Reja: Yuqori mustahkamli beton tayyorlash uchun materiallar
-jadval Yuqori mustahkam yengil betonlarning tarkibi va xossalari
Download 0.59 Mb.
|
Mavzu-2 maxsus (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.1.Yuqori mustahkamli beton tayyorlash uchun materiallar
2.1-jadval
Yuqori mustahkam yengil betonlarning tarkibi va xossalari.
Yuqori mustahkam keramzit va modifikatorlar qo‘llash natijasida mustahkamligi 60 MPa dan yuqori va zichligi 1,75 kg/dm3 bo‘lgan beton olish imkoniyati ochildi. Uning bir kundagi mustahkamligi 30 MPa dan ortiq bo‘lib, bu ko‘rsatkich juda muhim va yuqori hisoblanadi. Embelit modifikatori qo‘shilgan yengil betonlar esa yuqori mustah-kamlikdan tashqari kengayish xususiyatiga ham ega bo‘lib, ularning cho‘kish deformatsiyasi juda kamdir (180 kunda 42·10-5mm/mm tashkil qiladi xolos). Yuqori mustahkam yengil betonlardan dastlabki bino va inshootlar o‘tgan asrning 60...70 yillarida Olmaniyada qurilgan. Visbadenda qurilgan Dyukkerxoff ko‘prigi qurilishida oldindan zo‘riqtirilgan temirbeton uchun sinfi V35, zichligi 1,64 kg/dm3 bo‘lgan yengil beton ishlatilgan. Dyus-seldorf shahridagi Kay markazining janubiy fasadini barpo qilishda sinfi B 45 va zichligi 1,35 kg/dm3 bo‘gan yengil quyma beton ishlatilgan. Ushbu beton bir vaqtning o‘zida konstruksiya, manzarali-me'moriy va issiq-saqlash vazifalarni o‘taydi. Norvegiya mutaxassislari tomonidan qurilgan “Xaydarun” neft platformasi qurilishida mustahkamligi 75 MPa va zichligi 1,75 kg/dm3 bo‘lgan yengil beton ishlatilgan. 2.1.Yuqori mustahkamli beton tayyorlash uchun materiallar Yuqori mustahkamli betonlarni tayyorlash uchun ishlatiladigan materiallarga, sementni maksimal darajada tejash bilan kerakli mustahkamlikdagi betonni olish uchun yuqori talablar qo'yiladi. Bog’lovchi. Yuqori mustahkamli beton uchun bog’lovchi sifatida eng yuqori faollikka va eng past me’yoriy quyuqlikka ega sementlardan foydalanish kerak.Sement xamrining me’yoriy quyuqligi 25 ... 26% dan ko'p bo'lmagan va faolligi 500 ... 600 dan kam bo'lmagan sementlar tavsiya etiladi. Betonning asosiy vazifasiga qarab uni tayyorlash uchun ma'lum bir mineralogik tarkibga ega sementlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. O‘lchamlari o‘rtacha va undan kichikroq bo‘lgan yig‘ma temirbeton konstruksiyalar tayyorlashda tarkibidagi C3S va C3A miqdori yuqori bo‘lgan mayda to‘yilgan yuqori mustaxkam portlandsementlar va tez qotuvchi sementlar ishlatiladi. Shunday qilib, tez qotadigan va uta tez qotadigan sementlar uchun C3S miqdori kamida 50...60% va C3A kamida 5... 8%, jami C3S + C3A miqdori kamida 60% bo'lishi kerak . Dala sharoitida tayyorlanadigan massiv konstruksiyalar uchun C3A miqdori kamaytirilgan, C3S miqdori esa chegaralangan sementlar, shuningdek, belitli tsementlar ishlatiladi. Bunday sementlar uzoq muddatda qotadi va oxirgi mustaxkamligi yuqori bo‘ladi. Yuqori mustahkamli betonlarda sement sarfini mumkin darajada kamaytirish, zich va mustahkam tuzilishni saqlab qolish uchun quyidagilardan foydalaniladi: yuqori mustahkam sementlar ishlatish, ularning faolligini mexanik va kimyoviy usullar bilan oshirish (tarkibiga 2...3 % gips yoki kompleks qo‘shilmalar qo‘shib, solishtirma yuzasi 4000...5000 sm2/g bo‘lguncha obdon yaxshilab to‘yish, maxsus qo‘shilmalar bilan faollashtirish); g‘ovakligi va suv talabchanligi kam bo‘lgan maxsus to‘ldiruvchilarni qo‘llash; beton qorishmaga superplastifikatorlar va kompleks qo‘shilmalar qo‘shish; betonning mustaxkamligini 28 kundan ko‘proq vaqtda belgilash (shunday vaziyat talab qilinsa). Superplastifikatorlarning joriy etilishi sement sarfini samarali ravishda kamaytiradi, chunki betonning harakatchanligi va bog’lanishi oshib boradi va shu bilan birga doimiy suv talabchanlini saqlab turadi, ya'ni beton qorishmaning yopishqoqligini oshirishi uchun qo'shimcha sement sarfi talab qilinmaydi. Natijada tsementdan foydalanish samaradorligi oshiriladi. Kompozitsion bog‘lovchi moddalar, masalan KSB (kam suv talabchan bog‘-lovchilar), superplastifikatorlar, mikrokremnozem, organik mineral qo‘-shilmalar va takomillashgan tinimsiz texnologiyalarni qo‘llash orqali, nafaqat sementni ishlatishning samaradorligini oshiradi, balkim mustaxkamligi 100 MPa va undan yuqori bo‘lgan alohida yuqori mustahkam betonlar olish imkoniyati kengayadi (shuningdek quyma konstruksiyalar uchun suyuq beton). KSB maxsus texnologiya asosida kompleks komponentlarni (porland-sement klinkeri va quruq modifikatorlar, faol mineral qo‘shilmalar, mikroto‘ldiruvchilar, shuningdek, gips toshi) maydalab tuyish orqali olinadi. Kam suv talabchan bog‘lovchilar kontur g‘ovaklari sezilarli kam bo‘lgan betonlar olish imkonini beradi, ya'ni bunday samara polimer betonlar tavsifiga mos keladi. Shu nuqtai nazardan KSB yangi bog‘lovchilar avlodiga mansub. Kam suv talabchan bog‘lovchilar va ular asosidagi betonlardan turli xil buyumlar va konstruksiyalar tayyorlanadi. Bunda xarakatchanligi har-xil bo‘lgan beton qorishmalar ishlatiladi va bu qorishmalar o‘zining yuqori texnologik xossalarini namoyon qiladi. Jumladan, bir jinslilik, qatlam-lanib ketmaslik, qulay joylanuvchanlik, yuqori tiksotropiklik va x.k. Ushbu xossalar og‘ir va mayda donali betonlardan xajmiy bloklar, yupqa qobiqli konstruksiyalarni tayyorlashda yaqqol namoyon bo‘ladi. KSB asosidagi betonlarni qo‘llashning yana ustun tomonlaridan biri, issiqlik bilan ishlov berish harorati keskin kamayadi yoki umuman issiqlik bilan qotirish talab qilinmaydi. Chunki bunday beton buyumlar qoliplan-gach dastlabki kunlardayoq loyixaviy mustaxkamlikka erishadi, 28 kunda esa xaqiqiy mustaxkamligi loyixaviy mustaxkamlikka nisbatan 50...70 % ortadi. KSB asosidagi betonlarning ustuvor tomonlari tarkibining ko‘p variantligi, portlandsement klinkerining o‘z energiyasini to‘liq sarf qilishi, ekologik nuqtai nazardan bunday yangi texnologiya sanoat chiqindi-gazlarini ikki martagacha kamaytiradi, shuningdek, texnogen chiqindilarni ishlatish mumkin bo‘ladi. KSB asosidagi betonlar ayniqsa me'moriy-manzaraviy bezak ishlarida yaqqol namoyon bo‘ladi. Ushbu betonlar keyingi paytda bino va insho-otlarning tashqi qoplamalarida, zamonaviy san'at monumentlarini qurish-da, ichki landshaft va maskanlarni bezashda, shuningdek, kichik me'moriy formalarni tayyorlashda keng qo‘llanilmoqda. Bunday betonlarga turli xil pigmentlar qo‘shish orqali rangli betonlar olish mumkin, buyumlarni qoliplash sifati yaxshilanadi, yuqori sifatli va zich tuzilishli buyumlar olinadi va x.k. Qum. Yuqori mustahkamli beton uchun mayda to’ldiruvchilar sifatida tabiiy, eng kam miqdordagi loyli va yuvilgan yirik va o'rta donadorli qumlar (yoki ularning aralashmalari)dan foydalanish kerak. Eng yaxshi qulayjoylashuvchan beton qorishmasini olish shartlaridan kelib chiqqan holda, eng yaxshi qulaylik bilan beton aralashmasi olish sharti asosida, qumnig mayda va yirik fraksiyalar nisbati quyidagi chegarada tanlanadi: massasi bo’yicha yirik fraksiyalar 20...50% va mayda fraksiyalar – 80... 50%: Qum. Yuqori mustahkamli beton uchun mayda to’ldiruvchilar sifatida tabiiy, sun'iy katta va o'rta donli qumlar (yoki ularning aralashmalari) minimal miqdorda loy va namlantiriladigan aralashmalarni o'z ichiga olishi kerak. Katta kasr 20...50% va kichik – 80...og'irligi 50%: eng yaxshi qulaylik bilan beton aralashmasi olish sharti asosida, katta va kichik qum kasrlar nisbati quyidagi chegaralar doirasida tanlanadi. Yuqori mustahkamli, shu jumladan 800 markagacha beton tayyorlash uchun , yiriklik modili My = 2…3.5 bo‘lgan yirik va o‘rtacha qumlar ishlatiladi.Agar GOST tomonidan tavsviya etiladigan, qum donadorligining egri chizig‘i shtrixlangan yuza ichida joylashsa, qum beton tayyorlash uchun yaroqli hisoblanadi. Yiriklik moduli 1...1.5 bo‘lgan mayda qumlarni mayda donali betonlar uchun ishlatish tavsiya qilinadi. Chunki, qumnig yiriklik moduli qanchalik kichik bo‘lsa, beton uchun sement sarfi shuncha ortadi. To’ldiruvchilar aralashmasidagi qumning ulushi 0,32 dan 0,25 gacha bo'ladi. Tsement sarfi va beton sinfining oshishi bilan qumning ulushi kamayadi. (2.2-jadval) Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling