Reklama tarqatish vositalarini tanlash


Qadimgi dunyo davlatlarida reklamaning paydo bo‘lishi


Download 19.22 Kb.
bet2/2
Sana20.03.2023
Hajmi19.22 Kb.
#1284808
1   2
Bog'liq
Marketing Isroilov J.D.

Qadimgi dunyo davlatlarida reklamaning paydo bo‘lishi

Reklama tarixiga oid engmuhim voqelar

Davr

Voqealar

2500 yiloldin

Qadimgi Misrning Memfis shahar harobalarida eneng qadimgi reklamama tni topilgan: “- Men – Rino, xudolar marhamati bilan sizlarga tushlarni atoetaman”

1450 y.

1440 yilda Iogan Gutenberg almashtirib bo‘ladigan harf-shriftini ixtiro qilib, reklama olamini yangilashga ulkan hissa qo‘shdi. Birinchi marta reklamaga mo‘ljallangan matbuot afishalari, varaqa va gazeta e’lonlari shu ixtiro bois yuzaga keldi

1477 y.

Angliyada Uilyam Kekston birinchi bo‘lib Pasxa bayrami qoidalarini chop etdi

1650y.

London gazetalaridan birida antiqa reklama e’loni yoritilgan bo‘lib, unda yo‘qolgan 12 ta otni topishga yordam bergan kishiga mukofot e’lon qilingan edi 






1703 y.

Rossiyada Petr I farmoni bilan birinchi rus gazetasi chop etildi. “Sankt-Peterburgskie vedomosti”, “Moskovskie vedomosti” gazetalari chop etila boshlandi. 






1774 y.

AQSHda Benjamin Franklin tomonidan buyurtma asosida tovarlar xarid qilishga mo‘ljallangan birinchi tovarlar katalogi chop etildi 






1841 y.

Filadelfiyada Uoln Palmer tomonidan tuzilgan reklama agentligi o‘z tijorat faoliyatini boshladi 






1844 y.

“Sazern Massenjer” jurnalida birinchi marta jurnal reklamasi chop etildi. 






1871 y.

AQSHda birinchi zamonaviy professional reklama agentligi paydo bo‘ldi. 






1886 y.

Germaniyada reklama haqida birinchi qonun qabul qilindi. 






1899 y.

AQSHda dastlabki xalqaro reklama agentligi “J. Walter Thompson” tarmog‘i tashkil etildi 






1922 y.

AQSHda dastlabki radioreklama eshittirildi 






1925 y.

Fransiyada ilk marotaba reklama plakatlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi 






1941 y.

Nyu-Yorkda birinchi marta TV-rolik namoyishi bo‘lib o‘tdi. Bu Bulova firmasining 10 sekundlik reklamasi bo‘lib, uni mingga yaqin tomoshabin tomosha qilgan 






1952 y.

AQSHda Eyzenxauer va Niksonlar saylov jarayonida siyosiy reklamaga asos soldilar 






1970 y.

Internet vujudga keldi

1998 y.

O‘zbekistonda ilk tashqi reklama bannerlari paydo bo‘ldi 






2007 y.

O‘zbekistonda ilk harakatlanuvchi bilbord, elektron tablo va prizmatronlar vositasida tijorat reklamalari paydo bo‘ldi 

Qadimda mamlakatimiz hududidagi shahar bozorlari sayyohlarda katta tassurot qoldirgan. Bozorlar asosan chorshanba yoki yakshanba kuni shahar atrofidagi hududlarda savdogarlar o‘z mollari bilan kelganlarida, yig‘ilishi to‘g‘risida manbalar uchraydi. Ushbu bozorlarda hunarmandlar ham buyum ishlab chiqarib, ham uni shu yerda, maxsus ochgan peshtoqlarida sotishlariga alohida ahamiyat berilgan. Savdogarlar o‘z mollarini sotish uchun baland ovozda xaridorlarni o‘zlariga chorlagan. Bunda tovarlarning sifatli, arzon ekanligini bot-bot takrorlashgan.


Qadimgi bozor peshtaxtalarida mevalarning did bilan terib qo‘yilishi, xaridorlarni baqiriq, chaqiriq bilan jalb qilish Sharq bozorlariga fayz kiritgan. Hunarmandlar mahallalardagi do‘konlarda mahsulotlarni osib, terib qo‘yishgan va xaridorlarga tavsiya etishgan. Ustalar mijoz bilan muomala qilish odobini hunar bilan bir qatorda shogirdlariga o‘rgatganlar. Do‘konga kirgan xaridorlarga bir piyola choy uzatib, o‘z mollarining sifati, narxi haqida suhbatlashganlar. Savdo-sotiq madaniyati Buyuk Ipak yo‘li shakllangan davrdan rivojlanib kelgan.
Jadidlar milliy uyg‘onish davrida milliy matbuot bilan birgalikda reklamani ham oyoqqa turg‘izdi. Birinchi bor o‘zbek tilida “Taraqqiy”, “Shuhrat”, “Xurshid” gazetalari chop etildi. “Sadoyi Turkiston” gazetasi Toshkentda chiqa boshladi. Farg‘ona vodiysida jadidchi Obidjon Mahmudov muharrirligida 1914 yildan “Sadoyi Farg‘ona” gazetasi chiqib turdi. Uning sahifalarida butun vodiyda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-mafkuraviy hayot o‘z aksini topib borgan. 1916 yil 1 iyuldan Andijonda birinchi bor rus tilida “Turkestanskiy golos” gazetasi chiqa boshlagan. Bu gazeta Petrograd telegraf agentligi xabarlarini hamda o‘zining Moskva va Petrograddagi muxbirlari tomonidan jo‘natilgan xabarlarni chop etgan. “Turkestanskiy kray” gazetasida yozilishicha, Nyu-York, Parij, London, Kopengagen va Buxarest shaharlarida hamda o‘lka shaharlarida gazeta o‘z muxbirlariga ega bo‘lgan. Gazeta moliyaviy ahvolini yaxshilash maqsadida o‘z sahifalarida reklama va e’lonlarni chop etib borgan.
Butun tarixi davomida reklamaning vazifasi o‘zgarmadi. U hali-hanuz axborot beradi va ishontiradi. Shu boisdan reklama – savdoni harakatga keltiruvchi kuch, savdo esa mehnat vositalarini ayirboshlashdir.
Reklama kommunikatsiyaning shaxsan bo‘lmagan shakllaridan bo‘lib, u mablag‘ bilan ta’minlash manbai aniq ko‘rsatilgan holda, haq to‘lanadigan axborot tarqatish vositalari orqali amalga oshiriladi.
Hozirda reklama professional fanga aylanmoqda. Har qanday fan kabi u ham qonun va aniq o‘lchamlarga asoslanadi. Har qanday fan kabi reklamada ham sabab va natija mukammal o‘rganib chiqiladi. Muvaffaqiyatni kafolatlovchi bir qancha usullar sinovdan o‘tkazilgan bo‘lib, ko‘plab korxona ular bilan tanish va o‘z faoliyatida ularni qo‘llashga harakat qiladi.
Ilgarilari natijani oldindan bashorat qilishga umuman yo‘l qo‘ymagan reklama bugunlikda biznesning eng ishonchli turlaridan biriga aylandi. Boshqa tadbirkorlik faoliyatlaridan farqli o‘laroq reklamaning havf darajasi nihoyatda pastdir.
Bugungi kunga kelib reklama yuqori darajada taraqqiy etdi. Reklama bozorining katta qismini yirik reklama agentliklari egalladi. Ushbu agentliklar o‘z faoliyati davomida yuzlab reklama kampaniyalarini amalga oshirib, bu jarayonda minglab g‘oya va rejalarni sinab ko‘radilar. Barcha natijalar tahlil qilinadi va bundan ma’lum xulosalar chiqariladi. Ularda o‘z kasbining mohir ustalari faoliyat olib boradilar. Butun mamalakat miqyosida ish olib borishga ulardan faqat eng qobiliyatli va tajribalilari qodir. Hamkasblarining faoliyatini kuzatib ularning o‘ziga foydali bo‘lgan tomonlarini o‘rganadilar va har bir yangi ish ularning mahoratini yanada oshishiga olib keladi.
Download 19.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling