Rejalashtirishning mohiyati, ahamiyati va vazifalari Ishlab chiqarishni rejalashtirish tamoyillari Rejalashtirish texnologiyasi va bashorat
Ishlab chiqarishni rejalashtirish tamoyillari
Download 36.77 Kb.
|
Ishlab chiqarishni rejalashtirish tamoyillari
Rejalashtirish tamoyillari: ilmiylik tamoyili; majmuaviylik tamoyili; proporsionallik tamoyili; uzluksizlik tamoyili; optimallik tamoyili; moslashuvchanlik tamoyili. ilmiylik tamoyili tayyorlanayotgan rejalar va ishlab chiqarishni rivojlantirish dasturlariga, shuningdek, fan-texnika taraqqiyoti talablari, raqobatchilik va bozor talablarini hisobga olishga asoslanadi. Rejalashtirishning ilmiyligi, jonli mehnat va mahsulotga aylangan mehnat xarajatlarining eng kam miqdorida iloji boricha yuqori natijalarga erishishga, shuningdek, korxona xodimlari manfaatdorligini oshirishga ko‘maklashadi. Majmuaviylik tamoyili ishlab chiqarishni, birinchidan, zamon va makonda, ikkinchidan, ishlab chiqarishni boshqarishning gorizontal va vertikalida, uchinchidan, ishlab chiqarishning resurs asoslarini ta'minlashda, to‘rtinchidan, ishlab chiqarishdagi “tor joylarni” hisobga olish va ularni yo‘qotish chora-tadbiralrida, beshinchidan, xodimlarning o‘z mehnatlari natijasidan moddiy va ma'naviy qoniqishida, oltinchidan, korxonaning mo‘ljallanayotgan daromad yoki foyda olishini amalga oshirishni ko‘zda tutadi. Proporsionallik tamoyili nafaqat ishlab chiqarishni rejalashtirishda, balki ishlab chiqarishni boshqarishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Zarur proporsiyalarga amal qilish ishlab chiqarish fondlari va ishchi kuchining sexlar va ish joylari bo‘yicha hamda ishlab chiqarish bosqichlarida to‘g‘ri taqsimlanishiga va ulardan to‘g‘ri foydalanishga ko‘maklashadi. Rejalashtirishning uzluksizlik tamoyili ishlab chiqarishni va umuman, korxona faoliyatini tashkil etishning muhim tamoyili hisoblanadi. Bu tamoyil amalda joriy rejalarning istiqboldagi rejalar bilan, istiqboldagi rejalarning esa bashoratlar (prognoz) bilan bog‘liq bo‘lishida o‘z aksini topadi. Optimallik tamoyili rejalar barcha ishlab chiqarish resurslaridan chiqitlar va yo‘ldosh mahsulotlardan keng foydalanishni inobatga olgan holda iloji boricha rasional va unumli foydalanishni ta'minlashi hamda yuqori natijalarga erishish uchun eng samarali yo‘llarni tanlashi kerak. Rejalashtirishning optimalligiga iqtisodiy-matematik usullar va elektron hisoblash mashinalarini qo‘llash, rejalarning bir nechta variantlarini ishlab chiqish yordamida erishiladi. Moslashuvchanlik tamoyili rejalashtirishning bozor sharoitlaridagi muhim tamoyili hisoblanadi. U ishlab chiqarish rejalariga o‘z vaqtida o‘zgartirishlar kiritish, iste'molchilar va xaridorlar talablarini hisobga olish, ishlab chiqarishning yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan pasayishi va inqirozlarning oldini olishga yordam beradi. Download 36.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling