Rejali oldindan ta’mirlashning yagona tizimi. Asosiy qoidalar reja


Download 46.58 Kb.
bet1/4
Sana31.01.2023
Hajmi46.58 Kb.
#1144462
  1   2   3   4
Bog'liq
22.12.22 maruza


REJALI OLDINDAN TA’MIRLASHNING YAGONA TIZIMI. ASOSIY QOIDALAR

Reja:

  1. Ta’mirlash ishlarini rejalashtirish va to’xtash vaqtlarini kamaytirish bo’yicha tadbirlar

  2. Oshirilgan, yuqori va o’ta yuqori aniqlikdagi dastgohlardan foydalanish va ularni ta’mirlash

  3. Yirik, og’ir, o’ta og’ir va unikal dastgohlardan foydalanish va ularni ta’mirlash

  4. Dastgohlar parki va jihozlardan foydalanishning texnika xavfsizligi


1. Tamirlash ishlarini rejalashtirish va to’xtash vaqtlarini kamaytirish boyicha tadbirlar
Jihozni ta’mirlashning yillik rejasi zavod bosh mexanigi tomonidan sex mexanigi ishtirokida tuziladi. Yillik reja o’z ichiga: ko’riklar, kichik, o’rta va kapital ta’mirlashlarni oladi. Bundan tashqari yillik rejaga, agar berilgan agregat uchun mustaqil operatsiya shaklida o’tkazilishi lozim bo’lsa, dastgohni yuvish va uni aniqlikka tekshirishni ham kiritishadi. Ta’mirlashning yillik rejasi jihozni ishlashini yozib borish jurnalidagi axborotlar asosida tuziladi. Rejani tuzishda yil tugashiga ikki oy qolganda bosh mexanik bo’limi, bosh elektrik bo’limi komissiyalari va sex vakillari tomonidan o’tkaziladigan dastgohning texnik holatini yillik ko’rigi natijalari ham inobatga olinadi. Dastgoh ko’rigi jarayonida komissiya jihozning haqiqiy holatini aniqlaydi. Olingan material jihozni ta’mirlashning yillik rejasini tuzishda asos hisoblanadi. Har bir sex uchun tuzilgan yillik reja sex boshlig’i sex mexanigi tomonidan imzolanadi va bosh muhandis tomonidan tasdiqlanadi. Yillik reja nusxasi zavodning ishlab chiqarishni rejalashtirish bo’limiga yuboriladi. Ayrim hollardagina zavod direktori va bosh muxandisning yozma ruxsati bilan ta’mirlashda rejadan 1-2 oydan ko’p bo’lmagan muddatga chetga chiishga yo’l qo’yiladi. Jihozni ta’mirlash rejasini bajarilishi majburiy hisoblanadi. Jihozni oylik ta’mirlash rejasi bosh mexanik bo’limi ROT byurosi tomonidan yillik reja asosida agregatning ishlagan soatlari yoki smenalari sonini inobatga olgan holda tuziladi. Dastgohni oylik ta’mirlash rejasi ta’mirlash chilangarlari brigadasiga oy boshlanishidan eng kamida 4 kun oldin yetkaziladi.
Jihozni ta’mirlashdagi to’xtash vaqtini kamaytirish, ta’mirlash sifatini oshirish va ta’mirlashga ketadigan sarf xarajatni kamaytirishning asosiy omillari quyidagilardan iborat; 1) jihozni ta’mirlashda mukammal tipaviy texnologiyalarni qo’llash (shu jumladan, enli keskichlar bilan randalash va yo’naltiruvchilarni jilvirlash, dovodka va prigonka ishlarini mexanizasiyalashtirish,
yo’naltiruvchilarni toblash va h.k); 2) jihoz detal va uzellarini yuvishni mexanizasiyalashtirish; 3) jihozni ajratishda maxsus va mexanizasiyalashtirilgan asboblarni qo’llash; 4) almashtiriladigan hamma detallarni dastgohni ajratishgacha tayyorlab qo’yish; 5) brigada ichida ishchi kuchini to’g’ri taqsimlash; 6) qator uzellarni chilangarlik va yig’ish ishlarini brigadada bajarish; 7) dastgohning ayrim uzellarini oldindan tekshirish va obkatkalash; 8) dastgohni yig’ishda maxsus va universal nazorat priborlarini qo’llash; 9) dastgoh yuzalarini moysizlantirish va tez quriydigan shpaklyovka va kraskalar qo’llash (Nitroshpaklyovka, nitrokraska, va boshqalar); 10) jihozni ajratish va yig’ishda ko’tarish-tashishda mexanizmlarini qo’llash.
Yuqorida sanab o’tilgan omillar jihozni ta’mirlashda to’xtash vaqtlarini qisqartirish va ta’mirlash sifatini oshirish yo’lidagi omillarning hammasi emas. Bu omillar personal malakasi va ishlab chiqarishning ta’minotiga qarab yanada kengaytirilishi mumkin. Masalan, ish to’g’ri tashkil qilinganda jihozni ta’mirlash ikki hatto uch smenada o’tkazilishi mumkin. Ta’mirlashda jihozning uzoq vaqt to’xtashini oldini olish uchun uni ta’mirlashga umumiy dam olish kunlari yoki bayram oldida topshirishadi.
Sexda bir turdagi dastgohlar soni ko’p bo’lganda ta’mirlashning uzlaviy usulini qo’llash maqsadga muvofiq. Bu usulning mazmuni shundan iboratki, ta’mirlanishi zarur bo’lgan bir turdagi uzel oldindan ta’mirlangani bilan almashtiriladi. Odatda, uzel ishdan tashqari vaqtda almashtiriladi, bu esa jihozning to’xtashini minimal bo’ishini ta’minlaydi. Shunday qilib sexda 20-25 ta bir turdagi dastgohlar bo’lganda bu usulni qollash maqsadga muvofiqligi shunday ham ko’rinib turibdi.
Metall kesish dastgohlarini ROT tizimining bundan keyingi taraqqiyoti ehtiyot qismlar tayyorlaydigan maxsus zavodlar, dastgohlarni markazlashgan holda ta’mirlaydigan sex va zavodlar, presizion, og’ir va unikal dastgohlarni ta’mirlash uchun brigadalar tuzish va boshqa tadbirlar bilan bog’liq.


Download 46.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling