Reja: Yosh fiziologiyasi va gigienasi” fanining predmeti va ahamiyati


Download 226.45 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana24.01.2023
Hajmi226.45 Kb.
#1115107
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-маъруза

Mixaylovskiylar tomonidan olib borilgan. Keyinchalik, professorlar A.S. Shatalina
N.V. Danilov va A.I. Izraillar olib borgan ilmiy tadqiqot ishlari bilan fiziologiya fanining 
rivojiga katta hissa qo'shganlar. Ularning rahbarligida bir qancha mahalliy xalq ilm 
vakillari nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini yoqladilar. O'zbekiston fanlar 
akademiyasi akademigi A.Yu. Yunusov, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arboblari, 
professor A.S. Sodiqov va professor A.X. Xoshimovlar shular jumlasidandir. A.Yu. 
Yunusovning (1910-1971) O'zbekistonda fiziologiya fanining rivojlanishidagi roli 
nihoyatda katta . U yuqori haroratni organizmning qon, tuz suv almashinuvi, energiya 
almashinuvi, hazm funksiyalariga ta ’siri haqida bir necha ilmiy asarlar yaratdi. “Odam 
fiziologiyasi

darsligi, fiziologik lug'atni yaratdi. 
A.Yu.Yunusov rahbarligida juda ko'p fiziolog olimlar yetishib chiqdilar. Professorlar 
Z.T.Tursunov, M.G.Mirzakarimova, X.Sh. Hayriddinov , K .R, Rahimov, Ye.M.Mahmu 
dov , U.Z.Qodirov, D.J.Sharipova, R.A.Ahmedovlar shular jumlasidandir. 
O'zbekistonda gigiyena sohasida ham ko'plab ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan. 
O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi, professor A.Z.Zohidov, professor 
U.R.Ubaydullayev, T.M.Tohirov o'zlarining serqirra faoliyatlari bilan O'zbekistonda 
gigiyena fanining rivojiga ulkan ulush qo'shganlar. O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan 
tabib, gigiyenist olim U.R.Ubaydullayev odam organizmiga tashqi muhitning ta ’sirini 
nazariy va amaliy jiha tdan o'rg andi. Jumladan, paxta dalalariga sepiladigan
pestitsidlarning odam organizmiga zararli ta’sirini o'rganib,uning ta’sirida kasallangan 
bemorlarni davolash usullarini ishlab chiqdi. Gigiyena sohasida ko'pgina ilmiy 
tadqiqotlarni olib borgan gigiyenist olimlardan biri T.M.Tohirovdir. U atrof-muhit 
havosini kimyoviy va biologik ifloslanishi, ularni biologik baholash usullari ustida ilmiy 
izlanishlar olib borgan. Bolalar va o'smirlar gigiyenasi sohasida ko'pgina ilmiy tadqiqot 
ishlarini olib borgan olimlardan S.Solixo'jayev, G'.Nuriddinova va M.Ismoilovlardir. 
Yirik gigiyenist olim S.Solixo'jayev oliy o'quv yurti talabalari uchun bir necha darsliklar 
va o'quv qo'llanmalar yaratdi. 
G'.Nuriddinova issiq iqlim sharoitida mehnat qilishning o'ziga xos xususiyatlarini 
o'rgangan. M.Ismoilov bolalar va o'smirlar gigiyenasi sohasida juda ko'p ilmiy 
izlanishlar olib borgan. 
O'quvchilar gigiyenasi” nomli kitob va bir qator risolalar 
muallifidir. Hozirgi vaqtda yosh fiziologiyasi va gigiyensi oldida turgan vazifalar 
murakkablashib bormoqda. Davlat tibbiyot va pedagogika oliy o'quv yurtlari, ilmiy 
tadqiqot institutlarining malakali va nufuzli mutaxassislari, maxsus kafedralari 
tomonidan o'rganilib, yosh fiziologiyasi va gigiyenaga tegishli me’yorlar, 
amaliy ko'rsatmalar, tavsiyanomalar ishlab chiqilib, hayotga tadbiq etilmoqda. 



Download 226.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling