Reja: Zamonaviy operatsion tizimlar


Download 38.29 Kb.
bet2/22
Sana08.01.2022
Hajmi38.29 Kb.
#241479
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Zamonaviy operatsion tizimlar. Tizimli va amaliy dasturlar. Drayverlar. Utilit dasturlar.

Windows oynalar degan ma’noni anglatadi. Windows operatsion tizimi Microsoft firmasining dasturiy maxsuloti bo’lib, maxsus tayyorgarlikka ega bo’lmagan komp’yuterdan foydalanuvchilar uchun mo’ljallangandir.

Windowsni yaratishdan maqsad – kompyuterdan foydalanishni iloji boricha soddalashtirish, o’rganish uchun osonlashtirish, foydalanuvchiga mumkin qadar keng imkoniyatlar yaratishdir.

Dastavval bu OS ning bir necha versiyalari ishlab chiqarilgan. Uning birinchi versiyasi 1985 yil dunyoga kelgan.

Windows 3.1 versiyasi – operatsion qobiq sifatida, DOS muhitiga moslashtirilgan. O’sha davrda bu sistema katta imkoniyatlarga ega bo’lib, foydalanuvchi va dasturchilarga qulayligi bilan taqdim etilgan.

Ularning keng miqdorda tarqalishi IBM PC kompyuterlarning, standarti bo’lib qoldi. Shuning uchun keyingi ishlab chiqariladigan barcha resurslar va dasturlar, aynan Windows muhitida ishlash uchun mo’ljallangan.

Windows operatsion tizimi o’zining qulay va namunaviy interfeysi bilan barcha foydalanuvchilarni lol qoldirib kelgan. Albatta ishlab chiqaradigan amaliy dasturlar Windows talablarini qondira olishi e’tirof etilgan.

Shunday qilib, bunday dasturlar Windows muhitisiz biror bir amalni bajara olmagan. Shuning uchun ham ularni Windows dasturlari yoki Windows ostidagi dasturlar deb ataymiz.

Windows qanday dunyoga kelgan. Yuqoridagilarni o’qib turib, MS DOS muhitidan voz kechish kerak degan ma’noni bermaydi.

Chunki MS DOS muhitida ishlaydigan o’n minglab yuqori sifatli dasturlar mavjud. Ularning ko’pchiligi bejirim grafikaga va interfeysga ega.

Shunday qilib MS DOS yaratuvchilari, amaliy dasturchilarni muloqotli interfeysni yaratish,maqsadida quruq kompyuter bilan qarshi qo’yishadi. Natijada ayrim bir dasturchilar mustaqil ravishda yangi muhit ustida tajribalar amalga oshrishardi, boshqalari esa tayyor dasturlar kutubxonasida o’zlarini band qilishdi.

Shu vaqtning o’zida Apple firmasining Macintosh kompyuterlari uchun ahvol o’zgacha edi. Uning operatsion tizimi o’zining namunaviy va grafik interfeysini o’zlashtirilishining soddaligi bilan ajralib turar edi.

Amaliy dasturlar esa-tashqi qurilmalar bilan bog’liqligi va muloqotli interfeysi bilan keng foydalana boshlandi.

Microsoft firmasi Apple firmasidan operatsion sistemasidan foydalanish uchun lisenziyani berishni bir necha marta so’radi, evaziga esa rad javobini olish bilan chegaralangan xolos. Bu operatsion sistema IBM PC tipli kompyuterlarda ishlatilishi kerak edi. Rad javobini olgan Microsoft firmasi o’zining Windows grafik operatsion sistemasini yaratish ustida ish olib bordi va natijada 1985 yil Windows muhitini yorug’likka chiqardi.

1987-1989 yillar oralig’ida Microsoft firmasi tomonidan har tomonlama qulay bo’lgan Windows muhitida ishlaydigan bir qancha dasturlarni ishlab chiqdi. Bularga misol qilib: Microsoft Word, Exsel, Aldus Page Maker va h.k

1990 yilda ishlab chiqarilgan Windowsning 3.0 versiyasi IBM PC komponentlari uchun standart sifatida qo’llanila boshlandi.

1995 yil avgust oyida jahon bozorida Windowds 95 versiyasi paydo bo’ldi. U sensatsion o’zgartirishlarni amalga oshirdi. Millionlab DOS va Windows 3.1 operatsion qobig’I foydalanuvchilari orasida operatsion tizimlar revolyusiyasi sodir bo’ldi. Ular ishda oddiy, lekin yuqori quvvatli imkoniyat hamda grafikli interfeysga ega.

Sistema ishonchli va stabil hisoblandi. Operatsion sistemalar orasida revolyutsiya emas, evolyutsiyani boshdan kechirgan. Windows 98 versiyasi 1998 yilda paydo bo’ldi. Uning Windows 95 dan farqli tomoni o’rganilmagan yoki notanish bo’lgan imkoniyatlari foydalanuvchilarga juda maqul bo’lgan muammolarni tug’dirdi.

“Microsoft” korporatsiyasi 26-oktabr kuni o‘zining yangi “Windows 8” operatsion tizimini rasmiy ravishda namoyish qildi. Ushbu operatsion tizimni ishlab chiqish uchun bir necha yil ketdi. Kompaniya oxirgi marta 2009-yilda “Windows 7” operatsion tizimini chiqargan edi, undan keying yillarda esa “Windows 8” operatsion tizimi ishlab chiqarildi.

  Yangi operatsion tizim chakana savdoga ikki xil versiyada chiqariladi: “Windows 8” va “Windows 8 Pro”. Ularning bir-biridan farqi shuki, “Windows 8 Pro” versiyasi ko‘proq malakali foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan.

WINDOWS- operatsion tizim (OT) bo`lib, yukori darajadagi ishonchliligi, yaxshilangan bezagi, o`z-o`zini rivojlantirish uchun maxsus vositalari mavjudligi bilan ajralib turadi. WINDOWS- grafik maxsulotning ko`rinishi, tovush va zamonaviy texnologiyalari bo`yicha yaratilgan multimedia ilovalarini qo`llash imkoniyatlarini yaxshilaydi .




Download 38.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling