1996 yil
Yangi tashkil etilgan hisob-kitob markazlari tijorat banklarining vakillik hisobvaraqlarini kliring markazlaridan o‘zlariga o‘tkaza boshladilar. Iyul oyiga kelib kliring markazlari butunday qisqartirildi. Shu bilan bir qatorda Markaziy bank Bosh axborotlashtirish markazi mutaxassislari va bank xodimlari to‘lovlarning o‘tishi muddatini yanada qisqartirishni ta’minlash borasida tinmay izlanish olib bordilar. Buning natijasi o‘laroq, yil oxiriga kelib to‘lovlar o‘tishi muddati respublika miqyosida 2 soat, viloyat miqyosida 1 soatni tashkil etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |