Reja: Yurtimizda sportga e’tibor
Download 268,18 Kb.
|
mustaqillik yillarida spotrdagi yutuqlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sovrindorlarimizning umumiy ruyxati bilan ushbu jadvalda tanishishingiz mumkin
- Manba: Kun.Uz Sports.Uz Championatasia,com Tayyorladi: Qurbonov Anvar TFI Biotexnologiya fakulteti 104-a-guruh talabasi
Sport turlari:
Engil atletika Boks Baydarka va kanoeda eshkak eshish Badiiy gimnastika Sport gimnastikasi Dzyudo Akademik eshkak eshish O'q otish Suzish
Stol tennisi Taekvondo Tennis Og'ir atletika Kurash Olimpiadaning ochilish marosimida bokschimiz Bahodir Jalolov bayroqdor vazifasini bajardi. Ushbu Olimpiadada mustaqil O'zbekiston tarixida medallar jamg'arish borasida rekord natija qayd etildi. Sportchilarimiz 13 ta medalni qo'lga kiritishdi. SHulardan 4 tasi oltin, 2 ta kumush va 7 tasi bronza ekanligini takidlab o'tishimiz lozim. Sovrindorlarimizning umumiy ruyxati bilan ushbu jadvalda tanishishingiz mumkin:
Ko'rinib turibdiki, ushbu Olimpiadada eng ko'p medalni bokschilarimiz qo'lga kiritishdi. CHarm qo'lqop ustalarimizning 7 nafari Riodan medal bilan qaytishga muvaffaq bo'lmoqdalar. Ular: Hasanboy Do'stmatov, SHahobiddin Zoirov, Fazliddin G'oibnazarov (oltin), SHahram G'iyosov, Bektemir Meliqo'ziev (kumush), Rustam To'laganov (bronza), Murodjon Ahmadaliev (bronza). Ushbu natija Olimpiadadagi boks musobaqalaridagi eng zo'r natijadir. Sportning ushbu turida medal jamg'arish bo'yicha ular Kuba, Qozog'iston va Rossiyadan tashrif buyurgan raqiblarini ortda qoldira oldilar. SHuningdek, ikki nafar dzyudochimiz: Diyorbek O'rozboev va Rishod Sobirovlar Olimpiadaning dastlabki ikki kunida bronza medallarini qo'lga kiritib, o'zbek sport muxlislarini xursand qilishdi. Og'ir atletikachimiz Ruslan Nuriddinov o'ziga bildirilgan ishonchni oqlay oldi va Olimpiada rekordini qayd etgan holda, oltin medal sohibiga aylandi. Elmurot Tasmurodov yunon-rum kurashi bahslarida bronza medalini qo'lga kiritgan bo'lsa, Olimpiadaning so'nggi kunida ikki erkin kurashchimiz Ixtiyor Navruzov hamda Magomed Ibragimovlar ham bronza medalini qo'lga kiritib, O'zbekiston sport delegaciyasi hisobiga medallar qo'shib qo'yishdi. Yana bir fakt - Olimpiadadagi medallarning barchasini erkak sportchilarimiz qo'lga kiritishdi. Malumot uchun, ayol sportchilarimizdan so'nggi marotaba Ekatirina Xilko 2008 yili Pekinda bo'lib o'tgan Olimpiadada batutda sakrash bahslarida bronza medalini qo'lga kirita olgandi. Sportchilarimiz ichida eng yoshi - taekvondochi Nigora Tursunqulova bo'ldi (17 yosh). Yoshi eng katta sportchimiz esa gimnastikachi Oksana CHusovitina (41) ekanligini barchamiz bilamiz. Sportchilarimizning yoshlari foizlar bo'yicha: 16-20 - 17% 21-25 - 39% 26-30 - 34% 31-40 - 9% 40dan katta - 1% Medallar jamg'arish bo'yicha umumiy jadvalga nazar tashlaydigan bo'lsak medallar sifati bo'yicha ham, soni bo'yicha ham 21-o'rinni egallab turibmiz. Bu ko'rsatkich bilan Osiyoda 4-o'rin, MDHda 2-o'rin, Markaziy Osiyoda esa 1-o'rinni egalladik. Manba: Kun.Uz Sports.Uz Championatasia,com Tayyorladi: Qurbonov Anvar TFI Biotexnologiya fakulteti 104-a-guruh talabasi Download 268,18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling