Reja: Yosh fiziologiyasi va gigienasi” fanining predmeti va ahamiyati
Download 226.45 Kb. Pdf ko'rish
|
1-маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yunusov
- A.Yu.Yunusov
- U.R.Ubaydullayev
Mixaylovskiylar tomonidan olib borilgan. Keyinchalik, professorlar A.S. Shatalina,
N.V. Danilov va A.I. Izraillar olib borgan ilmiy tadqiqot ishlari bilan fiziologiya fanining rivojiga katta hissa qo'shganlar. Ularning rahbarligida bir qancha mahalliy xalq ilm vakillari nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini yoqladilar. O'zbekiston fanlar akademiyasi akademigi A.Yu. Yunusov, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arboblari, professor A.S. Sodiqov va professor A.X. Xoshimovlar shular jumlasidandir. A.Yu. Yunusovning (1910-1971) O'zbekistonda fiziologiya fanining rivojlanishidagi roli nihoyatda katta . U yuqori haroratni organizmning qon, tuz suv almashinuvi, energiya almashinuvi, hazm funksiyalariga ta ’siri haqida bir necha ilmiy asarlar yaratdi. “Odam fiziologiyasi ” darsligi, fiziologik lug'atni yaratdi. A.Yu.Yunusov rahbarligida juda ko'p fiziolog olimlar yetishib chiqdilar. Professorlar Z.T.Tursunov, M.G.Mirzakarimova, X.Sh. Hayriddinov , K .R, Rahimov, Ye.M.Mahmu dov , U.Z.Qodirov, D.J.Sharipova, R.A.Ahmedovlar shular jumlasidandir. O'zbekistonda gigiyena sohasida ham ko'plab ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan. O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi, professor A.Z.Zohidov, professor U.R.Ubaydullayev, T.M.Tohirov o'zlarining serqirra faoliyatlari bilan O'zbekistonda gigiyena fanining rivojiga ulkan ulush qo'shganlar. O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan tabib, gigiyenist olim U.R.Ubaydullayev odam organizmiga tashqi muhitning ta ’sirini nazariy va amaliy jiha tdan o'rg andi. Jumladan, paxta dalalariga sepiladigan pestitsidlarning odam organizmiga zararli ta’sirini o'rganib,uning ta’sirida kasallangan bemorlarni davolash usullarini ishlab chiqdi. Gigiyena sohasida ko'pgina ilmiy tadqiqotlarni olib borgan gigiyenist olimlardan biri T.M.Tohirovdir. U atrof-muhit havosini kimyoviy va biologik ifloslanishi, ularni biologik baholash usullari ustida ilmiy izlanishlar olib borgan. Bolalar va o'smirlar gigiyenasi sohasida ko'pgina ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan olimlardan S.Solixo'jayev, G'.Nuriddinova va M.Ismoilovlardir. Yirik gigiyenist olim S.Solixo'jayev oliy o'quv yurti talabalari uchun bir necha darsliklar va o'quv qo'llanmalar yaratdi. G'.Nuriddinova issiq iqlim sharoitida mehnat qilishning o'ziga xos xususiyatlarini o'rgangan. M.Ismoilov bolalar va o'smirlar gigiyenasi sohasida juda ko'p ilmiy izlanishlar olib borgan. “O'quvchilar gigiyenasi” nomli kitob va bir qator risolalar muallifidir. Hozirgi vaqtda yosh fiziologiyasi va gigiyensi oldida turgan vazifalar murakkablashib bormoqda. Davlat tibbiyot va pedagogika oliy o'quv yurtlari, ilmiy tadqiqot institutlarining malakali va nufuzli mutaxassislari, maxsus kafedralari tomonidan o'rganilib, yosh fiziologiyasi va gigiyenaga tegishli me’yorlar, amaliy ko'rsatmalar, tavsiyanomalar ishlab chiqilib, hayotga tadbiq etilmoqda. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling