Rejasi: Kuzatish metodi


Download 97 Kb.
bet1/5
Sana09.01.2023
Hajmi97 Kb.
#1085257
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2-maruza KUZATISh VA TAJRIBA MeTODI II bolim







KUZATISh VA TAJRIBA MeTODI



ReJASI:
1. Kuzatish metodi
2. Astranomik kuzatishlar
3. Meteorologik kuzatishlar
4. Fenalogik kuzatishlar
5. Tajribalar
Tabiatda va ishlab chiqarish jarayonida bevosita olib boriladigan kuzatishlar bilim olishning muxim manbalaridan biri xisoblanadi.
Geografiya bilimlarni berishning yana bir shakli bu tajriba metodidir. Bunda o`kuvchilar tabiatda kuzatib bo`lmaydigan voqea va hodisalarni labaratoriya yoki sinf sharoitida tajriba yordamida ko`rishada va o`rganishadi.
Ko`rsatish deganda tabiiy sharoitda geografik borliq, voqea va hodisalarni ma`lum bir maqsadli yo`nalishlarda o`quvchilar tomonidan qabul qilish tushiniladi.
Tajriba deganda geografik voqea va hodisalarni sodir bo`lishini suniy sharoitda amalga oshirish va o`rganish tushuniladi.
Kuzatish metodini ko`proq maktab hovlisida, o`kuv sayoxatlari jarayonida o`tkaziladi. Tajriba metodi geografiya ta`limida juda kam qo`llaniladi. Bu geografiya kabenetlarida tegishli asbob-uskunalarning yo`qligi, geografiya o`kituvchilarining tajribasizligi va uni ximya, fizika o`kituvchilari bilan yaxshi aloqada emasligi tufayli sodir bo`ladi.


Kuzatish metodi.
Kuzatish davomida o`kuvchilar geografik borliq, voqea va hodisalarni bevosita ko`rishadi va kuzatishadi. O`kuvchilarni kuzatish jarayonida olgan bilimlariga asoslanib o`qtuvchi ularni har geografik borliq, voqea va hodisalarni moxiyatiga tushunishni o`rgatadi. O`quvchilarning kuzatishga asoslangan bilimlari puxta va chuqurligi bilan ajralib turadi.
Kuzatish sinfda , geografiya maydonchasida, o`z shahri yoki qishlog`i chekkasida, o`z viloyati vat umani doirasida o`tkazilishi mumkin.
Geografik kuzatishlar mazmuniga ko`ra quyidagi turlarga bo`linadi:
Astranomik; meteorologik va fenologik.



Download 97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling