- Reja:
-
- 1.Yuliy Sezarning kalendar isloxatlari.
- 2.Grigorian kalendari va uning jaxon mamlakatlarida qabul qilinishi.
- Qadimgi rimliklar kalendari qamariy - shamsiy kalendar edi. Bu kalendar dindorlar kо`liga berib qo`yilgan bо`lib, ular kо`shimcha qo`yishda adashib ketdilar. Og`ir ijtimoiy muammolar, noqulayliklar kechiqtirib bо`lmaydigan kalendar islohotini talab etdi. Bunday islohot 2000 yil avval, eramizdan avvalgi 46 - yilda о`tkazildi. Uning tashabbuskori Rim davlati arbobi Yuliy Sezar edi.
- Yuliy Sezar eramizdan avval 100-44 yillarda yashagan Rim davlat arbobi va lashkarboshisidir. U eramizdan avval 46 yili Rimda oliy hokimiyatni egallaydi. Birmuncha oldinroq esa u oliy Qoxin qilib saylangan edi. Bu vaqtda u qadimgi dunyo fani va madaniyatining markazi hisoblangan Misrga borib, mirsliklar kalendarining asosiy xususiyatlari bilan kelgan edi. Sezar misrliklar kalendarini Evergetning Kanop dekretida kо`rsatilgan tuzatishlari bilan о`z davlatida joriy etmoqchi bо`ladi. Shu maqsadda u Sozigen boshlik bir gruppa aleksandriyalik astronomlarga yangi kalendar tuzishni topshirdi.
- Kalendar islohoti mazmuni asosini quyoshning yulduzlar orasidagi о`z о`rnini yil davomida о`zgartirishi asos qilib olindi.
- Yilning о`rtacha uzunligi 365 kun va 6 soat qilib olindi. Kalendar yilining boshlanishi doim ma`lum bir kunga va kunning doim bir vaqtda tо`gri kelishini ta`minlash yilini esa 366 kundan deb hisoblashga qaror qilinadi. Bu tо`rtinchi yil kabisa yulduzdir. Eski kalendardagi noqulay marchedoniy oyidan kutilish kerak edi. Marsedoniyni yо`kotishgach, kalendarda 355 kun qoladi. Endi tо`la yil bо`lishi uchun 101 kun yetmasdi. Sozigen barcha qisqa, 29 kunlik (fevral 28 kun edi) oylarda 10 ta kunni tarkatib kо`shgan. Bunday qisqa oylar kalendarda sakkizta edi. Ulardan beshtasiga bir kundan, uchtasiga esa ikki kundan kо`shilgan. Hammasi bо`lib о`n kun kо`shish kerak edi, ya`ni kalendarda faqat 10 kun yetmas edi, xolos. Sozigen esa о`n bir kun kо`shib yubordi. 31 kunga ega bо`lgan oqtabrdan bir kunni olishga tо`gri kelgan va oqtabrda 30 kun qolgan.
- Endi kalendar birmuncha tartibga tushgan edi. U islohotdan oldingidagi singari 12 oydan iborat bо`lib, ularning eskicha nomlari ham saqlanib qolingan edi. Yilning birinchi oyi qilib yanvar qabul qilinadi. Eramizdan avvalgi 153 yilda yangi saylangan Rim konsullari davlat amaldorlari о`z vazifalarini 1 yanvardan bajarishga kirishardilar. Hamma toq oylar kunlarning toq soniga (31 kundan), barcha juft oylar esa kunlarning juft (30) soniga ega bо`ldi. Bu tartibni 29 kunga ega bо`lgan eng qisqa fevral oyi buzib turardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |