Reja Yuza va uning o‘lchov birliklari Uzunlik o’lchov birliklari Yuza va uning o‘lchov b irliklari


Download 42.79 Kb.
bet2/2
Sana06.05.2023
Hajmi42.79 Kb.
#1433905
1   2
Bog'liq
UZUNLIK VA YUZA O’LCHOV BIRLIKLARI

uzunlik olchov birliklari

Metr  uzunlikning asosiy o’lchov birligi. Uzunlikning boshqa o’lchov
birliklari va metr orasidagi bog’lanish quyida ko’rsatilgan.

  1. 1 kilometr (km) = 1000 metr (m)

  2. 1 metr = 10 detsimetr (dm)

  3. 1 metr = 100 santimetr (sm)

  4. 1 detsimetr = 10 santimetr

  5. 1 santimetr = 10 millimetr (mm)




SI halqaro birliklar tiziminig dastlabki eng asosiy birlik bu Metr. Uzunlik va masofa o'lchov ishlari uchun qo'llaniladigan universial birlik - Metr, dastavval, XVIII-asrda Fransiyada muomalaga kiritilgan va avval-boshda ikki hil raqobatchi aniqlov-ta'rifiga ega bo'lgan:
1) 45° geografik kenglikda, tebranish davri 1 sekundga teng bo'lgan mayatnikli soatning mayatnigi uzunligi; (zamonaviy birliklarda bu uzunlik (g/?2)·1c2≈0.994 metrga teng);
2) Parij meridiani uzunligining 40 000 000 dan 1 qismi, shuningdek, Parij sharqiy uzunligi bo'yicha shimoliy qutbdan yer ekvatorigacha bo'lgan ellipsoidning 10 000 000 dan 1 qismiga teng (zamonaviy aniq o'lchashlar orqali bu birlik 1/1,00000000005 ga teng ekanligi ma'lum bo'lgan)
Masofa va uzunlik birligini o'zgarmas masofaviy miqdorlar, hususan, yer meridianiga bog'lab aniqlashga urinishlar bundan avval ham kuzatilgan va aynan shu usul orqali dengiz mili va lye hisoblab chiqilib muomalaga kiritilgan. Ushbi birliklar bugungi kunda ham dengizchilikda keng qo'llanib kelinmoqda. Dastavval, Fransuz Milliy Kengashini 8-may 1790-yildagi qarori bilan, golland olimi Xristian Gyugens patentlashtirgan mayatnikli soatlarning mayatniklari uzunligi etalon sifatida qabul qilingan edi. Ammo har bir mamlakat, shahar, va har qanday hududning geografik kengligi har hil bo'lishi, binobarin, mayatnik bevosita bo'gliq bo'lgan erkin tushush tezlanishi geografik kenglikka bo'gliqligi, shuningdek, mayatnik yetarlich seriya miqdorida ishlab chiqariladigan narsa emasligi faktorlarini e'tiborga olib, Fransuz Fanlar Akademiyasi 1791-yili, Davlat Milliy Kengashiga metrni yer meridianiga asosan aniqlashni taklif etdi. Milliy Kengash ushbu taklifni ma'qulladi va Milliy Konvent 1795-yil 7-aprelda Fransiyada Metrik tizimni tadbiq etish haqida qonun qabul qildi. Konvent topshirig'iga ko'ra, o'sh? davrning eng ko'zga ko'ringan olimlari - Laplas, Lagranj, Kulon va boshqalar metr etalonini aniqlash uchun amaliy tajriba-o'lchov ishlarini olib borishdi. 1792-1797 yillar oralig'ida inqilobiy Fransuz Konventi topshirig'iga ko'ra, olimlar Dalamber va Mishen Parij meridianining Dyunkerkdan Barselonagacha bo'lgan masofa yoyini, ya'ni, 9°40' yoy qismini uchburchak usuli -triangulyatsiya yordamida, 6-yil mobaynida o'lchab chiqdilar. Ammo ushbu o'lchov ham 0.2 milimetrga hatolik bilan o'lchangani ma'lum bo'ldi, chunki, Dalamber va Mishen o'lchovlar olib borish jarayonoda yer meridianining qutbga tomon siqilib borishi, uning yoy holati aylanaga emas, balki, ellipsga taaluqli ekanigi inobatga olinmagan edi. Metrning dastlabki prototipi 1795-yili latundan tayyorlangan edi. Shu o'rinda aytib o'tish joizki, dastlabki kilogramm prototipi ham metrga bog'lab chiqarilgan edi, ya'ni, 1 kilogramm vazn 1 detsimetr kub (1dm3 ) suvning vazniga teng deb belgilangan. 1799-yilda metrning birinchi etaloni, Parijlik mexanik Lenuar tomonidan, platinadan tayyorlandi, u yuqorida ta'kidlangan yer meridiani uzunligining 40 milliondan bir qismiga asoslangan edi. Ushbu etalon eni 25 mm, qalinligi 4mm dan tashkil topgan platina quymasi holatida bo'lib, bu etalon "Arxiv metri" nomi bilan ataldi va Fransuz Milliy Arxiviga topshirildi. Ushbu etalon Napaleonning 10-dekabr, 1799-yilgi farmoni bilan qonuniy metr etaloni sifatida joriy etildi va keyingi 90 yil mobaynida amal qildi. Ushbu etalon asosida tayyorlangan metr, Napaleon Bonpartning istilochilik yurishlari oqibatida Evropa qit'asida keng tarqalib, aosisiy uzunlik birligi sifatida qabul qilindi. Bu jarayondan faqat Napaleon qadami yetib bormagan Britaniya birlashgan qirollik hududlari chetda qoldi.


Download 42.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling