Reja Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig’i


Download 231.24 Kb.
bet1/8
Sana18.06.2023
Hajmi231.24 Kb.
#1558970
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
sherzod


Reja

  1. Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig’i

  2. Yuridik shaxslarga er solig’idan imtiyozlar va er solig’ini to`lash tartibi

  3. Yer ostidan foydalanganlik uchun soliq stavkalari va imtyozlar

Kirish


Mavzuning dolzarbligi.O’zbekiston Respublikasi bozor munosabatlarini rivojlantirish jarayonining muhim bosqichidan o’tmoqda. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida tadbirkorlik faoliyati va davlatning bilvosita boshqarishga asoslangan holda, raqobatchilik mexanizmiga tayanib chuqur tuzilmaviy islohotlar amalga o’shirilmoqda. Hozirgi kunda, soliq siyosatining asosini soliqqa tortish tizimidagi islohotlarni amalga oshirish va soliq siyosatini yanada erkinlashtirish bo’lib, buning asosiy yo’nalishi yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliq yukni kamaytirish hamda budjet daromadlarini yanada oshirishga qaratilgan chora tadbirlar tashkil qilmoqda. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev quyidagilarga to’xtalib o’tdilar: “Soliq-budjet siyosatiga qat’iy amal qilish, davlatning ijtimoiy majburiyatlarini bajarish, ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar hajmi, yirik investitsiya loyihalari va mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlashni moliyalashtirish – ushbu eng muhim vazifalarni amalga oshirish, avvalo, Moliya vazirligi va shaxsan vazirning faoliyati samaradorligi bilan belgilanadi”1.
Soliq islohotlarini o’tkazishda soliqqa tortishning an’anaviy tamoyillari o’zgarmaydi. Lekin amaldagi soliq tizimining iqtisodiy-huquqiy tamoyillarini takomillashtirib boriladi. Bunda soliq munosabatlarining tamoyillari o’tkazilgan har bir islohotlar natijasida sayqallanadi va mohiyati, mazmuni maqsadlari borgan sari nazariy tamoyillar darajasiga yaqinlashib boradi. Zero har bir davming o’ziga xos soliq tizimining adolatlilik, samaradorlik va soddalashtirilgan namunasi mavjud. Ana shu ko’rsatkichlar muayyan davrga moslashtirilgan soliq islohotlari o’tkazilishi natijasida an’anaviy mezonlarga yaqinlashib boradi.
Soliqlar har bir davlatning moddiy jihatlarini ta’minlaydi. Jahon iqtisodiyoti taraqqiyotining hozirgi bosqichida ular iqtisodiyotini davlat tomonidan tartibga solishning muhim vositasi hisoblanadi. Iqtisodiy islohotlarni yanada erkinlashtirish va chuqurlashtirish jarayonida kichik biznesni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni rivojlantirish, mulkdorlar sinfini shakllantirish, bozorlami tovarlar bilan to’ldirish, raqobat muhitini yaratish, ishsizlika barham berish mamlakat oldida turgan asosiy vazifalardan hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasida soliq tizimini isloh qilish va davlat soliq siyosati samaradorligini oshirishning hozirgi kundagi amaliyoti nazariyotchilar oldiga uning qator yangi muammolariga yechim topishni ko’ndalang qilib qo’ymoqda.
Bu borada respublikamiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning quyida bildirgan fikrlarini keltirib o’tish joiz: “Birinchi navbatda amalga oshiriladigan vazifalar qatoriga daromad solig’i stavkasining 7,5% ga kamaytirish kiradi shu bilan birga qurulish sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalar uchun yagona soliq to’lovi stavkasisanoat koxonalarida bo’lganidek 6% dan 5%ga tushuriladi.”2


Download 231.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling