3. Menejerning tayanch kompetentsiyalari.
Tayanch kompetentsiyalari – ish samaradorligini ta’minlovchi va rahbarxodim munosabatlarini tizimlashtiruvchi, shaxsni bilimdonlik darajasini asosiy ko’rsakichi hisoblanadi. Barcha soha va mutaxassisliklarda bir xil taqozo etiladigan bilimdonlik mezonidir.
Boshqaruvchining tayanch kompetenciyalari da'vogarning lavozimga loyiqlik mezonlari.
1. Professional kompetenciya
2. Uslubiy kompetenciya
3. Ijtimoiy kompetenciya
Boshqaruvchiga xos bilimdonlik darajalari.
(a) intellekt (odamning murakkab va mavhum muammolarni echa olish qobiliyati, u o’ta yuqori bo’lmasligi, aksincha, o’rtachadan yuqori bo’lishi kerakligi e’tirof etildi);
(b) tashabbuskorlik (yangicha ishlash va harakatlarga ehtiyojni anglash qobiliyati hamda shunga mos motivlar);
(v) o’ziga ishonch (kompetentsiya va da’vogarlikning yuqori darajasi hamda bahosi) kabi sifatlar takror-takror uchraydi.
4. Akmeologik motivatsiya va kompetentsiya.
Kompetentsiyalar – (1) tashkilot miqyosida qabul qilingan standart xulq-atvor; (2) menejerning tashkilot miqyosida qabul qilingan standartlarga muvofiq ish ko’ra olish qobiliyati.
Kompetentlik (bilimdonlik) – (1) u yoki bu savolning javobidan xabardorlik; (2) ishda kerakli natijalarni qo’lga kiritish yuzasidan zarur qarorlarni qabul qila olish qobiliyati.
Kompetentsiya shaxsning yurish-turishini baholashga oid bilimlar majmui bo’lib, u orqali biz tashkilotni samarali rivojlanishi yo’lida xodimning o’z faoliyatini amalga oshirishida qanday darajadagi muvaffaqiyatlarga erishayotganligini aniqlashimiz mumkin. Kompetentsiyalarning mavjudligi odatda, shaxs xulq-atvorini o’lchovchi (indikatorlar yordamida) muayyan holatlar orqali qayd qilinadi (yaxshi shakllangan xulqiy malakalar).
Ko’pincha kundalik muloqotda biz “kompetentsiya” yoki “bilimdonlik” tushunchalarini tez-tez ishlatamiz. Ayniqsa, “professional kompetentsiya” tushunchasi ko’proq diqqatni tortadi. Lekin, ba’zan insonlar bilan ishlash borasida “kommunikativ kompetentsiya” tushunchasi ham ishlatiladi. Bu aslida o’zgalar bilan til topisha bilish, o’z nutqini ravon va bir tekisda tuzish orqali fikrlarini boshqalarga etkaza olish kabi muhim xususiyatlar bilan bog’lanadi. Psixologiya fanida, xususan, uning “Boshqaruv psixologiyasi” sohasida oxirgi paytlarda “ijtimoiy-psixologik kompetentsiya” fenomeni ajratilmoqdaki, mohiyatan u – kommunikativ kompetentsiyadan kengroq va ko’p qamrovliroqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |