Korxonani biznes-rejalashtirish
Biznes-rejalarda eng muhim rejalashtirish ko’rsatkichlari quyidagilar:
-
ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi va hajmi;
-
mahsulot sotish hajmi (pul ko’rinishida);
-
mahsulot birligining tannarxi ;
-
foyda (daromad);
-
kategoriyalar bo’yicha xodimlar soni;
-
mehnatga haq to’lash fondi va o’rtacha ish haqi darajasi;
-
omborlardagi xomashyo va materiallar, tugallanmagan ishlab chiqarish va tayyor mahsulot zaxiralari;
-
aylanma fondlar hajmi - umumiy va guruhlar bo’yicha;
-
kapital qo’yilmalar hajmi, jumladan, qo’yilma obyektlari va yo’nalishlari bo’yicha;
-
yangi texnika va texnologiyaga oid chora-tadbirlar;
-
boshqa ko’rsatkichlar.
Biznes-rejaning asosiy vazifasi korxonaga o’z imkoniyatlarini baholash, bozordagi istiqbolni, zaruriy xarajatlarni aniqlash, mazkur faoliyat turining foydali va zararli ekanligini baholashidadir.
Biznes-rejani tayyorlash natijasida "Ishni nimadan boshlash kerak", "Samarali ishlab chiqarishni qanday tashkil qilish lozim", "Birinchi foyda yoki daromad qachon olinadi", "Investorlar va kreditorlar bilan qachon hisob-kitob qilish mumkin", "Yuzaga kelishi mumkin bo’lgan xavf-xatarni qanday kamaytirish mumkin", "Raqobatchilar bilan kurashda qanday choralardan foydalanish mumkin" kabi savollarga javob olinadi.
Biznes-rejani tuzishda quyidagi shartlarga alohida e’tibor qaratish zarur:
-
biznes-reja professional va shu bilan bir paytda sodda, bajarish uchun tushunarli va oson bo’lishi lozim;
-
biznes-reja investor yoki boshqa manfaatdor shaxs o’ziga kerakli ma’lumotlarni qidirib topishi uchun bo’limlarga, boblarga bo’linishi lozim;
-
biznes-rejani tayyorlashda korxonaning bosh rahbari albatta qatnashishi shart, chunki investor, bank yoki boshqa moliya idorasi korxona rahbari qatnashmaganligi yoki boshqa shaxsga topshirilganligi haqida xabar topsa, biznes-rejaning ishonchliligiga shubha uyg’onishi mumkin;
-
biznes-rejaning obyektiv baholanishiga erishish kerak, ya'ni unda xatolar va noto’g’ri hisob-kitoblar bo’lmasligi lozim;
-
biznes-rejaning tarqatib yuborilmasligini nazorat qilish zarur, chunki unda biznes to’g’risidagi mahfiy ma'lumotlar joy olgan bo’ladi.
Quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oluvchi biznes-rejalar taklif qilinadi:
-
tanlangan biznes konsepsiyasi;
-
hozirgi paytdagi holat (maqsad vazifa va niyatlar);
-
tashkil qilinayotgan korxona va uning mahsuloti tavsifnomasi;
-
boshqaruv;
-
bozor tadqiqoti va tahlili;
-
marketing harakatlari rejasi;
-
tavakkalchilikni baholash;
Do'stlaringiz bilan baham: |