Rejasi: Kuzatish metodi
Download 97 Kb.
|
2-maruza KUZATISh VA TAJRIBA MeTODI II bolim
Fenalogik kuzatishlar: Tabiatda sodir bo`ladigan fasliy o`zgarishlarni va ular bilan bog`liq ravishda o`simlik va hayvonot dunyosini o`zgarishini kuzatish geografik bilimlarni oshirishda va ularni mustaxkamlashda muxim axamiyatga ega, fenalogik kuzatishlar maktab hovlisida, geograik maydonchalarda olib borilishi mumkin.
Fenalogiya –tabiatdagi mavsumiy hodisalar, ularning boshlanish muddatlari vash u muddatlarni belgilovchi sabablar to`g`risidagi bilimlar tizimidir. Fenalogiya atamasini fanga Belgiyalik botanik Sh.Morran 1853 yil kiritgan. Fenalogik kuzatishlar quyidagi qismlardan iborat: a)yuksak o`simliklarda kuttaklarning bo`rtishi va yozilishi, barg chiqarishi, g`unchalash, gullash, urug` va mevalarning pishib etilishi, kuzda barglarning sarg`ayishi va to`kilishi; b) sut emizukvchi hayvonlarni kuzatishda quyidagilarga e`tibor beriladi: qishki uyqudan uyg`onishi, juftlashishgi, bolalash, mavsumiy tullash va x.k; v)qushlarni kuzatishda quyidagilarga e`tibor beriladi: bahorda uchib kelishi, uya qurishi, tuxum qo`yish, jo`ja ochish, kuzda uchib ketish; g)baliqlar quyidagicha kuzatiladi: bahorgi serharakat xayot, uvildiriqlar tashlash, mavsumiy ko`chib yurish va x.k. Fenalogiya fani quyidagi tarmoqlarga bo`linadi: umumiy va xususiy fenologiyaga bo`linadi. Umumiy fenologiya tabiat taraqiyotini yil fasillarini bir me`yorda almashib turishi bilan bog`liq xoldagi yaxlit xodisa sifatida o`rganiladi. Xususiy fenologiya fitofenologiya va zoofenologiyaga bo`linadi. Tabiatdagi mavsumiy xodisalarning boshlanish muddatlarini belgilab beruvchi omillar va qonuniyatlarni ekologik fenologik o`rganadi. Mazkur omillar endogen va ekzogen guruxlarga bo`linadi. Endogen omillar erning ichki kuchlari bilan bog`liq. Tashqi ekzogen omillarni belgilab beradi. Masalan, o`simlik va hayvonot dunyosini bahorgi uyg`onishini va qishki uyquga ketishini joyning issiqlik me`yori belgilab beradi. Fenologik – geografik qonuniyatlarni aniqlash uchun fenologik kuzatishlar olib boriladi. Fenologik qonuniyatlar asosida qishloq xo`jalik tarmoqlari bo`yicha qilinadigan mavsumiy ishlar va tadbirlarni mintaqaviy taqvimi tuziladi. Bunday taqvimdan tabiatni muxofaza qilish tadbirlarni ishlab chiqishda foydalaniladi. Kuzatish metodi o`kuvchilarning bilish qobiliyatini rivojlantiradi. Uzoq muddatli kuzatishlar katta axamiyatga ega, uning natijasida o`quvchilar mustaqil ravishda tegishli xulosalar qilishi mumkin. O`z o`lkasini tabiati va axolisini xo`jalik faoliyatini kuzatish oqibatida geografiya o`qitish metodikasida o`lkashunoslik tamoilini amalga oshirishga imkon beradi. Kuzatish boshqa xududlarni dikqat bilan o`rganishga imkon beradi. Masalan, jaxon tabiiy va iqtisodiy geografiyasini o`rganishda materiklar va davlatlarning geografik sharoitlari o`quvchilarni o`z yashash joyi sharoiti bilan taqoslashga imkon beradi. Geografik kuzatishlar o`quvchilarni tabiatdagi voqea xodisalarni ko`p qirrali xususiyatlari bilan tanishtiribgina qolmasdan balki tabiiy geografik va iqtisodiy geografik voqea va xodisalarni bir-biri bilan o`zaro bog`liqligini ham ochib beradi. Geografik voqea va xodisalarni kuzatish muddatlari ham turlicha. Ayrim xodisalarni (ob-hovo) uzoq muddat kuzatishga to`g`ri keladi, boshqa hodisalarni esa qisqa vaqtda kuzatish mumkin (yomg`ir yog`ishi, shamol, chaqmoa boshqalar). Dastlab geografik bilimlarni o`zlashtirishga imkon beradigan voqea va hodisalarni kuzatmoq darkor. Ko`p geografik tushunchalarni tegishli kuzatishsiz o`rganib bo`lmaydi (ob-havo, iqlim, rel`ef shakillari, ichki suvlar). Geografik kuzatish ko`nikmalarini shakllartirish murakkab vazifalardan xisoblanadi va unda quyidagi talablarga javob berish lozim: 1.O`quvchilarga kuzatishni maqsadi, vazifalari, mazmuni va ob`ektiborishiqanday olib borish xaqida so`zlab berish lozim. Bunda kuzatish dasturini ishlab chiqish katta axamiyat kasb etadi. 2.O`quvchilarga tegishli asboblar bilan ishlashni o`rgatish lozim (Kompas, balometi, flyuger, nivelir va x.k.) 3.Kuzatish natijalarini aniq qayd etishni o`rganish lozim (daftarga, kuzatish jurnaligi) 4.Kuzatish natijalarini umumlashtirish va qayta ishlash ko`nikmalarini shakillantirish. Masalan, o`rtacha sutkalik, oylik va yillik xaroratlarni xisoblash, daryo oqimini xisoblash; bosim chizmalarini tuzish; korxonani ishlab chiqarish aloqalari chizmasini tuzish. 5.O`kuvchilarni Geografik voqea va xodisalarni o`rtasidagi o`zaro aloqalarni aniqlashga o`rgatish. Masalan, iqlimiy sharoit va qishloq xo`jaligi o`rtasidagi bog`liqlik. 6.O`quvchilar kuzatish ishlariga qiziqish uyg`otish zarur. Buning uchun kuzatish ishlarini muntazam nazorat qilib turish zarur. Ularga kuzatish ishlarini oldindan aytmaslik kerak. Kuzatishning mazmuni xilma-xil bo`lmog`i lozim va sinfdan sinfga o`tgan sari murakablashib borishi zarur. Dars jarayonida kuzatish natijalaridan muntazam foydalanib borish kerak. O`quv yili boshida mavzular bo`yicha kuzatish natijalaridan foydalanish rejasini tuzmoq zarur. Geografik voqea xodisalarni kuzatish malakalari ortishi bilan o`quvchilarni mustaqil ish olib borish qobiliyatlari ortib boradi kuzatish davomida o`quvchilarni mustaqilligini oshirish tartibi quyidagilardir: -o`kuvchilar o`kituvchi raxbarligida kuzatish olib borishadi. Kuzatish sinfda, geografiya maydonlarida yoki joylarda olib boriladi. Asosan havo xarorati yog`inlar, shamollar quyoshning balandligi kuzatiladi; -o`kituvchi bergan reja asosida o`quvchilarni tabiatda va ishlab chiqarishda olib boriladigan mustaqil ishlari (meteorologik, gidrologik, fenologik, xo`jalik) kuzatish natijalarini o`quvchilar mustaqil ravishda qayta ishlashadi va umumlashtiriladi; -o`kuvchilarni kuzatish ishlari dasturini ishlab chiqishda qatnashishi. Ular tomonidan uzoq vaqt kuzatish ishlari olib borilishi va ularni natijalarini umumlashtirishi (deagramma, xarita, chizmalar tuzish) Kuzatish metodlarini takomillashtirishning asosiy yo`li o`quvchilarni mustaqilligini oshirishdir. Download 97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling