Rejabov Muxriddin Yuldosh o‘g‘li 1 Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasi


« Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar: Nazariy va amaliy


Download 481,45 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana06.04.2023
Hajmi481,45 Kb.
#1277672
1   2   3   4   5
Bog'liq
ZDTF12013

« Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar: Nazariy va amaliy 
izlanishlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiyasi 
omborilarining umumiy soni 53 ta bo`lib, ularda 16 km. kub suv to`planadi. 
Tekislikda joylashgan ko`llar suvi 70 km. kubni tashkil qiladi. O`zbekistonda 
suvning yillik sarfi 62-65 km. kub atrofida bo`lib, bu suvning 25 km. kubi 
Amudaryodan, 11 km. kubi Sirdaryodan, 19 km. kubi qolgan boshqa daryolardan 
va 9-10 km. kubi yer ostidan olinadi. Sarflanadigan ana shu suvlarining 85% 
(53-55 km. kub) sug`oriladigan dehqonchilikka, 12% (6 km. kub) sanoat 
ehtiyojlariga va 3% (1,7 km. kub) kommunal zaruriyatlarga ishlatiladi. 
Foydalanilgan bu suvlarning qariyb yarmi (23-25 km. kub) zovurlar orqali 
chiqarilib, ochiq suv havzalariga, qolgan 8-10 km. kubi esa kichik daryo va 
ko`llarga tashlanadi. Keyingi yillarda qishloq xo`jalagida mineral o`gitlar va 
kimyoviy zaharlarni qo`llash bir muncha tartibga tushdi. Shunga ko`ra yer usti 
va yer osti suvlarining bunday chiqindilar bilan ifloslanishi sezarli darajada 
kamaydi. Lekin shunga qaramay respublikadagi suv resurslarining sanoat va 
turmushdan chiqqan oqava suvlar bilan ifloslanishi davom etmoqda. Respublika 
hududida faoliyat ko`rsatayotgan 600 ta suv tozalagich inshootlarining ishi to`liq 
samara bermayapti-ularning yarmi qoniqarsiz ishlamoqda. Suvning ifloslanishi 
ayniqsa sanoat korxonalari ko`p joylashgan hududlarda, jumladan Toshkent va 
Fargona viloyatlarida yuqori bo`lmoqda. Respublikaning suv manbalaridagi suv 
tozaligi bo`yicha 6 tipga bo`linadi: 
1) toza suvlar – tog` jilg`alarining suvlari (Pskom, Oqbuloq, Qizilsoy, 
Toshkesken, Terakli, Oqsuv va Geledaryo). Bu suvlarda biogen moddalar 
miqdori kam, minerallashish darajasi past, og`ir metallar va pestitsidlar 
belgilangan me'yordan oshmaydi; 
2) kuchsiz ifloslangan suvlar – tog` oldi hududlarining soylari (Oqtoshsoy, 
Ugam, Ohangaron, Gavasoy, Omonqo`ton, soylari, Chorvoq va Xisor suv 
omborlari). Bu suvlarda biogen moddalar va minerallar miqdori oldingi tipdan 
ko`ra ko`proq; 
3) kamroq ifloslangan suvlar – tog` oldi hududlari va tekislikda joylashgan aholi 
punktlaridan oqib o`tadigan suvlar (Chirchik, Ohangaron, Norin, Qoradaryo
Zarafshon (Samarqand shaxridan yuqori qismi) daryolari, Chimqo`rg`on, 
Qayroqxum va Tuyamuyin suv omborlari). Bu suvlarda minerallashish, biogen 
moddalar va boshqa iflosliklarning miqdori belgilangan me'yordan 2-3 
baravargacha yuqori; 
4) biroz kamroq ifloslangan suvlar - asosan daryolarning quyi oqimlarida 
uchraydi (Chirchik daryosining Chirchik sanoat majmuidan quyi qismida, 
Qo`qon daryosining Qo`qon shahridan quyi qismida, Siyob va Shimoliy Bag`dod 
kollektorlarida). Bu suvlarda pestitsidlar miqdori me'yordan 3-5 marta, 
minerallashish esa 4-5 martagacha yuqori


62 

Download 481,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling