Reja: Yunisef xalqaro tashkiloti tuzilishi
Download 22.33 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq6 amaliy slayd
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashkilotning vazifalari
Mavzu: YuNISEF xalqaro tashkiloti faoliyatida yoshlarni huquqiy himoya qilish masalalari Reja: 1.YuNISEF xalqaro tashkiloti tuzilishi. 2.YuNISEF xalqaro tashkilotlarining vazifalari va ta’lim-tarbiya jarayonlari yuksalishidagi o’rni. T ashkiliy tuzilma va moliya manbalari YuNISEFning asosiy faoliyati 192 mamlakat va hududlarda amalga oshiriladi. Uning 150 dan ortiq filiali, bosh qarorgohi va boshqa vakolatxonalari, shuningdek, 34 ta milliy qo‘mita tarmog‘i bor. YuNISEF missiyasini qabul qiluvchi davlatlar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan dasturlarni amalga oshiradi. Yetti mintaqaviy ofis esa turli mamlakatlardagi ofislarga kerak bo‘lganda texnik yordam ko‘rsatadi. YuNISEF hukumatlar va homiylar hissasi asosida ishlaydi. Hukumatlar tashkilot ehtiyojlarining uchdan ikki qismini ta’minlasa, qolgan qismini milliy qo‘mitalar orqali xususiy guruhlar va shaxslar beradi. YuNISEF daromadining taxminan 92 foizi dasturiy xizmatlarga ajratilgan. YuNISEF dasturlari bolalar salomatligi va farovonligini oshirishga qaratilgan xizmatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan. YuNISEF 1965-yilda tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga, 1989-yilda Indira Gandi mukofotiga, 2006-yilda Asturias shahzodasi mukofotiga sazovor bo‘lgan. Tashkilotning vazifalari Tashkilotning roli har bir hududda yashash sharoitlarini hisobga olgan holda tegishli mintaqaviy va milliy dasturlar yordamida bolalarning huquqlarini himoya qilish, ularning to‘liq va uyg‘un rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdan iborat. Vazifalariga quyidagilar kiradi: - ijtimoiy adolatni ta’minlash, har qanday bolaga, qaysi ijtimoiy guruhga mansubligidan qat’iy nazar sifatli ta’lim berish; - arzon tibbiy yordam va ovqatlanishni ta’minlash; - OIV bilan kasallangan bolalarga, o‘smirlarga va ayollarga tibbiy va huquqiy yordam ko‘rsatish; - JSST, Jahon banki, Vaksinatsiya va immunizatsiya bo‘yicha global alyans (VIGA), davlat idoralari, fondlar, kasalxonalar, tadqiqot institutlari bilan birga YuNISEF missiyalarini amalga oshirish; - BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasiga rioya qilish bo‘yicha xabardorlik tadbirlarini o‘tkazish; - sog‘liqni saqlash idoralariga milliy emlash rejalarini amalga oshirishda yordam berish; - rivojlanayotgan mamlakatlarga vaksinalar va dori-darmonlarni etkazib berishni tashkil qilish, vaksinalarni mustaqil sotib olish tartibini nazorat qilish; - tabiiy ofatlar, harbiy harakatlar yoki boshqa holatlar natijasida bolalar to‘liq rivojlanishi uchun zarur sharoitlarga ega bo‘lmagan hududlarga gumanitar yordamlar ajratish. Download 22.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling