qonuni.

  3. Ikkilanma nur sindirishdagi qutblanish.

  4. Optik anizotropiyani sun’iy ravishda hosil qilish.

  5. Yorug`lik dispersiyasi. Normal va anomal dispersiya.

1.Yorug`likni qutiblanishi. Polyarizator va analizator. Malyus qonuni
Agar yorug`lik vektorining tebranishlari faqat bitta tekislikda yuz berayotgan bo`lsa, bunday yorug`likni yassi (yoki to`g`ri chiziqli) qutblangan deb ataladi.

Yorug`lik vektori tebranayotgan tekislikni tebranish tekisligideb ataladi.
Yassi qutblangan yorug`likni tabiiy yorug`likdan polyarizatorlar (qutblagichlar) deb ataluvchi asboblar yordamida olish mumkin.
Yorug`lik nurini qutblanganligini aniqlaydigan qurilmaga analizator deb ataladi.
I=I0cos2
Bu Malyus qonunining matematik ifodasi bo`lib bu qonunga asosan analizatordan o`tgan yorug`lik intensivligi polyarizatordan o`tgan yorug`lik intensivligini anilizator va polyarizator tekisliklari orasidagi burchak kosinusini kvadratiga ko`paytmasiga teng.
2.Yorug`likning qaytishda va sinishda qutblanishi. Bryuster qonuni.

  • Agar yorug`lik nurining ikkita dielektrikni ajratib

  • (masalan, shisha plastinka sirtiga) tushish burchagi nolga teng bo`lmasa, qaytgan va singan nurlar qisman qutblangan bo`ladi. Qaytgan nurda tushish tekisligiga perpendikulyar tebranishlar ko`proq bo`ladi (nuqtalar), singan nurda esa tushish tekisligiga parallel tebranishlar ko`proq bo`ladi (ikki tomonida strelka).

2.Yorug`likning qaytishda va sinishda qutblanishi. Bryuster qonuni.
A gar yorug`lik nurining ikkita dielektrikni ajratib turuvchi chegaraga (masalan, shisha plastinka sirtiga) tushish burchagi nolga teng bo`lmasa, qaytgan va singan nurlar qisman qutblangan bo`ladi. Qaytgan nurda tushish tekisligiga perpendikulyar tebranishlar ko`proq bo`ladi (nuqtalar), singan nurda esa tushish tekisligiga parallel tebranishlar ko`proq bo`ladi (ikki tomonida strelka).
tgiB=n
Bu munosabat Bryuster qonuni nomi bilan yuritiladi iB burchak Bryuster burchagi yoki to`la qutblanish burchagi deb ataladi.
Yorug`lik Bryuster burchagi ostida tushganda qaytgan va singan nurlar o`zaro perpendikulyar bo`ladi.
Тushayotgan yorug`lik to`lqini dielektrik ichiga kirib, atomlar tarkibidagi elektr zaryadlarini majburiy tebranishlar bajarishga olib keladi.
3.Ikkilanma nur sindirishdagi qutblanish.
Yorug`lik nuri ba’zi kristallardan o`tganda ikkita nurga ajraladi. Bu ikkilanma nur sindirish deb nom olgan hodisa island shpati (Ca CO3-kalsiy karbonat tuzi) uchun 1670 yilda Daniyalik fizik Erazm Bartolomin tomonida kuzatilgan edi.
Ikkilanma nur sindirish vaqtida nurlardan biri odatdagi sinish qonuniga bo`ysinadi va tushuvchi nur hamda normal bilan bir tekislikda yotadi. Bu nur (normal) oddiy nur deb ataladi va O bilan belgilanadi.
4.Optik anizatropiyani sun’iy ravishda hosil qilish.
Yorug`likning kristallarda turli yo`nalishlarda turlicha tezlik bilan tarqalishi optik anizatropiya deyiladi.
Fizik xususiyatlari yo`nalishlarga bog`liq bo`lmagan muhit izotrop muhit deb ataladi. Fizik xususiyatlari yo`nalishlariga bog`liq bo`lgan muhit esa anizatrop muhit deb ataladi.
Anizatrop kristallarida (island shpati) yorug`lik nuri singanda ikkilanma nur sindirish hodisasi kuzatiladi.
Ikkilanma nur sindirish tiniq izotrop jismlarda va kubik tizmdagi kristallarda har xil ta’sirlar ostida vujudga kelishi mumkin.

Optikaviy usul shishadan yasalgan mahsulotlarda zararli kuchlanishlarning bor-yo`qligini tekshirish uchun ishlatiladi.
1875 yilda Kerr suyuliklarda elektr maydon ta’sirida ikkilanma nur sindirish vujudga kelishini kashf qildi. Bu hodisani Kerr effekti deb atalgan.


5.Yorug`lik dispersiyasi. Normal va anomal dispersiya.
Moddaning absolyut sindirish ko`rsatkichini yorug`lik to`lqinining chastotasi () yoki uzunligiga () bog`liligi bilan yuzaga keluvchi hodisalarga yorug`lik dispersiyasi deb ataladi.
Bu bog`lilik n=f() yoki n=f() funksiyalar bilan ifodalanadi.
I. Nyuton 1672 yilda birinchi bo`lib yorug`lik dispersiyasini eksperemental tekshirdi. Тajribada prizma orqali o`tgan oq yorug`lik nuri to`lqin uzunligiga bog`liq ravishda qizildan binafshagacha rangdagi yorug`liklarga ajralgan, ya’ni nurlanish spektrini hosil qilgan.

Biror chastota intervali  da sindirish ko`rsatkichi n ning o`zgarishini harakterlovchi n/ kattalik dispersiyasi o`lchovi deb ataladi.
Chastota ortishi bilan moddaning sindirish ko`rsatkichi ortib borsa, ya’ni n/0, bo`lsa, normal dispersiya deyiladi.
Agar chastota ortishi bilan moddaning sindirish ko`rsatkichi kamaysa, ya’ni n/0 bo`lsa, anomal dispersiya deyiladi.

Download 241.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling