3.Yakuniy yoki umumlashtiruvchi ma’ruza. Ma’ruza maqsadi -semestr davomida o‘tilgan mavzular bo‘yicha berilgan materiallarning o‘zak g‘oyasini va mohiyatini maksimal darajada qisqa shaklda berib, obyektlar va holatlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat va bog‘lanishlarni ajratib tizimlashtirishdan iborat.
Ma’ruzalar, uni rejalashtirishdagi ustun turuvchi funksiyalarni amalga oshirish mazmuniga qarab ham quyidagi turlarga bo‘linishi mumkin:
Yuqoridagi ma’ruza turlari ichida muammoli ma’ruzalar alohida e’tiborga ega hisoblanadi. Bunda ma’ruzachi dastlab muammoli vaziyatni hosil qilishi, keyin muammoning mohiyati va tahlilini keltirishi va muammo yechimi bo‘yicha o‘z farazlarini bayon etishi lozim.
Ta’kidlash lozimki, ma’ruzalar - zamonaviy ta’lim tizimida o‘qitishni tashkil etishning yetakchi shakli ekanligi saqlanib qolgan holda, uning turlari, shakli va mazmunini intensiv rivojlanishi zarur. Albatta ma’ruzaning turi, shakli, mazmuni va funksional vazifasi ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi o‘rtasidagi o‘zaro, birgalikdagi faoliyatni belgilaydi.
Zamonaviy ma’ruzalarning turli xilda ekanligini e’tiborga olgan holda, klassik ta’lim modeli doirasida ma’ruzaning quyidagi xususiyatlarini ko‘rsatish mumkin (1-расм)
Do'stlaringiz bilan baham: |