Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat
“Tushda kechgan umrlar” romanidagi o’xshatishga misollar va
Download 308.47 Kb. Pdf ko'rish
|
ozbek tilida badiiy tasvir vositalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- To’rtinchidan
- Beshinchidan
- Yettinchidan
- Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Ilmiy adabiyotlar
- Badiiy adabiyotlar
2.2. “Tushda kechgan umrlar” romanidagi o’xshatishga misollar va ularning tahlil talqini. Romanni boshidan oxirigacha o’qir ekanmiz
22 Ҳошимов Ў. Танланган асарлар. I-том .-Тошкент: Шарк. 2009 ,443-446 бетлар. 38
o’xshatishga ko’plab misollar uchratamiz. Albatta orginal ya’ni badiiylik ufurib turgan yoki o’xshatish yaqqol namoyon bo’lgan misollarni tahlil qildik. Ularni ikki guruhga ajratdik. 1. Leksik vositalar bilan hosil bo’lgan o’xshatish. 2. Grammatik vositalar bilan hosil bo’lgan o’xshatish
O’xshatishga misollar:
Shaxnozanining qulog’i shang’illar, birov uning miyasiga kirib olib, muttasil to’qmoq bilan o’rayotganga o’xshar edi.
O’tkir Hoshimov bu kontekstda iboralar yordamida o’xshatishlar hosil qilgan.”urayotganga o’xshar edi” birikmasi orqali leksik o’xshatish ifodalangan va o’xshamoq fe’lining sifatdosh shakli hosil bo’lgan.
eshshak! Nachora, boshqa usulni qo’llashga to’g’ri keladi.
Bu misolda yozuvchi – dek o’xshatishni yuzaga keltiruvchi grammatik vositadan foydalangan va “oyoqlari ipdek” birikmasi sifat yasovchi affiksi orqali o’xshatish hosil bo’lgan.
Avtomatni aynan menga o’qtalib turgandek, boshimni ichiga tortdim. Bu misolda ham leksik, ham grammatik o’xshatishlar bor. Misli, bamisoli aynan ravishlari doim o’xshatish obrazini ko’rsatuvchi so’zdan avval keladi.
Yo’q, bu kulgu emas, kaltakesakning tamoq taqillatishiga o’xshagan mudhish bir tovish edi. 39
Bu inkor ma’nodagi o’xshatishlar kaltakesakni tamoq taqillatishini eshitmagan bo’lsakda, o’xshamoq fe’lining sifatdosh formasi ekanligini etirof etishimiz lozim.
Mauzerning og’zi lang ochilib, basharasi yana ham ahmoqona tusga kirdi.
Bu salbiy ma’noli matnda-ona qo’shimchasi o’xshatish obrazini ko’rsatuvchi so’zga qo’shiladi va biror predmet, belgini va holatni shu so’z orqali ifodalab qiyos qilishga yordam beradi va o’xshatish hosil bo’ladi.
Bu dunyo muttasil aylanib turadigan murakkab mexanizm. Yozuvchining bu misolini sof o’xshatish deb qaraymiz. Chunki bu misolda leksik so’zlar yoki grammatik vositalar ishtirok etmagan. Dunyoni mexanizmga o’xshatgan. Bu bizning tafakkurimizda hosil bo’lgan o’xshatishdir. Boshini bir tomonga tashlagan ko’yi qop-qora kipriklarini gunohkorona prillatib turushi shu qadar samimiy ediki, boyagi “artisnamo” shopirdan rashk qilganimga o’zim uyaldim. Bu misolda -namo affiksi orqali o’xshatish hosil bo’lgan. U o’xshatish obrazini ko’rsatuvchi “artist” so’ziga qo’shilib holatni ifodalayapti va qiyos qilishga yordam bermoqda.
To’laganova qo’y og’zidan cho’p olmagan farishta. Yozuvchi O’tkir Hoshimov bu misolda iboralar orqali To’laganovani farishtaga o’xshatgan.
40
Shaxnoza mening yostig’imni quchoqlab turib, bolalarcha sodda quvlik bilan kuldi.
Bu misralarda “bolalarcha” so’zi orqali o’xshatish hosil qilingan. – cha kuchaytirish formasidan foydalangan va Shaxnozani bolaga o’xshatganligi kontekstdan anglashilib turibdi.
Talabalar shaharchasi arining uyasiga o’xshaydi. Bu misolimizda o’xshamoq fe’lining sifatdosh formasi hosil bo’lgan.
O’ylab qarasam, o’tgan umrim – umir emas, tush ekan. Bu o’xshatish “ekan” o’tgan zamon fe’lida ifodalangan inkor ma’nosini anglatuvchi o’xshatishdir. Bunda yozuvchi inson mrini naqadar qisqa ekanligini ifodalagan.
Mundoq kirish-chiqish qilaylik, bolam, ko’zday qo’shnimiz… Bu misolda –day fe’lning sifat yasovchi formasi sifatida hosil bo’lgan o’xshatish, ibora bilan ifodalangan.
“Sabotaj” tashkilotchisi – Rustam degan yigit ekan. Baskedbolchilarga o’xshagan baland bo’yli, gavdali…
Bu misolda o’xshatish, qiyoslash ma’nosi anglashilib turibdi. Leksik vosita “o’xshagan” so’zi orqali hosil bo’lgan. U doimo o’xshatilgan predmet yoki shaxsdan keyin keladi. Kuz – o’lim to’shagida yotgan bemorga o’xshaydi…
41
Bu misolda ham yozuvchi leksik vosita bilan ko’chim o’xshatish hosil qilgan. Bunda bo’yoqdorlik kuchli tasvirlangan. Kuz faslini to’shakda yotgan bemorga o’xshatmoqda. “O’xshaydi” o’tgan zamon fe’lining sifatdosh formasi bilan ifodalangan. Biz O’tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” romanidan o’xshatishlarni kuzatar ekanmiz yana o’zgacha o’xshtishlarni guvohi bo’ldik. O’xshatishni yuzaga keltiruvchi grammatik vositalar borki ular biror predmet, belgi va holatni boshqalarga o’xshatish, qiyos qilish uchun xizmat qiladi. Ularga quydagilar kiradi: -day (-dek), -simon, -ona, -namo, -larcha, -omuz, -cha, -chasiga, -da, -li. Bu qo’shimchalar o’xshatish obrazini ko’rsatuvchi so’zga qo’shiladi va biror predmet belgi va holatni boshqalarga o’xshatish, qiyos qilish uchun xizmat qiladi.
Masalan: Shunda… kutilmagan hodisa ro’y berdi. Ovozi do’rillab qolgan tengdoshlari quyundek yopirilib keldi.
Bu misolda tengdoshlari quyundek so’z birikmasi orqali o’xshatish hosil bo’lgan. Uning tengdoshlarini – dek grammatik vosita orqali quyunga o’xshatilgan.
Bostirmaning qorayib ketgan pastak shiftida olmadekkina lampochka osilib turardi. Bor - yo’q jihoz shu.
Bu misolda ham –dek grammatik qo’shimchasi orqali lampochka olmaga o’xshatilmoqda. Misolda –kina kichraytirish formasi qo’llangan.
Katta yo’l chetida qachonlardir uzilib ketgan tank zanjiri zanglab yotibdi. Xuddi ajdar terisiga o’xshaydi. 42
Bu misolda “xuddi” leksik vosita qo’llangan. Misoldagi “xuddi” so’zini bemalol tushurib qoldirishimiz mumkin. U fakultativ xarakterga ega va gap ma’nosiga ta’sir qilmaydi. Bu tushurib qoldirishimizda mazkur gaplar ma’nolariga zarar yetmasligi uchun ularni tuzilishida juz’iy o’zgarish qilishimiz mumkin:
Katta yo’l chetida qachondir uzilib ketgan tank zanjiri zanglab yotibdi.Ajdar terisiga o’xshaydi.
O’xshatishda bir soni ham qo’llaniladi. Bunda omonimlik xususiyati paydo bo’ladi. Masalan: Do’stim bir qushdek yengil bo’libsiz-da.
yoki: Tog’da yurgan ohu bir juvon sochlarini mayin taraydi.
Bu misolda ham bir so’zi orqali juvonni ohuga o’xshatgan. Bir so’zini omonimi hosil bo’lgan. Bunga juda ko’plab misollar keltirishimiz mumkin. Hamma “bir” so’zi qo’llangan misolarni ma’nosi har xil bo’ladi.
Egnida olimpiyka, boshiga cho’qqisimon to’qima qalpoqcha kiygan ikki kishi shtab bilan yugurib yonidan sharpadek o’tib ketdi.
Bu misolda –simon, -dek grammatik vositalar qo’llangan. Birinchisida “cho’qqisimon taqiya” deb, cho’qqiga o’xshatilgan bo’lsa, ikkinchisida sharpaga o’xshatilgan.
43
Nazira hayotida hech kim bilan olishishni istamagani kabi o’limda ham ajal bilan tortishib o’tirgisi kelmagandek osoyishta yotar, lablarida alamli tabassum qotib qolgan, go’yo oxir-oqibat, bu ozoblardan qutilganiga shukr qilgandek.
Bu katta matnda o’xshatishning leksik va grammatik formalari ishtirok etgan va “istamagani kabi”, “go’yo oxir-oqibat, shukr qilgandek” birikmalarida ko’rinadi.
Naziraning yuzi muzdek edi. Xuddi xolodilnikdagi go’shtdek. Bu misolda ham Naziraning yuzi “dek” grammatik vositalar orqali go’shtga o’xshatgan. Qo’pol tasviriy vosita deb ham aytishimiz mumkin, ya’ni salbiy xarakterdagi o’xshatishdir.
Bir mahal kipriklari kapalak qanotidek titrab kulib yubordi. Bu tabiiy go’zal va yoqimli o’xshatishda ham yozuvchi badiiy tasvir vositalaridan ustalik bilan foydalangan.
“Kapalak qanotidek” birikmasi orqali o’xshatish hosil bo’lgan. Demak qizning uzun kipriklari kapalakning qanotiga o’xshatilayapti.
Bir kecha-kunduz mijja qoqmay tik oyoqda tursin - chi, holi nima kecharkin? Tagidan arra solingan terakdek gup etib ag’dariladi.
-dek, -day kabi qo’shimchalar sifat yasovchi affiks bo’lib, qiyos qilinadi. O’xshatishda boshqa affikslarga qaraganda ko’proq ishlatiladi. Bundan tashqari -cha affiksi ham mavjudki u otlarga qo’shilib kichraytirish, erkalsh ma’nolarini bildiradi.
44
Masalan: uycha, qizcha yigitcha kabi. Sonlarga qo’shlilganda chama ma’nosini anglatadi: o’ncha, mingcha, qirqcha va hokozolar. –cha affiksi so’zlarga qo’shilib, urg’u olmaganda sifat va ravishlarni yasaydi va o’xshatish, cho’g’ishtirish ma’nolarini beradi. Bu xususiyat bilan – day, - dek affikslariga juda yaqin turadi. –cha affiksi vositasida sifat yasalganda, asosan, predmet, vaqt, daraja, ko’rsatish kabi ma’nolar bilan bo’g’liq o’xshatish hosil qiladi. Masalan: Ko’z yoshlari daryocha bo’ldi. Bu misolda –cha affiksi yordamida o’xshatish hosil bo’lgan. Bu frazeologik o’xshatish bo’lib, ko’z yoshlarini daryo suviga o’xshatmoqda. Xullas o’xshatishlar badiiy tasvir vositalarida keng o’rinni egallaydi. O’xshatishning ochilmagan qirralari haqida kelgusi kuzatishlarimizda to’xtalamiz.
45
Xulosa
Tilshunoslikning asosiy vazifasi til haqidagi bilimlardan kelib chiqqan holda til birliklarini ularning o’zoro sintagmatik, paradigmatik, shakl-mazmun va boshqa munosabatlarida ( kelib chqishi, davriga, hududga tegishliligidan) bo’ladigan o’zgarishlarni hisobga olib aniq belgilashdan va ularning nutqda qo’llanilish imkoniyatlarini ochib berishdan iborat bo’lmog’i darkor.
Uslubiyatning asosiy vazifasi til birliklari imkoniyatlarining nutqda namoyon bo’lish qonuniyatlarining, davrga, nutq ko’rinishlariga nisbatan me’yoriyligini belgilab berishdan iboratdir. Tilshunoslikka va stilistikaga oid tadqiqodlarning hammasi ana shu vazifalarni bajarishga yo’naltirilgan bo’lishi shart. Bu narsa tilshunoslikning ham, stilistikaning ham boshqa sohalar bilan munosabatidan kelib chiqadigan boshqa vazifalarni, albatta inkor etmaydi.
Ko’p yozuvchilarni bilish, bitilgan matnlarni o’qiy olish, ko’p yozuvlarda yoza bilish, ko’p tilni bilish, bu tillarda gaplasha olish insonlarning eng yaxshi fazilatlaridan biridir. Insonlarning komillik darajasi,avvalo uning nutqida o’z ifodasini topadi.
Tilini qadrlamagan odam o’zini ham, xalqini ham, vaqtini ham qadrlamaydi. Shu nuqtai nazardan biz har bir matnga oqilona yondashib tahlil tartibiga e’tibor bermog’imiz lozim. Matn faqat yozma ko’rinishga xos, nutqning esa og’zaki va yozma ko’rinishlari mavjud . Biz mavzumizdagi badiiy tasvir vositalaridan o’xshatishga har bir matnda yoki og’zaki nutqimizdan misollar keltirishimiz mumkin.
Lekin uning leksik vositalar ishtirokidagi misollari grammatik ko’chimlardagi misollardan jozibadorligi bilan farqlanadi. O’xshatishlar ko’proq nazmiy matnlarda uchraydi. Lekin biz bugun nasriy asarlardan misollar to’pladik va ko’zlangan maqsadga erishdik.
46
Tasviriy vositalar orasida o’quvchining tafakkurini kengaytirishga xizmat qiladigan adabiy san’atlardan biri o’xshatishdir. O’xshatish o’tmish adabiyoti va adabiyotshunosligida tashbeh deb yuritilgan. Mumtoz she’riyatimizdagi badiiy san’atlarning taniqli tadqiqodchilaridan biri A.Husayniy tashbehning yetti xil shakl ko’rinishlari mavjudligini ko’rsatib o’tadi. Hozirgi zamon adabiyotshunosligi va tilshunosligiga oid darslik qo’llanmalarda ham tashbeh ox’shatishning shakllari to’g’risida batafsil fikrlar bayon etilgan. Biz O’tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” romanida o’xshatish san’ati qo’llanilishi haqida mulohaza yuritar ekanmiz, tasviriy vositaning shakl ko’rinishlarini qo’llanilishini emas, balki yozuvchining o’xshatishni qanday ifodalagani va uning o’quvchiga qanday yetib borishi tushuniladi. Bunda biz bitiruv ishidan maqsadimiz tilshunoslikning uslubiyat sohasida erishilgan samarali yutuqlari ,uslubshunoslikda ko’chimlar va ularni badiiy nutqda tutgan o’rni, badiiy tasvir vositalaridan o’xshatishni O’tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” romanidan olingan misollar orqali tahlil qilishga harakat qildik.
Bunda O’tkir Hoshimovning til xususiyatlarini o’rganish bilan birga uning badiiy matnda qo’llangan tasviriy vositalaridan mohirona foydalanganligini isbotini ko’rdik. Ayniqsa, o’xshatishga ko’pgina misollar uchratdik va uni kuzatishlar natijasida quyidagi xulosaga keldik:
tushuncha bo’lib, u yozuvchi ijodidagi g’oyaviy-badiiy xususiyatlar birligi, uning dunyo qarashini ifodalovchi poetik tafakkur mevasidir. Uning bir ko’rinishi o’xshatishga murojaat qildik va uning qirralarini badiiy tasvir vositalariga oid nashr etilgan ko’pgina ilmiy adabiyotlar orqali o’rganib chiqdik.
47
Ikkinchidan, o’zbek tilshunosligining keyingi yillarda uslubiyat sohasida erishilgan samarali yutuqlari haqida batafsil to’xtaldik va yaratilgan ilmiy asarlardan misollar keltirdik.
bo’lib, uslubshunos olimlardan Qo’ng’urov R., Karimov S., Qurbonov T., Yo’ldoshev M., Aliqulov T., Rasulov R., Suvonova R. larning ilmiy
tadqiqotlaridan xabardor bo’ldik va kerakli o’rinda ulardan foydalanib, o’xshatishga kengroq ta’rif berildi.
Po’lat, Amin Umariy, Sharof Rashidov, Temir Fattoh, Mirmuhsin, Ramz Bobojon, Said Ahmad kabi o’nlab ustoz shoirlarni ijod sirlaridan voqif bo’ldik. Ularni adabiyot sahnasiga olib kirganliklarini e’tirof qilgan holda “Uning ijodiga bir nazar” ruknida shoir haqidagi barcha ilmiy va publistik asarlar bilan tanishib chiqdik.
Beshinchidan,O’tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” romani to’liq tahlil qilindi va asosiy e’tibor rejadagi maqsadga, ya’ni o’xshatishga qaratildi. Bunda misollar kartatika qilinib, tahlili berildi.
o’rganib chiqmasdan, balki boshqa ko’chimlar haqida ham ma’lumotlarga ega bo’lishga va ularni bir-biridan farq qiladigan jihatlarini o’rganishga muvofiq bo’ldik.
Yozuvchining “Tushda kechgan umrlar” romanini o’qir ekanman, uning nihoyatda go’zal badiiy ko’chimlardan ustalik bilan foydalanganligini guvohi bo’ldim, ya’ni yozuvchining qalbi haqiqiy va toza his-tuyg’ularga limmo-lim ekanligiga amin bo’ldim.
yakunida xulosalandi.
Uslubiyatga tegishli barcha foydalanilgan adabiyotlar ro’yxat qilindi. 48
Men yozuvchining ijodi va til xususiyatlarini o’rganish chog’ida shunga amin bo’ldimki, xalqimiz yozuvchini sevishiga va qadrlashiga ishonch hosil qildim. U badiiy tasvir vositalaridan mohirona foydalanganligi va uslubiy matnlarni yaratganligi ko’rinib turibdi.Yozuvchi O’tkir Hoshimov doimo xalqni dardi bilan yashagan. Uning yurgan yo’li, hayotda uchratgan odamlari va umrining mazmuni barcha asarlariga ko’chgan.
O’tkir Hoshimov saboqlari yoshlarga o’gitlari bugungi o’zbek tili va adabiyotining parvozida jamol ko’rsatmoqdaki, buni quvonch bilan qayd etish mimkin.Ayniqsa badiiy uslubda yaratgan asarlaridan uslubiyatning asosiy figuralaridan biri o’xshatish va uning turli ko’rinishlariga misollar talaygina.
Yozuvchi ijodiga mehr muhabbat bugungi yoshlarning, muxlislarning kundalik hayotining mazmuniga aylangan. Mustaqillikning 20 yillik yubileyi munosabati bilan yozuvchi ijodi yanada kamol topyapti, til va adabiyotimizga jilo bermoqda.
Xulosa so’ngida shuni aytishim lozimki, Oliy ta’lim jarayonida qimmatli bilimlarni bergan barcha ustozlarimga va bitiruv ishimni yaratish mobaynida o’zini maslahatlarini ayamagan rahbarimga o’zimning samimiy minnatdorchiligimni bildiraman.
49
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Ilmiy adabiyotlar 1.
Каримов И.А. Юксак маънавият-енгилмас куч. -Тошкент: Маънавият, 2008 .-173 б. 2. Каримов И.А. Миллий истиқлол мафкураси - халқ эътиқоди ва буюк келажакка ишончдир // “Фидокор” газетаси мухбири саволларига жавоблар. –Тошкент: Ўзбекистон, 2000.
3.
Каримов И.А. Мамлакатни модернизация қилиш ва иқтисодиётимизни барқарор ривожлантириш йўлида. 16-том.– Тошкент: Ўзбекистон, 2000. 4. Абдураҳмонов Х., Маҳмудов Н. Сўз эстетикаси. –Тошкент: Фан, 1981. 5. Абдуллаев А. Ўзбек тилида экспрессивликнинг ифодаланиши. – Тошкент: Фан, 1983.- 88-б. 6. Абдусаидов А., Абдусаидов А. Тил маънавияти ва нутқ маданиятига «Оммавий маданият»нинг таъсири // «Стилистика ва прaгматика». Проф. С. Каримов таваллудининг 60 йиллигига бағишланган илмий-назарий конференция материаллари.– Самарқанд, 2010. 7. Бобоев Т. Ўзбек шеър тузилиши асосларини ўрганиш. –Тошкент, 1991 .
8. Бобоев Т., Бобоева З. Бадиий санъатлар. –Тошкент: ТДПИ, 2001. 9. Боймирзаева С. Ойбек прозасининг лингвостилистик тадқиқи. – Самарқанд, 2004.-146 б. 10. Дониёров Х., Мирзаев С. Сўз санъати (бадиий маҳорат ва тил ҳақида мулоҳазалар). –Тошкент: Фан: 1962. 11.
Жамолхонов Ҳ., Йўлдошев М. Бадиий матннинг лисоний таҳлили (Маърузалар матни). –Тошкент: ТДПУ, 2000. 12. Исҳоқов Ё. Ташбеҳ // Ўзбек тили ва адабиёти,4-сон. -Т.: 1970. 13 . Йўлдошев Б. Фразеологик услубият асослари. –Самарқанд, 1999. 50
14 . Каримов С.А. Ўзбек тили услубшунослигининг ҳозирги босқичдаги муаммолари. Маърузалар матни.– Самарқанд, 2006. 15 . Каримов С.А. Ўзбек тили функционал стилистикаси. – Самарқанд, 2010. 16.
Каримов С.А. Ўзбек тилининг бадиий услуби. –Самарқанд: Зарафшон, 1992. 17 .Лапасов Ж. Бадиий матн ва лисоний таҳлил. –Тошкент: Ўқитувчи, 1995. 18.
Маҳмудов Н. Ойбек шеъриятидаги ўхшатишларнинг лингвопоэтикаси // Ўзбек тили ва адабиёти, 2-сон.-Т.: 1985. 19. Мукаррамов М. Ўхшатиш таснифи // Ўзбек тили ва адабиёти, 5- c он. -Т.: 1968. 20. Маҳмудов Н., Бегматов Э. Тилимизнинг кеча ва кундузи // Ўзбек тили ва адабиёти , 5-сон.-Т.: 2010. 21.
Нормуродов Р. Шукур Холмирзаевнинг метафорадан фойдаланиш маҳорати // Ўзбек тили ва адабиёти, 6-сон.-Т.: 2002. 22. Нурмонов А. Ўзбек тилшунослиги тарихи. –Тошкент: Ўзбекистон, 2002. 23.
Омонтурдиев Ж., Омонтурдиев А. Сўз қўллаш санъати. –Термиз: Жайхун, 1994. 24. Самадов Қ. Ўзбек тили услубияти (бадиий услуб). –Тошкент: Ўқитувчи, 1991. 25 . Сувонова Р. Ўзбек тилида метонимия. –Тошкент: А.Қодирий номидаги халқ мероси, 2004 . 26 . Шомақсудов А.,Расулов И., Қўнғуров Р., Рустамов Ҳ. Ўзбек тили стилистикаси. –Тошкент: Ўқитувчи, 1983.-247 б. 27 . Ўринбоев Б. Ўзбек сўзлашув нутқи. –Тошкент: Фан, 1982. 28 . Ўринбоев Б., Қўнғуров Р., Лапасов Ж. Бадиий текстнинг лингвистик таҳлили. – Тошкент: Ўқитувчи, 1990.
51
29. Ўринбоев Б. Ҳозирги ўзбек сўзлашув нутқи. 1-қисм. – Самарқанд, 2006. 30 . Қўнғуров Р., Бегматов Э., Тожиев Ё. Нутқ маданияти ва услубият асослари. –Тошкент: Ўқитувчи, 1992. 31.
Қўнғуров Р. Ўзбек тилининг тасвирий воситалари. –Тошкент: Фан, 1977. Badiiy adabiyotlar 32 . Ҳошимов Ў. Танланган асарлар. I том. –Тошкент: Шарқ, 2009.- 447 б.
33 . Ҳошимов Ў. Тушда кечган умрлар. –Тошкент, 2009. -264 б. Download 308.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling