Rejalar: kirish i-bob. Jaxon bozori va uning rivojlanishi. Xalqaro valyuta va kredit munosabatlari
Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar to’g’risida ma’lumotlar
Download 0.83 Mb.
|
jahon bozori xalqaro valyuta va kredit munosabatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zbekistonning Xalqaro valyuta fondi va jahon banki bilan hamkorligi
Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar to’g’risida ma’lumotlar
ShHTning salohiyat va imkoniyatlari to’g’risida so’z ketganda, eng avvalo unga a’zo mamlakatlar egallagan hudud ko’lamining ahamiyatli darajada kattaligini ta’kidlash o’rinlidir. ShHTga a’zo davlatlarning umumiy hududi 30178,7 ming km.kv ni tashkil etib, unda eng katta salmoqni Rossiya (56,6%) va Xitoy (31,8%) egallaydi (1-jadval). Mazkur tashkilotga a’zo davlatlar aholisi soni 1,5 mlrd.dan ko’proq bo’lib, aholi umumiy sonidagi salmog’i jihatidan Xitoy eng katta ulushga ega – 87,0 %. So’nggi yillarda SHHTga a’zo davlatlar tomonidan ishlab chiqarilgan YAIM hajmi 12,1 trln. doll.dan oshadi.O’zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkiloti mamlakatlari bilan iqtisodiy integratsiyasining kuchayishi ko’p jihatdan mazkur mamlakatlarning milliy manfaatdorligi bilan belgilanadi. Eng avvalo, O’zbekiston raqobat jihatidan nisbatan ustunlikka ega bo’lgan ishlab chiqarish sohalari tovarlari – paxta xomashyosi, mashinasozlik, kimyo sanoati, qurilish materiallari sanoati, elektr energetikasi tovarlarining savdosini kengaytirishi maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, telekommunikatsiyalar, suv va energiya resurslaridan foydalanish, xalqaro turizm, hamkorlikdagi ekologik loyihalarni amalga oshirish borasida integratsiya aloqalarini kuchaytirish lozim. O’zbekistonning Xalqaro valyuta fondi va jahon banki bilan hamkorligi tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirishdagi navbatdagi yo’nalishdir. Bu yo’nalishda XVF bilan tizimli qayta qurilishlarni mablag’ bilan ta’minlash, tizimli va makroiqtisodiy siyosat sohasidagi tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash dasturlari maqullandi. Jahon bank tashkilotlari – Xalqaro ta’mirlash va rivojlanish banki (XTRB), Xalqaro rivojlanish uyushmasi (XRU), Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) va Investitsiyalarni kafolatlash xalqaro agentligi (IKXA) bilan hamkorlik O’zbekistonning tashqi iqtisodiy strategiyasini amalga oshirishda muhim rol o’ynaydi. Xususan XRRB yo’li bilan O’zbekistonga paxta yetishtirish usullarini zamonaviylashtirib, uning jahon bozoriga chiqishiga ko’maklashish va unumdorlikni oshirish uchun asos yaratish maqsadida 66 mln. dollar, institutsional islohotlarni davom ettirish uchun 120 mln. dollar mablag’ ajratildi. Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) ham O’zbekistonda bir qator loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etmoqda. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling