Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat


Download 308.47 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana30.04.2020
Hajmi308.47 Kb.
#102285
  1   2   3
Bog'liq
ozbek tilida badiiy tasvir vositalari


 



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS 



TA’LIM VAZIRLIGI 

ALISHER NAVOIY NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT 

UNIVERSITETI 

 

O’ZBEK FILOLOGIYASI FAKULTETI 

 

O’ZBEK TILSHUNOSLIGI KAFEDRASI 

 

Mavzu: 



O’ZBEK TILIDA BADIIY TASVIR VOSITALARI  

 

MALAKAVIY BITIRUV ISHI 

 

Bajardi: 

Begimova N.



 

Ilmiy rahbar: dots.Usmonov Q. 

Malakaviy bitiruv ishi o’zbek tilshunosligi kafedrasida bajarildi.  

Kafedraning 2011–yil 20-maydagi majlisida muhokama qilindi va himoyaga 

tavsiy


a etildi (bayonnomasi №___) 

Kafedra mudiri:   

 

 

prof.A.Abdusaidov 

Malaviy bitiriv ishi YaDAKning  2011-yil  -----  iyundagi majlisidahimoya 

qilindi va ----- foizga baholandi (bayonnoma 

№  ___)  

 

YaDAK raisi: 



A’zolari: 

 

 



 

SAMARQAND - 2011 

 



Reja: 



 

Kirish 

 Ishning  umumiy  tavsifi. 

 

I  bob  

Badiiy tasvir vositalaridan o’xshatish. 

1.1.  Uslubiyatdagi  badiiy tasvir vositalarining nutq madaniyatida tutgan 

o’rni; 

1.2.  Ko’chimlar. Badiiy tasvir vositalaridan  o’xshatish va uning 

qo’llanilishi; 

 

   

II  bob 

 

O’tkir  Hoshimovning  “Tushda kechgan umrlar” romanidan  

o’xshatishga misollar. 

2.1.  O’tkir  Hoshimov  va  uning  tilshunoslikda  tutgan o’rni; 

2.2.  “Tushda kechgan umrlar” romanidagi o’xshatishga misollar va 

ularning tahlil talqini; 

  

Umumiy xulosalar 

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. 

 

 

 

 

 



    Til-millatning qalbi. Uni 



asrab-avaylash har bir 

kishining insoniy burchidir. 

Til qudratli qurol, mohirona 

foydalanilsa,u mo’jizalar 

yaratadi

.    

G’afur  G’ulom 

 

 

Kirish 

Mavzuning  dolzarbligi.  Til millatning qalbi bo’lib, u o’zgaruvchan, 

doimiy harakatdagi  hodisadir.  Tilning o’zgarishi nutq jarayonida, 

qo’llanilishda, pragmatik imkoniyat sifatida namoyon bo’ladi. 

 Keyingi  yillarda  tilshunoslikda  badiiy  tasvir  vositalari  gullab  

yashnadi.Uslubiyat  mazmunan  boyidi  va  ko’p  qirralari  tilshunos  olimlar  

tomonidan  ilmiy izlanishlar  natijasida  ochib  berildi. 

Til katta-kichikligi, eski-yangiligidan qat’iy nazar har qanday millat 

o’zligining mustahkam qurg’onidir.  Milliy  o’ziga xoslik ko’proq tilda 

namoyon  bo’ladi.  O’zbek  tilimizning  davlat tili martabasini olishi millatning  

mustaqilligiga erishish sari qo’yilgan ilk qadam bo’ladi. 

O’tgan asr oxirida o’zbek xalqi hayotida ikki muhim voqea yuz berdi. 

Biri  1989-yili 21-oktabrda til mustaqilligiga, ikkinchisi 1991-yil 1-sentabrda 

davlat  mustaqilligiga erishdi.  Til mustaqilligi xalqimiz ong-shuurini yangi 

o’zanga solib yubordi.  O’zligimizni anglay boshladik.  Barcha sohalarda 

o’zbek tilida darslik  va qo’llanmalar  yozish  mumkinligi  isbotlandi. 

Tasviriy vositalarning vujudga kelishi tilning pragmatik xususiyatlaridan 

biridir. Badiiy asarning til vositalarini o’rganish, til boyliklari,  shu jumladan 

yozuvchining uslubini o’rganish bilan chambarchas  bog’liqdir.  Badiiy asarda 



 

so’z faqat  ifoda  vositasi  bo’lmay, balki  u  hayot  haqiqatini obrazli 



ko’rsatish, tasvirlanayotgan voqeani estetik baholash uchun ham xizmat qiladi, 

shu  sababli  so’z  badiiy  matnda faqat  asarning mazmunini  bayon  etish  

hodisasi  bo’lmay, ayni  paytda  muhim  tasviriy  vosita vazifasini  bajaradi. 

Shunday  tasvir  vositalardan  biri  o’xshatish  faqat  she’riyatda  

emas,nasriy  asarlarda  ham  keng  qo’llanilishi  isbotlandi.Shuning    uchun  

men  O’tkir  Hoshimovning “Tushda  kechgan  umrlar”asaridagi  

o’xshatishlarni  to’liq  o’rganishni  vazifa  qilib  oldim va  bu  hozirgi  kunning  

dolzarb  vazifalaridan  biri  ekanligi  isbotlandi. 

Biz yashayotgan dunyo so’ngi yillarda nihoyatda o’zgarib ketdi. 

Xususan  vatanimiz   tarixida    XX  asrning    90-yillarida  olamshumul  voqelar  

yuz  berdi,  mamlakatimiz  mustaqilikka erishib,  o’ziga xos taraqqiyot    yo’lini 

tanladi,  rivojlanishning o’zbek  modelini amalga oshirishga kirishdi. 

Xalqimizning huquqiy demokratik jamiyat barpo etish zarurati dunyoqarashini 

tubdan o’zgartirish,  eski  aqidalardan tamoman  vos  kechish,  istiqlol  

mafkurasini shakillantirish,  xalq manaviyatini    yuksaltirishni taqazo etmoqda. 

Bunda ijtimoy fanlar rivoji ulkan ahamiyat kasb etadi.  Prezidentimiz Islom 

Karimov to’g’ri ta’kidlaganidek,  ,,Ko’p asrlik  tariximiz shuni ko’rsatadiki, 

inson dunyo qarashi shakillanishida  ma’rifatning xususan ijtimoiy fanlarning 

o’rni beqiyos.  Bu jamiyatda tilshunoslik  bo’ladimi, tarix, falsafa, 

siyosatshunoslik bo’ladimi,  psixologiya yoki iqtisod bo’ladimi-ularning 

barchasi odamning  intellektual  kamolatga erishuvida  katta  ta’sir kuchiga 

ega’’


1

Vatanimiz  mustaqillikka  erishgandan so’ng til va  tilshunoslikni  



rivojlantirish  g’oyat  muhim ahamiyat kasb etdi. 

Jahon  tilshunosligi  taraqqiyoti tarixini ko’zdan  kechirish,  undagi  eng  

qimmatli lingvistik an’analarni rivojlantirish muayyan sabablar bilan  bog’liq. 

                                                            

1

 

Каримов И.А. Миллий истиқлол мафкураси   - халқ  этиқоди ва буюк келажакка ишончдир// «Фидокор» 



газетаси   мухбири саволларига жавоблар. –Тошкент:Ўзбекистон , 2000, 33-бет. 

 

a)  tilshunoslik yutuqlariga  nisbatan bo’lgan lingvistik munosabatlarga 



barham  berildi; 

b)  strukturalizm  va  uning  ko’rinishlariga  ijtimoiy  yondashuv vujudga  

keldi; 

v) 


hozirgi zamon tilshunosligining ko’pgina hal 

qilinmagan  

muammolarini  o’rganish  uchun  o’tmish  tilshunosligi  yutuqlarini  tanqidiy  

nuqtai  nazardan  ko’zdan  kechirish  lozimligi  amaliy  jihatdan  isbotlandi; 

Tilshunoslik tarixi shundan dalolat beradiki, lingvistik nazariyalar 

 

taraqqiyoti eng muhim falsafiy  oqimlar  rivojiga antik davrdan   to  shu  kunga  



qadar  asosan  mos  keladi.

2

 



Bitiruv  ishining  maqsad  va vazifalari.  Malakaviy  bitiruv  ishining  

bosh  maqsadi  o’rganish obyekti  qilib  olingan  o’zbek  tilining  badiiy  tasvir  

vositalarini  to’liq  o’rganib  chiqish  va  ulardan  o’xshatishga  to’xtalib, 

badiiy  asarlardan  misollar  to’plab  kortatika  qilish  va  tahlil  talqinini  

berish.   

Badiiy  asar  tilida  tasviriy vosita juda qadimiy va keng qo’llanuvchi  

lingvistik xususiyatdir.  Unda tilning rang-barang uslubiy imkoniyatlari o’z  

ifodasini topadi.  Davrlar o’tishi  bilan ijtimoiy-siyosiy    hayotda  yangilanish  

bo’lgani  sari badiiy tilda  ham yangicha  jilolar paydo bo’ladi, tasviriy 

vositalar yangicha  mazmun kasb  etadi,  tilning  o’ziga  xos uslubiy buyoqlarini 

namoyon etadi.  Shu sababli ham sintaktik figuralar va troplarning 

yozuchilarning tili va uslubi doirasida o’rganish  filologiya,  xususan  

tilshunoslik fani oldida  hamisha dolzarb  va muhim masalalardan biri bo’lib 

qoladi.  Shuning uchun ham  tilshunoslikda  badiiy tasvir vositalarini 

o’rganishga katta e’tibor bilan qaralmoqda. 

                                                            

2

 

Ўринбоев Б.Умумий тилшунослик.- Самарқанд, 2008, 3-5- бетлар. 



 

O’zbek adabiy tilining keyingi  taraqqiyoti  uning vazifaviy doirasining  



kengayib  borishi  bilan xarakterlanadi.  O’zbek tilshunosligida  vazifaviy  

uslublarni  o’rganish, tilning  uslubiy tomonlarini  belgilash  bo’yicha  bir  

qancha  tadqiqotlar qilingan. 

Mavzuni  o’rganilish  darajasi.  Uslubiyat-tilshunoslikning qiziqarli va 

hali ko’p qirralari  ochilmagan   sohalaridan biridir.  O’zbek tilshunosligida 

badiiy adabiyot tili muammolari  bilan  shug’ullanishning jiddiy tus 

olishi,badiiy tasvir vositalarining adabiy asarda  namoyon bo’lish xususiyatini 

tobora oydin tasavvur qilishga  ko’maklashmoqda. O’zbek tilshunosligida ham 

bu sohada anchagina ishlar  qilingan.Ulug’  ustozlarimizdan Qo’ng’urov  R., 

O’rinboyev B., Begmatov  E.,  Rustamov A., Sodiqova M.,  Yo’ldoshev B., 

Karimov  S.lar  bu sohada  doktorlik dissertatsiyalarini,  Shoabdurahmonov 

Sh.,  Shukurov  L.,  To’ychiyev M., Jo’rayev T.,  Suvonova R.,  O’rinboyeva D., 

Pardayev A. kabilar nomzodlik  dissertatsiyalarini himoya qilganlar. Uslubiyat 

tilning murakab tomonlarini o’rgatadi,  shuning uchun ham u fonetika, 

leksikologiya, grammatika bilan chambarchas bog’liq. 

Uslubiyatning vazifasini prof.  Yefimov I.  o’zining “

Стилистика 

русского  языка” asarida shunday ko’rsatadi: “Stilistikaning bosh vazifasi 

tasviriy vositalarning badiiy va boshqa asarlarning stilida qanday funksiyani 

bajarishni o’rganishdir. Stilistik funksiya deganda esa, so’zlar, iboralarning 

tasvirlaydigan  roli, ijtimoiy sharoitga bo’g’liq bo’lgan ishlatish maqsadini 

anglatishni  tushunmoq lozim.

3

  



Uslubiyat-nutqning eng yaxshi va  muvofiq vositasini tavsiya etadi, 

me’yor qilib belgilaydi. Nutqning  turli  uslubiy  qatlamlarida  qo’llanadigan 

vositalarini belgilab beradi. Shunga ko’ra uslubiyat so’z san’ati ifoda vositalari 

haqidagi alohida bir fandir. 

                                                            

3

 Ушбу  ҳавола   Қўнғуров  Р.нинг Ўзбек  тили  стилистикаси  (Тошкент: Ўқитувчи , 1982.- 167 бет) 



k

итобидан  олинди. 



 

Ana shu fan haqidagi tushunchalarimizni boyib borishida tilshunos 



olimlarimiz va yozuvchilarimizning  xizmatlari  beqiyosdir. Ularning katta 

mehnati tufayli o’zbek  tilining ko’pgina sohalarida qat’iy me’yorlar  

belgilandi,  til birliklarining   aloqa jarayonidagi lisoniy na’munalari tavsiya 

etildi.  Til taraqqiyotidagi ko’pgina masalalar ilmiy-nazariy asosga qo’yildi. 

Masalan: Dastlab o’zbek tilida tasviriy vositalar, ko’chimlar bo’yicha hal 

qilinadigan masalalariga kam e’tibor berilar edi. Keyinchalik bu sohalardan 

biriga aylanib bordi. Bu soha bo’yicha tilshunoslik va adabiyotshunoslikda 

qator asarlar yaratildi. 

Badiiy asar tiliga  bag’ishlangan va uslubiyat nuqtai nazaridan bajarilgan 

ilmiy ishlar ichida tasviriy vositalar, ma’no ko’chishning turli yo’llari tadqiq 

etilgan tadqiqotlar bizning e’tiborimizni tortadi. Ayniqsa   uslubiy tomonlarini 

belgilash bo’yicha bir necha tadqiqotlar olib borildi. Buning natijasi o’laroq 

ilmiy asarlar va ilmiy maqolalar maydonga keldi. Shular asosida o’zbek tili 

uslubiyati mustaqil fan sifatida shakllana bordi.  

O’zbek tili uslubiyati o’zbek tilshunosligining kam ishlangan 

 

sohalaridan biri desak xato qilmaymiz. 



Tilning ifoda tasviriy vositalari ham uslubiyatning eng  muhim o’rganish 

lozim bo’lgan soholaridan biri hisoblanadi. 

Uslubiyat tilshunoslikning   qiziqarli sohalaridan biri bo’lib, u olimlar 

diqqatini o’ziga jalb qilmoqda.  

Rus tilshunosligida akademik Vinogradov V., professorlar Yefimov A, 

Gvozdev A., Rozental D., Golperin R., Budokov R. kabi tilshunoslarning 

uslubiyatga doir qator   monografiyalari, maqolalari  metafora, metanimiya va 

sinekdoha kabi tasviriy vositalar va o’xshatishlar ham ijodkor asari tilidagi 

o’ziga xos xususiyatlarini ochib berish ham mas’uliyatli, ham qiziqarlidir. 

Men ushbu bitiruv ishimning rahbari dots. Suvonova R.  bilan 

hamkorlikda o’zbek tilshunosligi kafedrasining tavsiyasiga binoan  “O’tkir 

Hoshimovning Tushda kechgan umrlar romanida o’xshatishning qo’llanilishi” 



 

mavzusida ish olib bordim. Yozuvchi mahorati bilan bog’liq tomonlarini 



izlanishlar natijasida yoritib berdim. Romandan o’xshatishga rang-barang va 

mazmunli misollar yig’dim. O’tkir Hoshimov mening sevimli 

yozuvchilarimdan biridir. 

O’tkir Hoshimovning  “Tushda kechgan umrlar”  romanida  asosan 

Afg’oniston urushi voqealari tasvirlangan. Adib bu adolatsiz urushning butun 

fojeasini, g’ayriinsoniyligini tasvirlaydi. Mina portlaganda qo’li bir tomonga, 

boshi bir tomonga uchib ketgan yigitning jon taslim qilishi, yurtini sog’ingan 

askarning faqat o’limni tush ko’rishi, vayron bo’lgan afg’on qishloqlarining 

manzaralari kishi qalbini larzaga soladi.  

Ayniqsa, begunoh afg’on ayolini otib qo’yganda qanchalar  gunohga 

botganini anglaydi. Iztirob, alam otashida yonadi. 

Otasini tuhmatlardan qutqarishga, sevgilisini baxtli qilishga ojiz Rustam 

o’z joniga qasd qilishdan boshqa iloj topolmaydi. 

Yozuvchi fojealarning ildizlari chuqur, hamma gap mustabid tuzumning 

mohiyatida  ekanini ochib tashlaydi. Romandagi komissar obrozi  orqali so’ngi 

ellik yil ichida yuz bergan  zolimliklar nomoyon bo’ladi. Kollektivlashtirish 

yillardagi qatog’onlar, afg’on urushi va nihoyat “O’zbek ishi” degan jirkanch 

tuhmat, biz sig’ingan tuzum adolatsizlik va zulum poydevori ustiga qurilgani 

va nurab,  yer bilan yakson bo’lish   arafasida oxirgi nafasini olayotgani juda 

ishonarli tasvirlanganiga iqror bo’lamiz. 

Bu asar voqealarida qo’llangan badiiy tasvir vositalari juda ixcham va 

origenal berilgan asardan o’xshatishlarga ko’plab misollar to’pladim va ularni 

tahlil tartibini berdim. 

Shu bois tilshunoslikning muhim sohasi bo’lgan uslubiyatda O’tkir 

Hoshimov romanlar tiliga murojaat etilmoqda. 

Tasviriy vositalarning bir turi hisoblangan o’xshatishni kuzatish, uning 

uslubiy xususiyatlarini tadqiq etishda o’zbek tilshunosligi fanidan yaratilgan 

mavjud ilmiy manbalarga tayanishga harakat qildik. Ilmiy ishlarga fikr 



 

bildirish ham mashaqqatli ish. Bizning maqsadimiz yozuvchi O’tkir 



Hoshimovning romonidan o’xshatishlarga rang-barang misollar topish, 

ularning tahlili va ma’no turlariga ajratib o’rganishdir. O’xshatishni tasviriylik 

bilan bo’lib tahlil qilib berish bizning maqsadimizdir. Bitiruv ishi kirish, ikki 

asosiy bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iboratdir. 

O’zbekiston mustaqillikning 20 yillik  davonidan misilsiz muvoffaqiyat 

bilan o’tmoqda.Bu  muvoffaqiyat  ijtimoiy  hayotimizning  barcha  sohalarida  

o’z  kurtagini  tugdi  va  qiyg’os  ochildi.Jumladan  tilimizda  ham  sezilarli  

darajada  katta  o’zgarishlar  yuz  berdi. 

Men  ham  ushbu  bitiruv  ishimni  mustaqillikning  20 yillik  to’yiga  

tuhfa  sifatida  tayyorladim.Uslubiyatda  badiiy  tasvir  vositalarining  

o’rganilishida  o’xshatishga  doir  misollar  kelgusida  talabalar  uchun  xizmat  

qiladi  va  ularni  yangi  izlanishlarga  chorlaydi.  

Bu muvoffaqiyatlarning zarvorli salmog’i  hech bir   istesnosiz, 

hayotimizning barcha sohalarida-iqtisodiyotda ham, ijtimoiyotda ham, 

ma’rifat-u    ma’naviyatda ham torozi pallasini  ro’yirost bosib turibdi. Ana 

shunday 


muvoffaqiyatlarning 

eng muhtashamlaridan biri, shubhasiz, 

 

xalqimizning  aqliy va ruhiy  dunyosining oynasi, dunyolarga bermaydigan 



bebaho boyligi bo’lgan, ammo asrlar davomida qizil va yana qancha 

ranglardagi istebdod iskanjasida  to’lg’onsa –da, badiiyatning betakror 

bo’stonini bunyod etmoqqa tuganmas kuch topgan tilimiz-o’zbek tili o’zining 

erkin taraqqiyot o’zaniga tushub olib, bu oydin yo’ldan hadiksiz va hormay 

odimlamoqda. Tilimiz qorong’i kechadan kuduzga ko’chdi. 

Istiqlol tufayli uning jasur me’mori bo’lmish Yurtboshimiz tashabbusi 

bilan o’zbek tili o’z nufuzi va obro’yini tikladi. 

Bugun  O’zbekistonda Yurtboshimiz rahnamoligida benihoya xolis va 

odil til siyosati shakllangan, bu siyosatni hayotga joriy qilish borasida ishlab 

chiqilgan aniq chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 



 

10 


Prezidentimiz I.Karimov O’zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot 

yo’liga bag’ishlangan ma’ruzasida shunday degan edi: “Shuni ta’kidlash 

lozimki, mustaqillikka  erishish davri haqida, eski tuzum inqirozga duchor 

bo’lib, sobiq ittifoq porokandalikka yuz tutgan bir paytda mamlakatimizda 

keskin tus olgan siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy vaziyat, o’zligimizni anglash va 

toptalgan milliy g’ururimizni tiklashga qaratilgan intilish kuchayib borgani, 

Vatanimiz mustaqilligini qo’lga kiritish qanday sharoitda kechgani haqida 

yaxlit, yagona va   xolis  ko’z    bilan    qarab    baho    beradigan jiddiy tahlil   va  

tadqiqot  hozirgacha  amalda  yo’qligini  afsus bilan aytishga to’g’ri keladi”

4

 



Ishning  ilmiy  ahamiyati.  Bugun iftixor bilan takror va takror aytmoq 

lozimki, yuqorida qayd  qilingan qiyinchiliklar istiqlol sharofati bois ham 

qorong’i kecha o’laroq, ham o’tib bo’lingan fursat o’laroq tarix qarida qoldi. 

Charog’on  kunduz-la  qovushgan  o’zbek  tili  va  tilshunosligining  qaddi  ham, 

qadri  ham  tamoman  tiklandi.  Bu  muborak  holat  mumkinotining,  nafaqat 

mumkinoti,  balki  muntazam  ta’minotining  tashabbuskori  va  posboni  ham 

Yurtboshimizdir.  U  kishining  ushbu  so’zlarida  tilimizga  posbonlik  va 

g’amxo’rlik  yana  bir  bora  o’zining  yorqin  ifodasini  topgan: “Biz  ajdodlardan 

avlodlarga o’tib kelayotgan bebaho boylikning vorislari sifatida tilimizni asrab 

avaylashimiz, uni boyitish, nufuzini yanada oshirish ustida doimiy ishlashimiz 

zarur.  Ayniqsa,  fundamental  fanlar,  zamonaviy  kommunikasiya  va  axborot 

texnologiyalari, bank-moliya tizimi kabi o’ta muhim sohalarda ona tilimizning 

qo’llanish  doirasini  kengaytirish,  etimologik  va  qiyosiy  lug’atlar  nashr  etish, 

zarur  atama  va  iboralar,  tushuncha  va  kategoriyalarni  ishlab  chiqish,  bir  so’z 

bilan  aytganda,  o’zbek  tilini  ilmiy  asosda  har  tomonlama  rivojlantirish  milliy 

o’zlikni,  vatan  tuyg’usini  anglashdek  ezgu  maqsadlarga  xizmat  qilishi 

shubhasiz”.  Prezidentimiz  ayni  paytda  bizni  jamiyatimizda  til  madaniyatini 

                                                            

4

 Каримов И. Мамлакатни   модернизация  қилиш ва иқтисодиётимизни барқарор ривожлантириш йўлида. 



16-

т .-Тошкент: Ўзбекистон,  2008, 4-бет. 



 

11 


oshirish  borasida  hali  ko’p  ish  qilishimiz  lozimligini  ham  unutmaslikka 

chaqiradi. Bunday haqqoniy fikrlar tilshunoslarni, umuman, ona so’z taqdiriga  

 

daxldor  har  bir  kishini  yanada  faolroq  ishlashga,  bu  boradagi  mas’uliyatni 



anglashga undaydi.

5

 



 

 

 

 

 

 

                                                            

5

 .Каримов И.А.  Юксак маънавият – енгилмас куч. -Тошкент: Маънавият, 2008, 87-бет.



 

 


 

12 


                                                           

I  bob 

Badiiy  tasvir  vositalaridan  o’xshatish 

1.1. Uslubiyatdagi  badiiy  tasvir  vositalarining  nutq  

madaniyatida  tutgan  o’rni  

Badiiy  matnda  ko’chimlar  turli  ko’rinishlarga  ega  bo’lib  ularni 

ko’pchilik  adabiyotlarda  “troplar’  deb  yuritiladi.  “Ko’chimlar deyilganda 

adabiy asarning badiiy qimmatini, ifodaliligini ekspressivlikni kuchaytirish 

uchun bir narsaning nomini, belgisini ikkinchisiga ko’chirish yoki so’zlarning 

umuman ko’chma ma’noda ishlatilishi”

6

 nazarda tutiladi.



 

 

So’z ma’nosining ko’chish jarayonlari turli ko’rinishlarda voqe bo’ladi, 



bu jarayonlar va ularning natijalari sifatida yuzaga keladigan hodisalar, bu 

hodisalarning turlari, o’ziga xos xususiyatlari kabi  masalalar o’zbek 

tilshunosligida  ancha batafsil o’rganilgan. “Badiiy tekstning lingvistik tahlili” 

qo’llanmasida ko’chimlar quyidagicha tasnif qilingan.  

1.  So’z    ma’nosining   miqdoriy   ko’chishiga   asoslangan ko’chimlar: 

a) giperbola  b) meyozis. 

2.  So’z    ma’nosining sifatiy ko’chishga asoslangan ko’chimlar a) 

metafora   b) metonimiya   v) ironiya. 

Boshqa tasvir vositalari  mazkur ko’chimlarning ko’rinishi sifatida 

beriladi. “Simvol, jonlantirish, epitit, apastfora-metaforaning, perifraza, 

sinekdoxa, allegoriya, epitet-metonimiyaning;  antifraza, sarkazm-ironiyaning; 

litota-meyozisning ko’rinishlaridir. 

Tasviriy vositalarning  deyarli barchasida o’xshatish, chog’ishtirishdan 

iborat tushuncha yotadi. 

                                                            

6

 



Шомақсудов А.,Расулов  И.,  Қўнғуров  Р., Рустамов  Ҳ. Ўзбек тили стилистикаси. –Тошкент: 1974, 236-

бет. 


 

13 


Maxsus ifoda tasviriy vositalar troplar va figuralar deb ikkiga bo’linadi. 

Maxsus ifoda-tasviriy vositalari tilda obrazlilik, hissiylik keltirib chiqaradi. 

Ulardan foydalanish bilan  muallif    tinglovchining sezgisiga ta’sir qiladi. 

Bundan tashqari bayonda qisqalikka, aniqlikka erishiladi. Buning uchun esa 

ma’lum shart-sharoitlar kerak bo’ladi: birinchidan,  notiq ifoda tasviriy 

vositalarning tabiatini, xususiyatini yaxshi tushungan bo’lishi kerak; 

ikkinchidan  ,  ifoda tasvir vositalariga, nutqni bo’yash, haddan tashqari ko’p 

o’rinli-o’rinsiz murojaat qilmasligi kerak. Ularning ishlatish o’rni, payti 

vazifasini  yaxshi tushunish kerak. Aks holda nutq madaniyati buziladi, 

tinglovchi yoki o’quvchida o’sha nutqga u orqali muallifga nisbatan salbiy 

munosabat uyg’onishi mumkin.  

Ifodalilik ekspressivlik va aniqlikni ta’minlash niyatida, biror narsaning 

nomini, belgisini ikkinchisiga ko’chirish, o’xshatish yoki so’zlarni shu 

maqsadda ko’chma ma’noda ishlatish troplar deyiladi.

7

 

Metafora, o’xshatish, sifatlash, metonimiya,  sinekdoxa, mubolag’a, 



allegoriya, jonlantirish, prafraza kabi usullar ko’chimlarning turlaridir.

8

 



Metafora  –  narsa-buyum, voqea  –  hodisalar o’rtasidagi o’zaro 

o’xshashlikka asoslangan ma’no ko’chishiga metafora deyiladi.

9

  Mumtoz 



adabiyotshunoslikda metafora “isteora” deb yuritiladi. Metaforaning ikki turini 

farqlash lozim. Lingvistik metafora, xususiy muallif metaforalari mavjuddir. 

Lingvistik metaforalar til taraqqiyoti  bilan bog’liq hodisa. Bunday 

metaforalar asosan nomlash vazifasini bajarganligi uchun ularda ekspressivlik, 

binobarin ular ifodalagan nutq predmetiga nisbatan subyektiv munosabat aks 

etmaydi. Faqatgina  ma’lum bir so’zning ma’no doirasi kengayadi. Masalan: 

odamning oyog’i – stolning oyog’i. 

                                                            

7

 Қўнғуров Р., Бегматов Э., Тожиев Ё. Нутқ   маданияти  ва  услубият  асослари.- Тошкент: Фан, 1992, 97-



бет. 

8

 



Шомақсудов А. ва бошқалар. Ўзбек  тили  стилистикаси.- Тошкент: Фан, 1983.  

9

 



Қўнғуров Р. Ўзбек тилининг  тасвирий  воситалари. -Тошкент: Фан; 1977. 

 

14 


Xususiy  –  muallif  metaforalari yozuvchining estetik maqsadi, ya’ni 

borliqni subyektiv munosabatini ifodalagan holda nomlashi  asosida yuzaga 

keladi. 

Metafora va o’xshatish konstruksiyasining o’zoro farqi haqida 

tilshunoslar o’zlarining fikrlarini aytib o’tishgan. 

1. O’xshatishda so’zlar o’z ma’nosi bilan  ishtirok etadi. Metaforada 

so’zlar ko’chma  ma’noda bo’ladi. 

2. O’xshatishda   ikki komponent o’xshatiluvchi obyekt va o’xshovchi 

obraz qiyoslanadi. Metafora esa bir komponentli bo’ladi. 

3. O’xshatishda maxsus ko’rsatkichlar bo’ladi; -dek, - day, - simon, kabi, 

singari  va boshqalar. Metaforalarda bunday ko’rsatkichlar bo’lmaydi. 

Tilshunoslikda mazmuniy jihatdan metaforalarning uch turi ya’ni odatiy 

metaforalar, jonlantirish va uslubiy metaforalar farqlanadi. 

Jonlantirish – badiiy nutqda obrazlilik baxsh etuvchi muhim vositalardan 

biridir. Jonlantirish odamlarga xos bo’lgan xislatlarini jonsiz predmetlar, tabiat  

hodisalari, hayvonot, parranda, qush kabilarga ko’chirish orqali paydo 

bo’ladigan tasvir usulidir. 

Tashxis – shaxslantirish. Jonsiz narsalarning insonlarday qilib tasvirlash. 

Jonsiz    narsalarga insonlarga murojaat qilgandek munosabatda bo’lish  ham 

jonlantirishning   bir ko’rinishi hisoblanadi. Bu hodisa apastrofa deb yuritiladi. 

Masalan, “Bebosh yaproqlarning shivir –  shiviri, mungli yomg’irkuyi, mayin-

harir maysalar, injiq shamol, siz  soddagina daraxtlarim va men egilishni 

eplolmagan asov g’alayon – hammamiz yolg’iz sog’inch bilan bog’langanmiz. 

 

Intoq  –  nutq sohibi sifatida tasvirlash,  insonlardek gapirtirish demakdir. 



Insonlarga xos ba’zi  qusurlar, kamchiliklar, narsa-buyumlar misolida obrazli 

qilib ko’rsatib beriladi. Yevropa adabiyotshunoslik ilmida allegoriya deb 

atalgan bu ko’chim ham “gapirtirish”  usuliga asoslanadi. Intoq  jonlantirishda, 

narsa va buyumlar, hayvonlar insonlardek gapiradi. 



 

15 


 

Uslubiy metaforalarda bir sezgi organi bilan idrok etiladigan narsa-

tushuncha boshqa  sezgi organi bilan idrok etiladigan narsa tushunchaga 

o’xshatiladi. 

 

Masalan: shirin tabassum, shirin gap ,yengil tabassum, yengil nigoh. 



 

Metonimiya  –  voqea  –  hodisa,  narsa buyumlar o’rtasidagi o’zaro 

yaqinlik va bog’liqlik asosida ma’no ko’chishiga aytiladi. Masalan: Saroy 

tinch uyquda tun yarim. Bu misolda saroy so’zi orqali. “Saroydagi odamlar” 

ma’nosi ifodalangan. 

 

Sinekdoxa – butun bo’lak munosabatiga asoslanuvchi ma’no ko’chishiga 



aytiladi. Adabiyotlarda “ko’plik o’rnida birlik yoxud birlik o’rnida ko’plik  

shakllarini qo’llash yo’li bilan ham sinekdoxalar yaratilishi mumkin. Masalan, 

qo’limni kesib oldim, daraxtlar  sarg’aydi birikmalarida butunning nomi bilan 

bo’lak; tirnoqqa zor, jamoaning qo’li baland keldi kabi birikmalarda qismning 

nomi butun bilan ifodalanayapti. 

 

Kinoya deb,  til birligini uning haqiqiy ma’nosiga qarama-qarshi 



ma’noda, kesatiq, qochirim, piching bilan ishlatishdan iborat ko’chimga 

aytiladi.  Yevropa adabiyotshunosligida bu hodisa “ironiya”  atamasi ostida 

umumlashtiriladi. Uning antifraza (mas’hara, u yoki bu  ijobiy xususiyatni 

kulgu, kalaka yo’li bilan inkor qilish) hamda sarkazm  (zaharxanda ta’na, 

istehzoli piching, sha’ma) deb ataluvchi ko’rinishlari farqlanadi. Mohir so’z 

ustasi Abdulla Qahhor asarlarida kinoyaning nodir namunalarini uchratish 

mumkin. 

 

Parafraza deb ataluvchi tasviriy ifodalar ham badiiy nutqning emotsional 



–  ekspressivligini ta’minlovchi uslubiy vositalardan biri. Parafraza deb narsa 

va hodisani o’z nomi bilan emas,  ularni  xarakterli belgi- xususiyatlari asosida 

tasviriy usul bilan ifodalashga aytiladi. Masalan: yoshlik sevgi fasli… 

 

Mubolag’a va kichraytirish-  narsa, voqea va hodisalarni, his tuyg’ularni 



o’ta bo’rttirib tasvirlash  mubolog’a (giperbola) deyiladi. Mubolag’aga 

asoslangan ko’chim, badiiy matnga, nutq predmetiga nisbatan tinglovchi 



 

16 


e’tiborini tortish va nutqning emotsional – ekspressivligini ta’minlash maqsadi 

bilan kiritiladi. Hayot haqiqatga mos kelmaydi. 

 

Kichraytirish (litota) –  mubolag’aning aksi tushuniladi. Lekin mohiyati, 



e’tibori bilan ular qarama-qarshi hodisalar emas, har ikkisi ham voqelikni 

haddan tashqari kuchaytirib tasvirlashga xizmat  qiladi.  Litota biror bir 

voqelikni kichraytirish vositasida beriladi.

10

 



 

Masalan: Tilimni qichitma, jo’jaxo’roz! Bunda qarshisidagi insonni 

“jojaxo’roz” deb  kichraytirish orqali uning kuchli ekanligi ta’kidlanayapti. 

Badiiy tasvir vositalarining  barchasi  nutqni ta’sirchan qilishga, obrazli 

ifodalashga xizmat qiladi. 

 

O’zbek tilining ichki tuzilish xususiyatini o’rganish bilan birga  50-



yillardan  boshlab uning uslubiyatini o’rganishga ham e’tibor qaratila 

boshlandi. 

Bunday 

harakatning boshlanishida ham A.G’ulom va  



SH.Shoabdurahmonovlar  turadi. A.G’ulom 1941-yilda nashr etgan “O’zbek 

tilida kelishiklar” asarida xalq dostonlarida kelishiklarning ishlatilishidagi 

o’ziga xos xususiyatlarga keng to’xtalgan bo’lsa, Sh.Shoabdurahmonovning 

“Ravshan dostonining  tili  va uslubi” (1949) mavzusidagi nomzodlik 

dissertasiyasi ayni shu muammoga  bag’ishlangan dastlabki monografiya 

sanaladi.  Shundan buyon o’zbek tilining  turli funksional uslublarining 

monografik tadqiqiga bag’ishlangan o’nlab asarlar maydonga keldi. Ular 

ichida I.Qo’chqortoyevning “Badiiy nutq stilistikasi” (1975), A.Shomaqsudov, 

I. Rasulov, R.Qo’ng’urov, H.Rustamovlarning “Ozbek tili  stilistikasi”, 

R.Qo’ng’urovning “O’zbek tili stilistikasidan  ocherklar” (1982),  A. 

Shomaqsudovning  “O’zbek adabiy tili stillari haqida” (1970), “O’zbek tili 

stilistikasi” (1974), B. O’rinboyevning “O’zbek tili so’zlashuv nutqi sintaksisi 

masalalari” (1974),  “So’zlashuv nutqi” (1982), A. Mamajonovning qo’shma 

                                                            

10

 

Қўнғурoв Р. Ўзбек тилининг тасвирий воситалари. - Тошкент: Фан. 1977. 



 

17 


gap stilistikasiga bag’ishlangan bir qancha asarlari, M. Rahmonovning 

“Turkiston viloyati gazetasi tili  sintaktik  xususiyati”(1971),  Turdialiyevning 

gazeta tili morfologik xususiyatlariga” (1969), B. Yo’ldoshev, S. Karimovning 

badiiy  uslub,B.Umrqulovning  publisistik uslubga, Yo. Tojiyevning affikslar 

uslubiyatiga 

bag’ishlangan tadqiqotlari o’zbek tili stilistikasining 

takomillashuviga olib keldi.  Toshaliyevning “O’zbek tili uslubiyati” (T, 

“Universitet”,  1996), “Adabiy  tahrirlar mantiqiy asoslari” (T, Universitet”, 

1999).  E. Qilichevning “O’zbek tilining amaliy stilistikasi”  (T, “O’qituvchi”, 

1992),  A.  Shoabdurahmonov,  I.Rasulov, R.  Qo’ng’urov, H. Rustamovlarning 

“O’zbek tili stilistikasi” (1984)o’quv qo’llanmasining nashr etilishi  oliy o’quv 

yurtlari  filologiya fakultetlarida uslubiyat fanining o’qitilishini yaxshilashga 

imkoniyat yaratdi. 

 

O’zbek badiiy nutqida qofiyaning o’rni, uning  lingvistik tadqiq 



yuzasidan I.Mirzayevning xizmati katta bo’ldi.  O’zbek tili uslubiyati bag’rida 

nutq madaniyati shakllana boshladi. 

 

O’zbek nutq madaniyatining shakllanishida prof.E.Begmatovning 



xizmatlarini  alohida ta’kidlash lozim. Uning rahbarligida yozilgan “O’zbek 

nutq madaniyati  ocherklari”(1988) kitobida   nutq madaniyati kursining 

o’rganish obyekti, mundarijasi, maqsad va vazifalari  nazariy jihatdan asoslab 

berildi.


11

 

O’zbek tilshunosligining nisbatan yangi sohasi sanaladigan stilistika-



uslubshunoslik til birligining aloqa vositasi sifatida muomala jarayonida turli 

soha va vaziyatda qo’llanishi, nutqni tashkil qilish qonuniyatlari, til tizimidagi 

barcha vositalarning nutq jarayonidagi imkoniyatlari va ma’no nozikliklarini 

aniqlash bilan shug’ullanadi. “Stilistika tilda mavjud bo’lgan barcha vositalar, 

leksik, grammatik, fonetik vositalardan nutqda qanday foydalanish zarurligini, 

ma’lum bir tipdagi shakl,  so’z va konstruksiyalardan qaysi birini qo’llash 

                                                            

11

 



Нурмонов А. Ўзбек тилшунослиги тарихи. -Тошкент: Ўзбекистон , 2002, 214 –бет. 

 

18 


muvofiq ekanini, yaxshi va eng muvofiq vositasini tavsiya etadi. Me’yor qilib 

belgilaydi, nutqning turli stilistik qatlamlarida qo’llanadigan vositalarni 

belgilab beradi. Shunga ko’ra stilistika so’z sa’nati ifoda vositalar haqidagi bir 

fandir”. 

Tildagi ana shunday muammolar bilan shug’ullanadigan 

uslubshunoslikning quyidagi yo’nalishlari mavjud: 

1.  Tilning leksik resurslarini o’rganuvchi yo’nalish. 

2.  Funksional stilistika-vazifaviy uslubshunoslik. 

3.  Badiiy adabiyot uslublari. 

4.  Amaliy uslubshunoslik. 

    Mavzu nuqtai nazaridan bu o’rinda bizni vazifaviy  uslubshunoslik 

qiziqtiradi. Kishilar o’z ijtimoiy faoliyatlarida, avvalo ularni o’z ihtiyojlaridan 

kelib chiqib, nutq mavzusiga, vaziyatga qarab tanlaydilar va qo’llaydilar. 

Tilimizdagi vositalarning bir nechalab ko’rinishlarga ega bo’lishi sinonimik  

rang-baranglik shunday yo’l   tutishga imkon beradi. Mana shu qatlam nutq 

jarayonida  til birliklarining o’ziga xos uslubiy chegaralanishni taqazo qiladi. 

Til birliklarini ijtimoiy muhitda tanlab ishlatish zarurati va ularni 

tilshunoslikda ilmiy-amaliy tahlil qilish uslubshunoslikda yangi sohani-

vazifaviy uslubshunoslikni vujudga keltirdi. 

 

O’zbek tili uslublarini vazifaviy jihatdan tasnif qilish amalda til va tildan 



tashqarida bo’lgan omillarga tayanadi. Bu uslublarning Baskakov N.A., 

Sulaymonov A., Shomaqsudov A., Abdurahmonov G’., O’rinboyev B, 

Muhamedov S.  tomonidan  tavsiya etilgan variantlari mavjud bo’lib, ularda 

asosan beshta uslub-so’zlashuv,  ommobop, ilmiy, rasmiy va badiiy uslublar 

etirof etiladi. 

 

Ular haqida bilimga ega bo’lish  talabalarga ona tilimizning nutq 



jarayonlaridagi imkoniyatlarini o’rganishga ko’maklashadi. 

 

O’zining boy tarixi va lug’at boyligiga ega bo’lgan o’zbek tili, o’z 



navbatida nutqiy jarayonda qo’llanishning ham bitmas-tuganmas 

imkoniyatlarga ega. O’zbek tilining hozirgi taraqqiyot bosqichi uning barcha 



 

19 


yaruslarida stilistik va tasviriylik imkoniyatlarining kengligidan dalolat beradi. 

Ta’lim  jarayonida uning ana shu stilistik resurslar bilan tanishtirib borish, 

ulardan nutqiy jarayonda foydalanish singari o’rgatish fanni o’qitish oldida 

turgan muhim vazifalardan sanaladi. 

 

Uslubiy resurslar  o’zbek tilining barcha qatlamlarida bir xil emas. 



Tasviriylik oz  yoki   ko’p   bo’lishidan   qat’iy nazar, ularning barchasi muhim 

bir vazifaga-nutqning to’g’ri, aniq, mantiqiy ta’sirchan xullas, mukammal 

bo’lishiga xizmat qiladi. Shu yo’l orqali funksional jihatdan farq qiladigan har 

bir nutq uslubi o’zaro bog’liqlikda aniq ifoda bilan hamda tarixiy shakllangan 

va  an’anaviy muomala muhiti bilan doimo aloqada bo’lgan tilning barcha 

sathlarida  so’zlashishning  alohida aktlari shaklida amalga  oshiriladigan 

vositalar bilan yaratiladi. Nutq ta’sirchan, aniq, maqsadga yo’naltirilgan 

bo’lishi uchun undan foydalanuvchi tilning stilistik resurslari va me’yorlarini 

yaxshi bilishi lozim”

12



 

Tilshunosligimizning madaniy tarixi ulug’ mutafakkirimiz Alisher 

Navoiyga borib taqaladi. Ul zot tilshunoslik munosabatlarini belgilashda til va 

nutq  munosabatini ochish, til va nutq birliklarini ma’lum darajada farqlash 

imkoniyatini  berdi. 

 

Hozirgi tilshunoslikda til va nutq  bir-biridan  izchil ravishda farqlanadi. 



Til va nutq munosabatini ochish lingvistik tadqiqotlarda muhim ahamiyatga 

ega. Shu kunga qadar bu ikki hodisani bir-biridan farqlash dastlab mashhur 

nemis olimi  Vilgelm Gumboldtdan boshlangan va u Shveysariyalik olim 

Ferdinand De Sossyur lingvistik ta’limotining asosini tashkil qiladi, deb 

hisoblab kelindi. 

 

Lekin Alisher Navoiy asarlariga e’tibor berilsa, bu olim Vilgelm 



Gumboldt va F. De Sossyurlardan ancha oldin til va nutq hodisalarini bir-

biridan farqlaganini guvohi bo’lamiz, Alisher Navoiy imkoniyat  tarzdagi so’z 

                                                            

12

 



Каримов С.А. Ўзбек тили услубшунослигининг ҳозирги босқичидаги муaммолари. // Маьрузалар матни.  –

Самарқанд,  2004, 68- бет. 



 

20 


(til birligi) sohibi ixtisos (so’zlovchi) tomonidan   turli    xil jilvalantirilishi 

(nutq birligi sifatida reallashtirilishi) mumkinligini bayon qilgan. “Muhokamat 

ul-lug’atayn” asarida ta’kidlashicha, so’z go’yo durdir.  Durning joylashish 

o’rni dengiz tubi bo’lsa, so’zning joylashish o’rni ko’ngildir(xotiradir). 

 

“Dur g’ovvos yordamida dengiz tubidan tashqariga chiqarilib, 



jilvalantirilsa va g’avvosning qiymati javharni jilvalantira olish qobiliyatiga 

qarab    belgilansa, so’z   sohibi    ixtisos tomonidan ko’ngildan tashqariga olib 

chiqiladi va notiqning qiymati so’z qo’llash mahoratiga qarab belgilanadi. 

Dengiz qarida harakatsiz imkoniyat  tarzida turgan durlar g’avvos yordamida 

harakatga keltirilsa, ko’ngil tubidagi imkoniyat  tarzidagi so’zlar ham 

so’zlovchi tomonidan nutqiy jarayonda o’z jilvasini topadi.

13

 

 



Badiiy asar matnini tahlil qilishning  tilshunoslik fani manfaatdor 

bo’ladigan boshqa bir jihati bor va uni ikki yo’nalishga ajratib o’rganishga 

to’g’ri keladi. Birinchidan,  badiiy asar matnidan tilni sinxronik va diaxronik 

yo’nalishda o’rganishda, tilshunoslikning nazariy va amaliy asoslarini ishlab 

chiqishda uning ma’lum darajadagi yoki hozirgi paytdagi ahvolini, taraqqiyot 

qonunlarini o’rganishda, turli kategoriyalarni ilmiy tahlil qilishda material 

sifatida foydalaniladi ikkinchidan, badiiy asar materialidan tilda yuz 

berayotgan sifat o’zgarishlari, ya’ni ma’no taraqqiyotini aniqlash maqsadida 

foydalaniladi. Bunda  tadqiqotchining  o’z  oldiga  qo’ygan  maqsadidan  kelib 

chiqib,  tildagi  barcha  birliklar  qamrab  olindi  va  ular  alohida  bir  prizmadan-

stilistik  prizmadan  o’tkaziladi.  M.H.Kojina tabiri bilan aytganda bu tekshirish 

til birliklari ichiga vertikal kirib boradi. Bu tadqiqotlarda til vositalarining o’z 

birlamchi ma’nolari emas, balki matniy, nutqdagi qo’shimcha ma’nolari 

ularning bajargan  vazifalari va bu bajargan vazifalarga qarab uslubiy 

chegaralanishlari o’rganiladi. Milliy til boyligini, uning bugungi  ahvolini 

                                                            

13

 

Нурмонов А. Ўзбек тилшунослиги   тарихи.  -Тошкент: Ўзбекистон, 2004, 80- бет. 



 

21 


belgilashda katta  rol  o’ynaydigan bu yo’nalishni lingvistik   stilistika deb 

ataydilar.

14

  

 



Globallashuv jarayoni va til munosabatlari, davlat tilining mavqei, uning 

e’tiborini oshirishga ta’sir etuvchi ijobiy va salbiy omillarning xususiyatlari, 

yoshlar til ma’naviyati va nutq madaniyatiga “ommaviy madaniyat” ning 

ta’sirini o’rganish hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biriga aylanib 

bormoqda.  Yoshlarni  “Ommaviy madaniyat”  ta’siridan asrash milliy 

madaniyatimizning sofligi, 

qadriyatlar, an’analar, 

urf-odatlarimizning 

davomiyligi, umrboqiyligi uchun kurash hamdir.  

 

Globallashuv  jarayonida  milliy  tillarning    istiqboli,  jamiyatdagi  mavqei, 



obro’-e’tibori  to’g’risida  tashvishli  fikr-mulohazalar  bildirilayotganligi  bejiz 

emas.  Chunki  til  ijtimoiy  hodisa  sifatida  insonlarning  turli  sohalardagi 

faoliyatida  muhim  o’rin  tutadi.  Globallashuv, “ommaviy  madaniyat”  ijtimoiy 

hodisa  bo’lgan  til,  xususan,  davlat  tilining  mavqeiga  ham  jiddiy  ta’sir 

ko’rsatadi. 

 

Globallashuv jarayonida ommaviy axborot vositalari, internetning roli 



nihoyatda oshib boraveradi. Chunki globallashuv axborot maydonining 

kengayishi va undan cheksiz foydalanish imkoniyatlarini beradi. Radio 

telivideniya  boshlovchilari, jurnalistlar nutqining o’zbek adabiiy tili 

me’yorlariga mos bo’lishi yoshlarning  savodxonligi, nutq madaniyatiga ijobiy 

ta’sir qiladi.

15

 



 


Download 308.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling