Reja: Yosh fiziologiyasi va gigienasi” fanining predmeti va ahamiyati


Bolalar va o’smirlar gigiyenasining asosiy vazifalari


Download 226.45 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana24.01.2023
Hajmi226.45 Kb.
#1115107
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-маъруза

Bolalar va o’smirlar gigiyenasining asosiy vazifalari 
- Yosh fiziologiyasining asosiy vazifasi o'sish va rivojlanish qonuniyatlarini ochib berish, 
bir butun organizm, uning tizimlari, organlari to'qimalari va hujayralarini ishlash 
xususiyatlarini turli yoshga aloqador davrlarda aniqlash. 
- Yosh fiziologiyasi organizmning individual rivojlanish jarayonida funksiyalar 
evolyutsiyasini kuzatib boradi, fiziologik jarayonlarni o'zaro munosabatlari va ular 
o'rtasida bog'lanish sabablarini aniqlaydi. Shu bilan birga yuksak darajada tuzilgan 
materiya, ya’ni bosh miya po’stlog‘ining organlar va umuman butun organizm faoliyatida 
yetakchi rol o'ynashini tushunib olishga yordam beradi. 
- Bolalar va o'smirlar gigiyenasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
- Bolalar va o'smirlar sog'lig'ini saqlash. Bu masalani hal qilish biologik va ijtimoiy 
omillar, tashqi muhit hamda umumiy taraqqiyot qonunlarining bolalar va o'smirlar 
organizmiga ta ’sirini aniqlash imkonini beradi. Har bir yoshga oid davrga xos 
kasalliklarning kelib chiqish sabablarini aniqlash esa kasallikning oldini olish chora-
tadbirlarini belgilaydi va hayotga tadbiq etish imkoniyatini yaratadi. O'sib kelayotgan 
avlodning sog'liq darajasi joriy etilgan sog'lomlashtirish gigiyena tadbirlarining natijasi 
o'laroq, kelgusida yana qanday qo'shimcha gigiyenik tadbirlar ko'rish kerakligini ham 
belgilab beradi; 
Bolalar va o'smirlar faoliyati gigiyenasi. Olib boriladigan ishlarning bu sohasida o'sib 
kelayotgan avlodning turliishlar bilan shug'ullanishida (bolalar muassasala- rida o'qish, 
jismoniy ish bajarish, jismoniy tarbiya) gigiyenik tadbirlarni qo'llash va natijalarini 
aniqlash ko'zda tutiladi. Bunda bolalarning sog'ligini saqlagan holda ish faoliyatini 
oshirish hamda charchashning oldini olish tadbirlarini ko'rish asosiy masala hisoblanadi. 
Bu esa o'z navbatida yasli, bog'cha va maktab yoshidagi bolalarga muvofiq keladigan kun 
tartibining to'g'ri tuzilishiga xizmat qiladi; 
- Tashqi muhit gigiyenasi. Mo'ljallangan ishning bu qismida bolalar va o'smirlar 
muassasalarini loyihalash va qurishda bir qator gigiyenik tadbirlarni joriy etish, jumladan 
ularni aholi yashaydigan joylarga qurish, xonalarni yetarli darajada yoritish, toza havo va 
issiqlik, ichimlik suv bilan, bolalar uchun mo'ljallangan jihozlar bilan ta ’minlash ko'zda 
tutiladi; 
- Bolalar va o'smirlar ovqatlanish gigiyenasi. Bunda ovqat mahsulotlarining ahamiyati, 
ovqatlanish tartibi o'rganiladi va o'sish davrida energiya sarfi me’yori ishlab chiqiladi; 


- Bolalar va o'smirlarga tibbiy xizmat ko'rsatish. Ishning bu qismida tibbiy xizmat 
ko'rsatishni ilmiy nuqtai nazardan ishlab chiqish hamda epidemiyaga qarshi tadbirlar 
ko'rish; 
Psixogigiyena. Bunda bolalar va o'smirlar ruhiy salomatligini saqlash, asab 
kasalliklarini oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish. 

Download 226.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling