Rejalash asboblaridan foydalanish


Metalldan yasalgan o’lchash chizg’ichi yordamida chiziqlar chizish


Download 184.7 Kb.
bet2/5
Sana22.12.2022
Hajmi184.7 Kb.
#1041434
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-laboratoriya. rejalash asboblaridan foydal

Metalldan yasalgan o’lchash chizg’ichi yordamida chiziqlar chizish

1. CHizg’ichni detalga qo’yish.

1.CHizg’ichni detal ustiga qo’yib, ular orasida tirqish qolmaydigan qilib, chap qo’lning uchta barmog’i bilan mahkam bosib turish kerak.

2. CHizg’ichni olib chiziq chizish.




2.CHnzg’ichni qalam ushlagandek o’ng qo’lga olib, to’xtamasdan zarur uzunlikda chiziq chizish lozim. CHiziq chizishda chizg’ichni jismga zich bosib turib, biror kichik burchakka og’dirish kerak (rasmga qarang).Bir joyga bir necha marta chiziq totrish man etiladi, chunki bu chiziqning qo’shaloqlanishiga olib keladi.



Kernlash

1. Oddiy kerner bilan chiziq kernlash.

Quyidagilar man qilinadi: o’tmas kernerdan foydalanish; rejalash chizig’idan chetga chiqish; kernerga qattiq urish.

1.Kerner chap qo’lda uch barmok; bosh, ko’rsatkich va nomsiz barmok, bilan ushlanadi. Kerner "o’zingizdan" nari tomon sal engashtirilib, naychasi chiziqqa aniq o’rnatiladi. Kerner rejalanayotgan tekislikka perpendikulyar holatda qo’yilib, kallagiga reja bolg’asi bilan sekingina uriladi. Navbatdagi nuqtalar ham shu tartibda kernlanadi. Rejalash chiziqlarini kernlashning quyidagi talablariga rioya qilinsin: uzun chiziqlarni (150 mm va uzunroq) kernlashda chuqurchalar orasidagi masofa 25-30 mm bo’lishi kerak;
kalta (150 mm. dan kam) chiziqlarni kernlashda chuqurchalar orasidagi masofa 10-15 mm bo’lishi lozim; kichik aylanalar (15mm gacha) to’rtta o’zaro perpendikulyar nuqtada kernlanadi.
Katta (15 mm. dan optiq) aylanalar orasi bir tekis qilib, 6-8 joydan kernlanadi. Tutashmalardagi yoylar, chuqurchalar orasidagi masofa juda kichik qilib kernlanadi.



2.Prujinali kerner bilan chiziq kernlash.


2.Kerner o’ng qo’lga olinadi.
Uning naychasi chiziqqa aniq o’rnatilib, vertikal ravishda qo’yilgach, pastga bosiladi.

Rejalash sirkulidan foydalanish

1.Sirkulni o’lchamga o’rnatish.






1.Rejalash sirkuli chap qo’lga olinib, qisuvchi murvat sal bo’shatiladi. Sirkulning bir oyoqchasi nayzasi
bilan chizg’ichning o’ninchi bo’linmasiga, ikkinchi oyoqchais belgilangan o’lchamdan 10 mm ortio’q bo’linmaga o’rnatiladi. Sirkulning qisuvchi murvat buralgan oqvchasidan ushlab turib, murvat mahkamlanadi.
O’nratilgan o’lcham chig’zich yordamida teikshriladi.
Eslatma. Bo’sh sharnirli sirkulni ishlatish man etiladi.

  1. Yoy chizish.







2.Sirkul yoy radiusi o’lchamiga o’rna­tiladi. Zagotovkada 2 ta o’zaro perpendikulyar chiziq (o’q chiziladi). O’qlarning kesishish nuqtasi kernla­nadi.
Sirkulning harakatlanmaydigan oyoqchasini naychasi kern chuqurchasiga o’rnatilib, ikkala oyoqcha detal yuzasiga salgina bosilib ikkinchi (harakatlanadigan) oyoqchasi bilan berilgan uzunlikda detalda yoy chizi­ladi. Yoy chizishda sirkul harakat tomonga sal og’diriladi.


Download 184.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling