Reja: Yosh fiziologiyasi va gigienasi” fanining predmeti va ahamiyati
Sechenov, I.P. Pavlov S.P. Botkinlar
Download 226.45 Kb. Pdf ko'rish
|
1-маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- . Pavlovning
- Babkin, L.A.Orbeli va .M.Bikovlar
- Leontevning
- Dobroslavin va F.F. Erismanning
- N.R.Gundobin
- Polyakov va I.P.
Sechenov, I.P. Pavlov S.P. Botkinlar tomonidan progressiv ta’limot yaratildi.
I.M. Sechenov 1862-yili “Bosh miya reflekslari” nomli asarini nashr qilgan va ushbu asarida markaziy nerv sistemasidagi tormozlanish jarayonini ochib bergan. Fiziologiya fanining rivojlanishida I.P. Pavlovning hissasi juda katta. U reflekslar nazariyasini rivojlantirdi. 1904- yilda hazm tizimi fiziologiyasiga oid ishlari uchun Nobel mukofotiga sazovor bo'ldi. I.P.Pavlov shartli reflekslarni kashf etdi, oliy nerv faoliyatining tiplarini yaratdi, ikkinchi signallar tizimini o'rgandi. Pavlov hayoti davomida 200 dan ortiq shogirdlar tayyorladi. Jahonga tanilgan buyuk rus fiziolog olimlardan V.P.Babkin, L.A.Orbeli va .M.Bikovlar shular jumlasidandir. XX asrga kelib yosh fiziologiyasi jadal rivojlana boshladi. Yosh fiziolgiyasi mustaqil fan sifatida tarkib topishida ms olimlaridan A.A. Leontev, A.R. Luriya, I.N. Marinova, A.A. Markosyan, M.V. Antropova, A.S.Xripkovalarning xizmatlari katta.1976-yilda A.A.Leontevning “Bolalar organizmining anatomiyasi va iziologiyasi” nomli kitobi bosilib chiqdi. 1968-yili A.Markosyanning “Bolalar va o'smirlarning morfologik va fiziologik xususiyatlari” A.G. Xripkovaning 1975-yilda “Yosh fiziologiyasi”, 1978-yilda esa “Bolalar anatomiyasi, fiziologiya va gigiyenasi” nomli kitoblari chop etildi.Bolalar va o'smirlar gigiyenasi mustaqil fan sifatida XIX asrning o'rtalarida shakllana boshladi. Rus gigiyenist olimlari A.P. Dobroslavin va F.F. Erismanning uzluksiz tajribalar olib borishlari natijasida gigiyena eksperimental fan bosqichiga ko'tarildi va tez rivojlana boshladi. Erisman (1842-1915) ko'plab o'quv qo'llanmalarini yaratdi, barcha gigiyenik talablarga javob bera oladigan sinf xonalarining modeli, o'quvchilarning bo'yiga mos jihozlarning turlarini, o'quvchilarni partada to'g'ri o'tirish yo'llarini ishlab chiqdi. N.R.Gundobin sog'lom o'sib kelayotgan avlodni tarbiyalashda gigiyena muhim rol o'ynaydi deb o'qitgan va uni pediatriyaning ajralmas bir qismi deb hisoblagan. U yoshlik davrlari tizimini tuzgan. V.M. Bonch- Bruyevich, I.A. Semashko, V.I. Molchanov, P.N. Speranskiylar bolalar va o'smirlar gigiyenasi sohasiga katta hissa qo'shganlar. 1918-yilda Toshkentda Turkiston dorilfununining tashkil topishi O'zbekistonda fiziologiya va gigiyena fanlarining rivojlanishiga asos bo'ldi. Fiziologiyaga oid dastlabki ilmiy tadqiqot izlanishlar Turkiston dorilfununining professorlari Ye.U. Polyakov va I.P. Download 226.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling