Rejasi: Kuzatish metodi


Download 97 Kb.
bet2/5
Sana09.01.2023
Hajmi97 Kb.
#1085257
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-maruza KUZATISh VA TAJRIBA MeTODI II bolim

Astranomik kuzatishlar
Astranomik kuzatishlar quyidagilarni o`z ichiga oladi:
–Quyoshni chiqishi va botishini kuzatish;
-yulduzlar va sayyoralarni kuzatish;
-qutub yulduzlarini aniqlash;
-oy davrlarini aniqlash;
-iloji bo`lsa observatoriyadagi asboblar bilan tanishish;
-planetalarga sayoxat.
Quyoshni chiqishi va botishini kuzatish. Quyoshni chiqishi va botishini sinfdan tashqarida yani maktab xovlisida kuzatish mumkin. bevosita dars jarayonida quyoshni chiqishi va botishini kuzatib bo`lmaydi. Quyoshni chiqishini kuzatish uchun avval kalendardan ertalab Quyoshni chiqish vaqtini aniqlash lozim. Iloji boricha Quyoshni chiqishi va botishini bahorning oxiri kuzning boshlarida kuzatgan ma`qul. Yozda o`quvchilar tatilda bo`lganliklari uchun mazkur kuzatishlarni amalga oshirib bo`lmaydi.
Šuyoshni kuzatish quyidagi tartibda olib boriladi:
-o`kuvchilar Quyoshning chiqishadan 5-10 minut oldin yig`iladi;
-Quyoshni chiqishini kuzatishda quyidagilarga axamiyat beriladi:
a)Quyoshning ko`rinish vaqti;
b) Quyoshning to`la ko`rinish vaqti;
v) Quyoshning ufqdan ko`tarilish vaqti;
- Quyosh qaysi tabiiy geografik borliqlar orqasidan ko`rinishi aniqlanadi (tog`, qir, balandlik, tekislik va x.k.);
-Quyoshning botishini kuzatish quyidagi tartibda olib boriladi:
a)Quyosh doirasini er yuzasiga tegish vaqti;
b) Quyosh doirasini yarmini ufq ortiga o`tish vaqti;
v) Quyoshning to`la ko`rinmay qolgan vaqti;
g) Quyoshning qaysi geografik borliq orqasiga botganligi aniqlanadi;
- Quyosh chiqqan tomon sharq, botgan tomon g`arb ekanligi o`quvchilarga tushuntiriladi.
Yulduzlarni va sayyoralarni kuzatish tunda olib borilganligi uchun maktab sharoitida kengtarqalmagan. Šutib yulduzini aniqlash ham tunda olib boriladi. Yulduzlarni, sayyoralarni va oyning davrlarini kuzatishni o`kuvchilar mustaqil o`rganishlari mumkin. buning uchun o`kituvchi dars paytida ulardagi yulduzlar, sayyoralar va oy davrlarini qanday kuzatishni o`rganishi lozim, yoki vaqt topib ular bilan birga astranomik kuzatishlar olib borib, so`ngra boshqa paytlarda ularga osmon jismlarini kuzatish bo`yicha topshiriq berishi mumkin.
Meteorologik kuzatishlar Meteorologik kuzatishlarda umumta`lim maktablarida ob-havoni kuzatish alohida o`rin tutadi.
Ob-havoni kuzatish bir necha bosqichlardan iborat:
-o`quv yilining boshida ob-havoni kuzatishni tashkil eti shva kuzatish usullari bilan maxsus darsda o`quvchilarni tanishtirish;
-kuzatishdan avval meteorologik asboblar bilan ishlash ko`nikmalarini shakillantirish lozim. Masalan, termometrdan hisob olish texnologiyasi va x.k.;
-maxsus bilimlarni o`tgunga qadar oddiy meteorologik kuzatishlar olib boriladi (xarorat, shamol, bulutlar, yog`ingarchilik);
-iqlim xaqida maxsus mavzular o`tib bo`lingandan so`ng atmosfera bosimi, shamol kuchi, bulutlarning xillari va ularning xolati haqida kuzatishlar olib boriladi. Havoning xaroratini va shamol yo`nalishini dastlab bir kunda bir marta kuzatishi mumkin, bulutlik va yog`inlarni kun davomida kuzatish mumkin;
-shamolning kuchi va yo`nalishini quyidagicha aniqlash va tasvirlash mumkin:
-shimoldan, kuchi 3-ball
-shimoli-sharqdan, kuli 2 ball
-sharqdan, kuchi 6 ball
- g`arbdan, kuchi 5 ball
-janubi-g`arbdan, kuchi 4 ball
-janubdan, kuchi 7 ball
-janubi-sharqdan, kuchi 2 ball
O`qlardagi qanot dilan ko`rsatiladi. Uzun qanot -2 ball, kalta qanot -1 ball.
Bulutlikni kuzatish natijalari quyidagicha ifodalanadi:

-havo ochiq (osmon bulutsiz)


-osmon bulutli

-osmon to`la bulut bilan qoplangan


Atmosfera yog`inlarini kuzatish natijalarini quyidagicha tachvirlanadi:


...-Yomg`ir
*-qor
-tuman
-qirov
-do`l
-shudring

VIsinfdan boshlab ob-havo quyidagi jadval asosida olib boriladi.





Oy va kun

Havo xarorati

Havo bosimi

Shamolning yo`nalishi va kuchi

Bulutlik

Yog`inlar

Šuyoshning ufqdan balandligi

Izox

Mazkur jadval har kuni muntazam kuzatish natijalari bilan to`ldirib boriladi va har oy oxirida taxlil qilinadi. Taxlilda oy davomidagi eng yuqori va eng past xarorat, bosimning pasaygan va ko`tarilgan kunlari, shamolning asosiy yo`nalishlari, bulutlik, yog`inlar. So`ngra ob-havoni o`zgarishi fasillar bo`yicha taxlil qilinadi va yillik o`rtacha xarorat va bosim aniqlanadi.



Download 97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling