Rejalashtirishning asosiy tamoyillari


«Auditni rejalashtirish» nomli №3 afmsga muvofiq rejalashtirish auditorlik tekshiruvini


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana19.10.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1709763
1   2   3
Bog'liq
Audit leksiya ppt

«Auditni rejalashtirish» nomli №3 afmsga muvofiq rejalashtirish auditorlik tekshiruvini
o’tkazishning boshlang’ich bosqichi hisoblanib, auditorlar reja tuzilgunga qadar bevosita
tekshiruv jarayonini boshlamasliklari va auditorlik tekshiruvining barcha bosqichlarida
umumiy reja hamda dasturda keltirilgan vazifalarni qat’iy tartibda amalga oshirishlari
lozim.





Umumiy audit strategiyasini hujjatlashtirish auditni to'g'ri rejalashtirish va
topshiriq guruhini muhim masalalar to'g'risida xabardor qilish uchun zarur
bo'lgan asosiy qarorlarning qaydidir.

Masalan, auditor auditning umumiy hajmi, muddati va o'tkazilishiga oid asosiy
qarorlarni
o'z
ichiga
olgan
memorandum
shaklida
umumiy
audit
strategiyasining qisqacha mazmunini tayyorlashi mumkin. Audit rejalarini
hujjatlashtirish - bu xavflarni baholash tartib-qoidalarining rejalashtirilgan
tabiati, muddati va hajmini, shuningdek, baholangan xavflarga javob berish
uchun tasdiqlash darajasidagi keyingi audit protseduralarini qayd etishdir.


Auditni dastlabki rejalashtirish bosqichida “auditni rejalashtirish” nomli 3-AFMSning 12
va 13-bandlariga muvofiq auditorlik tashkiloti xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati
bilan auditni o’tkazish bilan bog’liq asosiy tashkiliy masalalarni kelishib olishi belgilangan
bo’lib, buning uchun auditor, xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliya-xo’jalik faoliyati bilan
tanishishi va korxona faoliyati to’g’risida to’liq axborotga ega bo’lishi talab etilgan.

Auditni dastlabki rejalashtirish bosqichi bu 
xo’jalik yurituvchi sub’ekt va auditorlik
tashkiloti tomonidan auditorlik shartnomasini tuzgungacha bo’lgan ishlarni o’z
ichiga
olib
, bu bosqichda auditorlik tashkiloti tomonidan tekshiruv buyurtmachisi faoliyati
bilan tanishish, buyurtmachiga auditorlik faoliyatini o’tkazish xuquqini beruvchi tegishli
litsenziyani va auditor (auditorlar)ning malaka sertifikatini taqdim etish, korxonaning
ichki va tashqi faoliyat xususiyatlari to’g’risida ma’lumot to’plash va tekshiruv
buyurtmachisini auditorlik tekshiruvidan o’tkaza olish salohiyatini baholash, auditorlik
shartnomasi shartlarini korxona rahbariyati bilan kelishib olish va korxonani tekshirish
uchun auditorlik ishchi guruhini shakllantirish hamda yakunda auditorlik shartnomasini
rasmiylashtirish jarayonidir.


AUDITOR UCHUN DASTLABKI REJALASHTIRISH JARAYONIDA QUYIDAGILAR XO’JALIK YURITUVCHI
SUB’EKT TO’G’RISIDA AXBOROT OLISH MANBALARI BO’LIB HISOBLANADI:


Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling