Rejalashtirishning asosiy tamoyillari
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt ustavi
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
Audit leksiya ppt
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt ustavi;
- Xo’jalik yurituvchi sub’ektni ro’yxatga olish to’g’risidagi hujjatlar; - Xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisob siyosatini va unga o’zgartirishlar kiritishni tartibga soluvchi hujjatlar; - Xo’jalik yurituvchi sub’ektni ro’yxatga olish to’g’risidagi hujjatlar; -. Kuzatuv va (yoki) ijroiya organlari aktsiyadorlar yig’ilishlarining yoxud xo’jalik yurituvchi sub’ektning boshqa shu singari boshqaruv organlari majlislari bayonnomalari - Buxgalteriya hisobotlari ; - Statistika hisobotlari; - Xo’jalik yurituvchi sub’ektning shartnomalari va bitimlari; - Auditor maslahatchilarining ichki hisobotlari; - Korxonaning filiallari va shu’ba jamiyatlari ro’yxati; - Xo’jalik yurituvchi sub’ektning ishlab chiqarish va tashkiliy tuzilishlarini tartibga soladigan hujjatlar, uning filiallari va shu’ba jamiyatlari ro’yxati”; XULOSA Xulosa qilib aytganda, audit umumiy rejasi va dasturini tayyorlashda auditorlik tashkiloti moliyaviy hisobotni ishonchli deb hisoblash imkonini beradigan muhimlilik darajasi va auditorlik riskining uning uchun maqbul darajasini belgilashi kerak. Auditorlik riskini rejalashtirishda, auditorlik tashkiloti , xo‘jalik yurituvchi subyekt auditidan qat’i nazar, ushbu hisobotga xos bo‘lgan moliyaviy hisobotning ajralmas riski va nazorat riskini belgilaydi. Belgilangan risklar va muhimlilik darajasi yordamida auditorlik tashkiloti audit uchun ahamiyatli sohalarni aniqlaydi va zarur auditorlik tartib-taomillarini rejalashtiradi. Audit jarayonida rejalashtirishda belgilangan auditorlik riski va muhimlilik darajasining o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatadigan holatlar yuzaga kelishi mumkin. Auditning umumiy rejasi va dasturini tayyorlash jarayonida auditorlik tashkiloti xo‘jalik yurituvchi subyektda amal qilayotgan ichki nazorat tizimining samaradorligini baholaydi va ichki nazorat tizimi riskini (nazorat riskini) baholashni amalga oshiradi. Agar ichki nazorat tizimi noto‘g‘ri axborot paydo bo‘lgani to‘g‘risida o‘z vaqtida ogohlantirsa, shuningdek, noto‘g‘ri axborotni aniqlasa, uni samarador deb hisoblash mumkin. Ichki nazorat tizimining samaradorligini baholanishida, auditorlik tashkiloti auditorlik isbot-dalillarining yetarli miqdorini to‘plashi kerak. Agar auditorlik tashkiloti moliyaviy hisobotning ishonchliligi xususida yetarli darajada ishonch hosil qilish uchun ichki nazorat tizimiga va buxgalteriya hisobi tizimiga asoslanishga qaror qilsa, u kelgusi audit hajmini tegishli tarzda tuzatishi kerak bo‘ladi. Umumiy reja va dasturni tayyorlashda auditorlik tashkiloti bajarayotgan tartib-taomillarning natijalarini batafsil hujjatlashtirish kerak, chunki mazkur natijalar auditni rejalashtirish uchun asos hisoblanadi va butun audit jarayoni davomida ishlatilishi mumkin. Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling