1997 yil
Respublika bank tizimida yangi hisob tizimi rejasiga o‘tilishi tijorat banklari va Markaziy bank to‘lov tizimi tub burilish yasadi. Elektron to‘lov tizimining mavjud amaliy dasturi rivojlantirilib, tizimning katta o‘tkazish qobiliyati va hujjatlarning yuqori tezlikda qayta ishlanishi (hududlararo hisob-kitoblar - 15 daqiqada, bitta hudud ichidagi hisob-kitoblar esa – 3-5 daqiqada) pul mablag‘lari aylanishini jiddiy oshirdi. Bu esa respublika xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarining faoliyatiga ijobiy ta’sir etdi, banklarga vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘lardan samarali foydalanish va kredit xavf-xatari darajasini hamda likvidlilik xavf-xatarini tezkorlikda boshqarish imkonini berdi.
3-bosqich
Do'stlaringiz bilan baham: |