Reklama yangi mahsulot yaratilganligi to`g`risida iste’molchilarga xabar berish, mavjud tovar va xizmatlar haqida eslatib o`tish singari muhim vazifalarni amalga oshiradi. Reklama mijozlarning diqqatini tovarga jalb etish va ularning qiziqishini saqlashda yuqori samara beradi - Reklama yangi mahsulot yaratilganligi to`g`risida iste’molchilarga xabar berish, mavjud tovar va xizmatlar haqida eslatib o`tish singari muhim vazifalarni amalga oshiradi. Reklama mijozlarning diqqatini tovarga jalb etish va ularning qiziqishini saqlashda yuqori samara beradi
Reklama beruvchining butun reklama faoliyati reklama kompaniyalarining yig’indisidan iborat deyish mumkin. Reklama kampaniyasi bu firmaning o’z reklama strategiyasini amalga oshirish quroli, reklama faoliyatini taktik rejalashtirish elementlaridan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, firmaning reklama faoliyati ustidan o’tkaziladigan nazorat reklama kampaniyalarini olib borish jarayoni to’g’ri tashkil etilgan taqdirdagina samara berishini eslatib o’tish ham to’g’ri bo’ladi. - Reklama beruvchining butun reklama faoliyati reklama kompaniyalarining yig’indisidan iborat deyish mumkin. Reklama kampaniyasi bu firmaning o’z reklama strategiyasini amalga oshirish quroli, reklama faoliyatini taktik rejalashtirish elementlaridan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, firmaning reklama faoliyati ustidan o’tkaziladigan nazorat reklama kampaniyalarini olib borish jarayoni to’g’ri tashkil etilgan taqdirdagina samara berishini eslatib o’tish ham to’g’ri bo’ladi.
- Reklamaning sotish reklamasi, siyosiy reklama, diniy reklama va boshqa turlarini ajratib ko’rsatish mumkin.
- Reklama faoliyatining turlarini quyidagicha tasniflash mumkin.
- Reklamaning kuchi va ahamiyati jahon tajribasidan ma’lum. U, avvalmbor, ixcham, badiiy ifodalangan shaklda berilgan hissiy bo’yoqlarga ega bo’lgan va tovarlar va xizmatlar haqidagi eng muhim faktlar hamda ma’lumotlarni potenstial xaridorlar ongi va diqqatiga etkazadigan axborotni mujassamlashtiradi. Shu bilan birga ta’kidlash lozimki, reklama har doim axborotdir, lekin axborot esa har doim ham reklama bo’lavermaydi.
- Sotish reklamasi xaridorlarga sotish xizmati ko’rsatish sifatini oshirishga ko’maklashishi kerak. Reklama yordamida xaridorlar o’zlariga zarur tovarlarni tez topadilar, o’zlari uchun qulay bo’lgan holda va kam vaqt ketkazib ularni sotib oladilar. Bunda tovarlarni sotish tezlashadi, sotish xodimlari mehnatining samaradorligi oshadi, xarajatlar kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |