Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat


Download 308.47 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana30.04.2020
Hajmi308.47 Kb.
#102285
1   2   3
Bog'liq
ozbek tilida badiiy tasvir vositalari


 

 

                                                            

14

 

Каримов С.А. Ўзбек тили функционал стилистикаси. –Самарқанд: СамДУ, 2010, 96-98- бетлар. 



15

 Абдусаидов А.,Абдусаидов А.Тил маънавияти ва нутқ маданиятига «оммавий маданият»нинг таъсири 

«Стилистика ва прaгматика». Проф. С.Каримов таваллудининг 60 йиллигига бағишланган илмий-назарий 

конференция материаллари. -Самарқанд , 2010. 



 

22 


1.2.  Ko’chimlar.  Badiiy tasvir vositalaridan  o’xshatish va  uning 

qo’llanilishi. 

 

O’xshatish-  badiiy tasvir vosifalaridan biri bo’lib, obyektni orazli, 



ta’sirchan, konkret va ixcham ifodalash xususiyatlari bilan ajralib turadi. 

 

Sana’tkor  qahramonlarni tasvirlashda ularning o’ziga xos individual 



xususiyatlarini ochishda, ruhiy holatlarni aks ettirishda, tabiat manzaralarini 

tasvirlashda o’xshatishlardan foydalanadi. Ularni konkretlashtiradi, bo’rttiradi. 

Kitobxonning diqqatini obrazning  ko’rinmas tomonlariga  jalb qiladi, asarning 

g’oyasini ochishga yo’naltiradi. 

 

O’xshatish deb, bir predmet yoki hodisani ikkinchi bir predmet yoki 



hodisa bilan taqqoslanganda ularning shakli yoki mazmun tomondan obrazli 

o’xshashligiga aytiladi. 

 

O’xshatish obyekti tasvirlamoqchi bo’lgan predmet, hodisa; o’xshatish 



obrazi- taqqqoslangan predmet, hodisalarning tasviriy vositasi, ikki predmet va 

hodisaning bir-biriga mos kelishidir. 

 

O’xshatishlarni belgilashda asosan ana shu uch belgining roli katta.  



Masalan:  Arava  g’ijϊrlab    borar, gap  mavzudan-mavzuga ko’char, Turg’unoy 

gapga aralasholmay, bedalar ichida bir bog’ bedaday silkinib borar edi.  (A. 

Qahhor, Hikoyalar, 29-bet).  Bunda Turg’unoy-obyekt, bir bog’      beda-obraz, 

silkinish-belgisidir. Belgi obyekt va obrazlar bilan alohida bir sintaktik aloqani 

tashkil etadi.

16

 



 

Tashqi tomondan qaraganda , bir bog’ beda bilan odam o’rtasida hech 

qanday    aloqa    yo’qdek  tuyiladi. Lekin yozuvchi Turg’unoyni gapga aralasha 

olmasligini va uning aravada silkinib borishini asosiy o’xshashlik belgisi qilib 

olgan.  Belgi (silkinish) asosida ikki predmet bir-biri bilan  taqqoslanmoqda. 

Agar “belgi” (silkinish) bo’lmasa, Turg’unoy bilan  bir bog’ beda o’rtasida 

o’xshashlik bo’lmas edi.  

                                                            

16

 

Қўнғуров Р. Ўзбек тилининг тасвирий  воситалари.   – Тошкент: Фан, 1997. 



 

23 


 

O’xshatishning belgisiga qarab, ularni ikki guruhga ajratish mumkin. 

1.  Grammatik belgili o’xshatishlar. Bunda obyekt, obraz va belgilar 

grammatik-ko’rsatkichi bilan mavjud bo’ladi. Uch belgidan birortasi ham 

tushib qolmaydi: U (Siddiqjon) o’g’lining yodsirayotganini ko’rib, ikki qadam 

olg’a bosdi-yu, bundan ortiq yaqin borsa xuddi bir narsa portlab ketadiganday, 

engashib bolaning ko’kragiga chiqib ketgan qayiqchasidan ushlab tortdi va 

ko’tarib oldi. (A. Qahhor, Tanlangan asarlar, 3-tom, 184-bet). 

Bu misolda bundan ortiq yaqin borsa-obyekt, bir narsa  portlab 

ketadiganday-obraz, tortdi va ko’tarib oldi-belgidir. 

2. 

Logik o’xshatishlar. Bunda grammatik belgi 



ko’rsatkich 

bo’lmaydi. Lekin mazmunan “obyekt” va “obraz”lar bir-biriga mos keladi, 

ya’ni “obyekt”  va “obraz”larning shaklan va mazmunan moslik belgisi 

obrazning o’zida bo’ladi. Masalan: …ketmon kichkina, poyteshadekkina kelar 

edi. (A. Qahhor, Tanlangan asarlar,  III tom, 140-bet). Bu misolda ketmon-

obyekt, poyteshadekkina-obraz,  belgi grammatik  nol formada. Lekin 

mazmundan o’xshatishni anglash mumkin. 

O’xshatish strukturasiga ko’ra oddiy va tizmali bo’lishi mumkin. 

Oddiy o’xshatish terminida   bir “obyekt” va “obrazli” o’xshatishlar ko’zda 

tutiladi. Masalan:…sarg’imtir  kulrang sahro yuzini va undagi past-baland 

do’ngliklar  ustini tutib ketgan odamlar, onda-sonda o’rgimchakday o’rmalab 

yurgan aravalar ko’rindi. (A. Qahhor, Tanlangan asarlar, III tom, 151-bet).  Bu 

misolda arava-ob’ekt, o’rgimchakday-obraz, o’rmalash-belgi.  

 

Tizmali o’xshatish deb, biz ikki va undan ortiq “obrazli” o’xshatishning 



mos kelishini aytamiz: Qori kirdi. U  uzoq yo’ldan benihoya charchab 

kelganday oyoq ustida zo’rg’a turar, yuzi yangi kasaldan turganday so’lg’in va 

oqargan bo’lib, chiroqning xira shu’lasida  qo’rqinchli ko’rinar edi. (A. 

Qahhor, Tanlangan asarlar, III tom, 224-bet). 



 

24 


 

Bu misolda oyoq ustida zo’rg’a turishi, so’lg’in va oqargan bo’lishi-

obyekt, uzoq yo’ldan charchab kelganday va yangi kasaldan turganday-

obrazlardir. Bu o’xshatishlar bir-biriga obrazli taqqoslanmoqda. 

 

O’xshatishlarni tarkibiga ko’ra yana to’liq va to’liqsiz o’xshatishlarga 



ajratish mumkin. 

 

To’liq o’xshatishlarda qancha “ob’ekt” bo’lsa, shuncha “obraz” bo’ladi. 



Ya’ni “obyekt” bilan ‘obraz” teng  bo’ladi.  

 

To’liqsiz o’xshatishlarda esa bir  “obyekt”ga “obraz”  yoki undan  ortiq 



“obraz”larning taqqoslanishiga, yoki bir “obraz”, ikki “obyekt”  o’rtasida 

bo’lib, har ikkala obyektga tegishli bo’ladi. Masalan: O’rmonjonga 

uchrashmasdan burun sordan qochgan jo’jaday boshini qayerga tiqishini 

bilmay qolgan Siddiqjon endi dakan xo’rozday mag’rur qadam tashlab borar 

edi… (A. Qahhor, Tanlangan asarlar, III tom, 183-bet). Bu misolda Siddiqjon-

obyekt, sordan qochgan jo’jaday va dakan xo’rozday-obraz, boshini qayerga 

tiqishni bilmay va mag’rur qadam tashlash-belgidir.  

 

O’xshatishni chegaralashda asosiy uch ko’rsatkich, ular grammatik 



tomondan tasnif etish, o’xshatishning badiiy asarlardagi  roli va yozuvchining 

uslubiga bog’liq holda o’rganish masalasi muhimdir.  

 

O’xshatish strukturasi (material tarkibi) haqida gapirganda yana 



quyidagi struktural tiplar haqida ham gapirish mumkin.  

 

O’xshatish oborotlari. Bu o’xshatishning ko’p tarqalgan formasidan biri 



hisoblanadi. Bu forma ba’zan o’xshatish   ergash gaplarga o’xshab ketadi. 

Ammo ularni aralashtirmaslik kerak: “o’xshatish oborotlari, sostavlari qancha 

keng bo’lsa ham, tarkiblarida ega va kesimlari bo’lmagani uchun ergash gap 

bo’la olmaydilar.”

17

 

 



O’n yil burun na’ra tortib chiqqanding 

         Vulqon kabi qonga to’lgan yerlardan.  

                                                            

17

 



Абдураҳмонов Ғ. Қўшма гап синтаксиси асослари.– Тошкент: Ўз ФА нашриёти, 1958, 204-бет. 

 

25 


                                                     (H. Olimjon). 

 

O’xshatish ergash gaplar.  Bunday gaplar nisbatan tugallangan sostavida 



esa egasi bilan birga kesimi ham bo’ladi. O’xshatish ergash gaplarda 

ifodalangan va gapdagi aytilgan fikrni qiyoslash orqali to’ldiradi va unga 

go’yo,  xuddi yordamchilari, -ki bog’lovchisi hamda o’tgan zamon sifatdoshi –

day, -dek formalari orqali bosh gapga birikadi. Masalan:  

 

Erkalanib yotadi u vatan tuprog’ida 



 

Yosh bola yotganday onaning quchog’ida. 

                            (H. Olimjon…”Jangchi Tursun”). 

 

O’xshatishning chiqish kelishigi qo’shimchasi yordamida ifodalangan 



shakli: Bir siqim tuprog’i  oltindan   aziz. 

                            (H. Olimjon). 

 

-day (-dek),  -simon,  -ona, -namo,  -omuz, -ga, -chasiga, -larcha affikslari 



yordamida ifodalangan forma: harbiychasiga, tog’dek, guldek, gulday, 

shoirona, odamsimon, kinoyaomuz kabilar.  

 

Izohlovchi izohlanmish formalaridagi o’xshatishlar: sog’liging 



boyliging, oshnang-belbog’ing. Til yurakning kaliti.  

 

Inkor ma’nosini anglatuvchi emas to’liqsiz fe’li yordamida tuzilgan  



shakl: Shahar emas, jahannam bu. 

  ( M. Ibragimov “Shunday kun keladi”) 

 

O’xshatishning kengaytirilgan formasi. Bunda bir gapning ichida bir 



necha o’xshatish bo’ladi. Gapning birinchi qismida ikki predmet 

chog’ishtirilsa, ikkinchi qismida yana ikki predmet bir-birlari bilan 

chog’ishtiriladi. So’ngra ular yana bir-birlari bilan chog’ishtiriladi: 

 

Meni she’rsiz deding yovlar quyondir 



 

Quyonlarning ishi senga ayondir. 

 

    (Uyg’un va I. Sulton. “ Navoiy”) 



 

Idioma va frazeologik birikmalar vositasida ifodalangan forma: ko’z 

qorachig’idek saqlamoq, suvga tushgan mushukdek kabi.  


 

26 


 

Birdan ortiq vosita ishtirok etgan shakl:  

 

Ana shu haqiqat go’yo Adolatni uyqudan uyg’otgandek  bo’ldi, uni 



dalaga mehnatga chaqiradi. 

 

Hozirgi o’zbek tilida o’xshatish leksik va grammatik vositalar yordamida 



hosil bo’ladi. 

1.  Leksik vositalar. O’xshatish  hosil bo’lishida  anchagina  mustaqil va 

yordamchi  so’zlar  ishlatiladi: 

a)kabi, singari, qadar ko’makchilari vositasida. Bunda predmetlar 

harakati  holati bilan bog’liq bo’lgan bir-biriga yaqin belgilar qiyos 

qilinadi.  Bu ko’makchi har doim o’xshatiladigan predmetni ko’rsatuvchi 

so’zlardan keyin keladi. 

 Misollar:  Vatan ona kabi muqaddas.  

(Og’zaki  nutqdan). 

b)yanglig’, bamisoli, misoli, misli ravishlari vositasida. Bunda boshqa bir 

qonuniyatni kuzatamiz. 

Yanglig’ so’zi doimo o’xshatish obrazidan  so’ng qo’llaniladi, postpozitiv 

holatda bo’ladi: 

 Har vodiyki, bir-bir izladim. 

Yetim qo’zi yanglig’ bo’zladim. 

       (H. Olimjon). 

v) bog’lovchilardan go’yo ham predmetlar, voqea-hodisalarni bir-birlariga 

qiyos qilishda tez-tez ishlatiladi. Go’yo yordamchisi ko’proq o’xshatish ergash 

gapni bosh gapga bog’lash uchun xizmat qiladi. 

To’yingizga yig’ilibdur butun el, 

Xalq kelmoqda to’yga oqib go’yo sel. 

       (H. Olimjon). 

2.  O’xshatishni yuzaga keltiruvchi grammatik vositalar. O’zbek tilida bir 

nechta  affiks borki, ular biror bir predmet belgi yoki holatni    boshqalariga 



 

27 


o’xshatish, qiyos qilish uchun xizmat qiladi.  Ular quydagilar: -day (-dek),  -

simon, -ona, -namo, -larcha, -omuz, -cha, -chasiga, -dan, -li. 

 

Bu affikslar, odatda o’xshatish obrazini  ko’rsatuvchi so’zga qo’shiladi 



va biror predmet, belgi yoki holatni shu so’z orqali ifodalangan predmet yoki 

belgi bilan qiyos qilishga yordam beradi. 

 

Ularning ba’zilari grammatik jihatdan sifat (-simon,  -day,  -dek,  -li) 



yasovchi affikslar hisoblansa ikkinchi bir xillari ravish (-lar –cha, -omuz, -cha, 

-chasiga) yasash uchun xizmat qiladi. –ona affiksi belgi bilan bog’liq bo’lgan 

o’xshatishlar hosil qiladi: 

 

Ba’zilari ovozini pastlatib do’stona maslahat beradi.  



                 (O’. Hoshimov “Tushda kechgan umrlar”) 

 

-dek: Bu affiks –day ning fonetik variantidir. -dek affiksini olgan so’zda, 



uning o’rniga –day affiksini almashtirish bilan ma’nosida hech qanday 

o’zgarish yuz bermaydi. 

 

Uning yuzi olmadek qizardi. 



             (Og’zaki nutqdan) . 

 

O’xshatish  –borliq haqidagi bizning bilimlarimiz har doim nisbiy 



xarakterga egadir. Tashqi olamdagi ayrim narsalar haqida bir aniq tushunchaga 

yoki tasavvurga egamiz. Masalan, olma, quyosh, olov, daryoning oqishi 

jarayoni, tiniq suvning rangi, toza osmonning rangi kabi yoki qushning 

uchishi, osmondagi yashinning xarakteri, shamolning harakati kabilar.  

 

O’zbek tilidagi yeryong’oq, yer tut, anjir, shaftoli kabi predmet nomlari 



shunday qiyoslash  natijasi emasmikan? Bu masalaning bir tomoni, masalaning 

biz uchun zarur bo’lgan tomoni boshqa: yaqin-yaqinlargacha o’zbeklar banan, 

apelsin, anananas kabi predmetlarning na ma’zasini, na hajmini bilar edilar. 

(Hozir ham qishloqlarda bu narsalar haqida tasavvurga ega bo’lmagan kishilar 

uchraydi). Agar biz qulupnayning ma’zasi haqida so’zlamoqchi bo’lsak, u 

tanish bo’lmagan kishiga tutning mazasini chog’ishtirib  izohlashga majbur 

bo’lamiz. Yoki bo’lmasa, sizga tanish bo’lmagan qizning qoshini ta’riflash 


 

28 


uchun qaldirg’och uchib borayotganidagi qanotining chiroyli ko’rinishini ko’z 

oldimizga keltiramiz, agar uning qomatini izohlamoqchi bo’lsak, sarv 

daraxtining chiroyli bir ko’rinishi tasvirlaymiz.  

Bir parcha patir, olamga tatir topishmog’ida oy patirga o’xshatilayapti. 

 

Bu o’rinda shu darajada noziklik, aniqlik  borki, uni inson sezgisining, 



inson aql-  zakovatining kuchini  yaqqol ko’rsatuvchi dalillarning  biri desa 

bo’ladi. Haqiqatdan ham oy nega patirga o’xshatiladi? Nega quyoshni patirga 

o’xshatish mumkin emas? Sabab hammaga aniq bo’lsa kerak. Chunki oyda 

ham, patirda ham, dog’ bor, bu esa ularni bir-biriga o’xshatishga asos bo’lgan, 

quyoshda esa dog’ yo’q.  

 

Maqollarda, eng avvalo, jumlalar aniqligiga, ortiqcha so’zlarga yo’l 



qo’ymaslikka e’tibor beriladi. Bu esa xalq maqollaridagi o’xshatish 

oborotlarining ham nima uchun juda qisqa ekanligini izohlovchi asoslardir: 

 

Ona yurting-oltin beshik.  Yer-suv bitmas kon. Yer-xamir, o’g’it-



xamirturushdir. Yer-xazina,suv-oltin.  Yosh qo’l-arslon parchasi.Quruq ayoz-

tilsiz  yov. Ayriliq-o’limdan qattiq. Borliqning tirikligi-odam bilan. Ilm-aql 

chirog’i. Ilm olish-igna bilan quduq qazishga teng. Aqlli ish-qanotli qush. 

Dono-durdan a’lo. Til-aql tarozisi. Odam temirdan qattiq, guldan nozik. 

 

Mumtoz adabiyotda tashbeh deb nomlanuvchi bu qo’llanish tashbehi 



sareh (ochiq o’xshatish), tashbehi mashrut (shartli o’xshatish), tashbehi tafzil 

(chekinish yo’li bilan o’xshatish), tashbehi aks (teskari o’xshatish), tashbehi 

muzmar (yashiringan o’xshatish), tashbehi tavsiya (barobar o’xshatish), 

tashbehi musalsal (ketma-ket oxshatish) tashbehi kinoyat (kinoya yo’li bilan 

o’xshatish), tashbehi mu’kad (ta’kid yo’li bilan o’xshatish) kabi bir necha xil 

ko’rinishlari mavjud.

18

  

 



O’xshatish,  yuqorida aytganimizdek,  juda qadim zamondan xalq og’zaki 

ijodiyotida,  mumtoz  adabiyotda  ishlatilib  kelingan.  Shuning uchunki, 

                                                            

18

 Исҳоқов Ё. Ташбех.  //  Ўзбек тили ва адабиёти . 1970, 4-сон, 81-84-бетлар.  



 

29 


poetikaga bag’ishlangan eng birinchi asarlarda ham tashbeh, uning tahlili 

masalasiga alohida o’rin beriladi. 

 

O’xshatish ikki narsa yoki voqea-hodisalar o’rtasidagi o’xshashlikka 



asoslanib, ularning biri orqali ikkinchisining belgisini,  mohiyatini to’laroq, 

konkretroq, bo’rttiribroq ko’rsatib berishdir.  

 

O’xshatish eng qadimgi tasviriy vositalardan bo’lish bilan birga, eng 



sodda va ko’p ishlatiladigan, tez-tez qo’llaniladigan sintaktik hodisa 

hisoblanadi.  

 

O’xshatish o’zbek adabiyotshunosligida ham (I. Sultonovning “Adabiyot  



nazariyasi” asari va yo’l-yo’lakay bayon etilgan fikrlar hisobga olinmaganda), 

o’zbek tilshunosligida ham so’ngi yillargacha   maxsus kuzatish obyekti 

bo’lgan emas. Faqat keyingi yillarda matbuotda M. Mukarramov

2



Yo.Is’hoqovlarning ayrim maqolalari maydonga keldi. 

 

Ammo bir shoir yoki yozuvchi tilidan hatto biror alohida olingan asar 



tilida ishlatilgan o’xshatishlar, undagi muallif individual uslubi xususiyati, shu 

asar tilida o’xshatishlarni ishlatishdagi novotorligi uning boshqa yozuvchi yoki 

boshqa asarlarda ijodning dastlabki va keyingi davrdagi o’xshatishlardan 

foydalanishdagi taraqqiyot masalalari, ma’lum adabiy oqimlarga mansub 

bo’lgan shoir yoki yozuvchining o’xshatishdan foydalanishdagi uslubi kabi 

masalalar o’zbek tilshunosligida ham o’z kuzatuvchisini kutmoqda. 

 

O’xshatish asosan nutqiy hodisa hisoblanadi. Chunki bu o’rinda ma’lum 



predmet bir predmetga o’xshatilsa, xuddi shu predmet biror predmetga 

o’xshatilsa, xuddi shu predmet  boshqa o’rinda ikkinchi narsaga o’xshatilishi 

mumkin. Prof. R. Qo’ng’urov o’xshatish haqida o’zining “O’zbek tilining 

tasviriy vositalari”  kitobida shunday degan: Ammo yuzni oyga, qizni gulga 

qiyos qiluvchi doimiy o’xshatishlar borki, ular ham emotsionallik, ham 

                                                            

 


 

30 


baholash qimmatini yo’qotgandir.  Bu tipdagi o’xshatishlarni lingvistik hodisa 

sifatida qarash kerak.

19

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

                                                            

19

 

Қўнғуров Р. Ўзбек тилининг тасвирий  воситалари. Тошкент:Фан , 1977, 42-бет. 



 

31 


II  bob 

O’tkir  Hoshimovning  “Tushda  kechgan  umrlar” 

romanidan o’xshatishga misollar. 

 

2.1.  O’tkir  Hoshimov  va  uning  tilshunoslikda  tutgan o’rni. 

Yozuvchi  O’tkir  Hoshimovning  teran  va  hayotiy  romanlari  biz  izlanuvchi 

tilshunoslarni misollar girdobiga g’arq qiladi va bu o’z ifodasini topadi.  

 

“Shunday asar yozsangki, kitobxon o’qiganida hamma narsani unitsa 



asar qahramonlari hayoti bilan yashasa, quvonsa, iztirob cheksa… Kitobni 

o’qib bo’lgan kuni kechasi bilan uxlamay, tulg’onib chiqsa… kelib, o’sha 

kitobni yana qo’liga olganida qaytadan hayajonga tushsa…Undan yangi 

ma’nolar tuysa… Orzum-shu…” degan edi O’tkir Hoshimov

20

.  


 

Darhaqiqat shunday ekan, yozuvchi o’z ijod maskanida tildan, uning 

nodir topilmas so’zlaridan unumli foydalanadi.  Bu so’zlar tizimi bevosita 

uslubiyat, badiiy tasvir vositalari bilan bog’liqdir.  

 

“ Sharq yulduzi” respublikada nashr qilinadigan adabiy-badiiy ijtimoiy-



siyosiy jurnallar ichida eng mashhur ommaviy jurnaldir. Yozuvchi O’tkir 

Hoshimov shu jurnalning bosh muharriri sifatida aktiv faoliyat ko’rsatdi. 

 

Ulug’    bobomiz    Amir Temur   shaxsiga toshlar  otilayotgan bir paytda 



yozuvchi u haqda  qator maqolalar e’lon qila boshladi.  Hujumlardan, do’q-

po’pisalardan cho’chimagan bosh muharrir  buyuk sarkarda faolyatini  izchil 

yoritishda davom etdi.  

 

Bir  vaqtlar  badnom  qilingan    “Temur  tuzuklari”,  “Zafarnoma”, “Kecha 



va kunduz” asarlari shu jurnalda e’lon qilindi.                                                                                                                                                                                                                                                                                            

Jurnalda Qur’oni karimning o’zbekcha tarjimasi osonlikcha bosilgani yo’q. Bu 

savobli  ishga  shaxsan  yurtboshimizning  o’zi  rahnamolik  qilgani  va  jurnal 

                                                            

20

 

Ҳошимов Ў. Танланган асарлар.  I том. -Тошкент: Шарқ, 2009. 



 

32 


tahririyati  sa’y-harakati bilan Alloh Kalomi ikki yildan ortiq vaqt ichida nashr 

etilgani jiddiy voqea bo’ladi.       

 

Istiqlol  yillarida  yozilgan  “Tushda  kechgan  umrlar”  ramoni  esa  yetmish 



yil  davomida    adolatsizliklarni  toptalgan  qismatlarni  ro’yirost,  badiiy  teran  

aks  ettirgan  asardir.  U pishib yetilgan anorni  kaftingizga qo’yib, yaxshilab 

tikilasiz.  Donalari  pustini turtib turadi. Sal  vaqt o’tsa shu qalin pustlar ichki 

turtkilarga dosh berolmay yoriladi.  

 

O’tkir Hoshimovning ixchamgina “Tushda kechgan umrlar” romanida 



ham voqealar shunchalik zichki, muqovasini yorib yuboraman   deb    turganga 

o’xshaydi.  

 

Romanning anchagina boblarida afg’on urushi tasvirlanadi. Adib bu 



adolatsiz urushning butun fojeasini ,gayriinsoniyligini ro’yirost tasvirlaydi. 

 

Roman qahramonlaridan biri Rustam o’z “internatsional” burchini 



o’tayotganidan mamnun edi. Biroq u bu qonli manzaralar qarshisida o’yga 

toladi.  Bu urush xalqlarga faqat kulfat olib kelishi mumkinligini tushinib 

qoladi. Biroq… u o’z jonini saqlash uchun qon to’kishi shart. Aks holda uning 

o’zi qurbon bo’ladi. 

 

O’tkir Hoshimov –  so’z    sa’natkori. Romanlarida  xalq tili shunchalar 



ravon, shunchalar ifodaliki, har bir satr she’rday ravon oqadi. 

 

 



“Men  O’tkir Hoshimovning jasoratli, qo’rqmas, haqiqatni har qanday 

sharoitda ayta  oladigan  yozuvchi deb atadim. Bu ta’birimni ikkilanmay har 

yerda dadil ayta olaman. Bor  bo’yini ko’rmoq uchun sal orqaga chekinib 

O’tkirga qaradim.Shunda necha yillar ijod qilgan, birga safarlarda yurgan 

qadirdonimni bo’y-basti bilan, o’zini ardoqlagan xalqiga qilgan xizmatlari 

bilan aniq ko’rdim. Oldingdan oqqan suvning qadri yo’q, deganlaridek shu 

paytgacha menga oddiy yozuvchi bo’lib ko’ringan ijodgor to’g’risida shuncha 

gap bilarkanman, bilganlarim shunchalar ko’p   ekanki, sizga faqat bir 

shingilinigina gapirib berdim, xolos. 


 

33 


 

Xalq yozuvchisi, Davlat mukofoti sovrindori, “Buyuk xizmatlari uchun” 

ordeni sohibi O’tkir Hoshimov qo’lidagi kichginagina, ammo tog’larni 

ko’tarishga qodir qalami bilan ona xalqiga, mustaqil yurtimiz xizmatiga doim 

shaydir”

21



 

Yozuvchi O’tkir Hoshimovning eng taniqli va noyob romanlarini kitob 

do’konlaridan topish qiyin. Uning  asarlari o’ta hayotiyligi bilan boshqalardan 

ajralib turadi. Romandan tasvirlar, voqealar rivoji, qalbni titratadigan sahnalari 

va hissiyotlari shunday go’zal va haqqoniy tasvirlangan go’yo o’sha    obraz  

siz. Uning ishtirokchisiga aylanasiz. Yozuvchi O’tkir Hoshimov so’z 

san’atidan, tilimizdagi badiiy tasvir vositalaridan ustalik bilan foydalangan. 

Romandan ko’chimlar va figuralarga istagancha misollar topish mumkin. 

Ayniqsa o’xshatish va uning turlariga misollar rang-barangdir. Romandagi har 

bir personaj o’zga bir   olam. Ularning nutqi va nutqining ravonligi ortiqcha 

so’z va gaplardan mustasnoligi tilimizning boyligini oshiradi. U albatta yangi 

so’z ayta oladi. Asarning badiiyligi juda kuchli berilgan. Til boyligini yuzaga 

chiqarishda uni ahamiyatliligi va ta’sirchan bo’yoqlarga boyligi, o’xshatishga 

to’plangan misollarimizda ham ko’rinib turibdi. Leksik va grammatik tipdagi 

o’xshatishlarga yuzdan ziyod  misollar to’pladim va ayrimlarini  tahlil tartibini 

keyingi punkitda yoritib beramiz va talqin qilamiz. 

 

Ma’lumki,  tilshunoslik fanida O’tkir Hoshimov  serqirra  ijodi tili haqida 



aytilmagan gaplar ko’p. Ayniqsa uning ijodini uslubiy zahiralardan 

foydalanishdagi   mahorati yanada chuqurroq o’rganilishiga muhtoj. 

 

Adibning qaysi bir asariga ko’z yugurtirmaylik, ona tilimizdan zukkolik 



bilan foydalanilgani va so’zlar durdonasini bitta ikkita tergani va durlarni joy-

joyiga qo’ygani ko’zga yaqqol tashlanadi. 

Tildagi imkoniyatlarni o’z uslubiga mos tarzda badiiy mushohada 

qo’dratiga bo’ysindira olganligini ko’ramiz.  

                                                            

21

 



Саид Аҳмад . Сўз боши. .Ҳошимов Ў. Танланган асарлар. 1-том.- Тошкент: Шарқ, 2009. 12-бет. 

 

34 


 

Yozuvchi “Tushda kechgan umrlar” romanida badiiy tasvir vositalaridan 

keng foydalangan. Buning  ijobiy natijasini ilmiy  tadqiqotlarda ko’ramiz. 

Uning romanidagi tasviriy vositalar uslubiyatda yanada mufassal, yana ham 

chuqurroq o’rganilmog’i lozim. 

 

O’tkir Hoshimovning ijodini kuzatar ekanmiz uning she’riyatida 



o’xshatishlarning o’rni beqiyosdir. Ayniqsa “Ona vatan”, “Muqaddas tuproq”, 

“Hayot haqiqatlari”, “Sevgi va muhabat sabr-qanoat” va “Ehtirom va sadoqat” 

haqidagi she’rlarida badiiy tasvir  vositalarini mahorat  bilan qo’llanganligini 

guvohi bo’lamiz.  Iste’dodli yozuvchi O’tkir Hoshimovning ijodi va faoliyati 

haqida ustozlari va muxlislari tomonidan fikr-mulohaza bildirilgan, maktublar 

yo’llangan. Ular quyidagilar: 

 

O’tkir Hoshimov asarlarini  jozibador qilgan, ularga o’ziga xos badiiy 



tarovat baxsh etgan ikki muhim xususiyat bor. Bularning biri shuki, adib 

badiiy asarni yengil tashveqot  vinitchasiga, jo’n targ’ibot quroliga 

aylantirmaydi, balki asarlarning ko’pchiligida biron umumbashariy muammoni 

o’rtaga tashlashga intiladi… ikkinchidan esa shu muammolarning hammasi, 

eng murakkab savollarga javob izlash kishini hayajonga soluvchi yuksak 

badiiy shakllarda amalga  oshiriladi.  Hayotdan olingan, o’zimizning tevarak 

atrofimizda tez-tez uchrab turadigan odamlarning   taqdirida    ifodalanadi. Eng 

muhimi esa   bu odamlar yalang’oya g’oyalar  tajassumi emas, o’z qiyofasiga 

shakli shamoyiliga ega bo’lgan, jozibasi kuchli shaxslar sifatida namoyon 

bo’ladi… 

 

“ Bahor qaytmaydi” qissasi o’z vaqtida katta shuhrat qozondi. Uning 



asosida yaratilgan videofilm tillarga tushdi.  Buning boisi shundaki, bir 

qarashda jo’n ko’rinadigan, turmushda tez uchrab turadigan voqea asosida 

qurilgan bo’lsa-da, juda muhim masalaga  har qanday inson hayotida taqdirini 

belgilovchi ahamiyat kasb etishi mumkin bo’lgan muammoga bag’ishlanadi. 

Uch-to’rt odamning o’zaro munosabatini, ularning sil-silasidan tashkil 


 

35 


topadigan taqdirlarni tahlil qilib, yozuvchi umumbashariy qadriyatlar haqida 

mulohaza yuritadi… 

 

Yozuvchini kitobxonlar chin dildan  yaxshi ko’radilar. Farg’onaning 



G’aniobod xo’jaligida ishlovchi Jafar’ali Payg’amov degan yigit pilla 

brigadasining boshlig’i ekan. Shu odam O’tkirning nomidan bir quti ipak qurti 

boqib, tushgan 828 so’m pulni (u paytda bu-katta pul edi), Jahon Tinchlik 

jamg’armasiga o’tkazibdi. Bu xabar matbuotda e’lon qilindi. O’tkirning  

iltimosi    bilan Jafar’alining  uyiga bordik. Turush-turmushi xarobgina.  Keksa 

onasi bor ekan. Men Jafar’aliga aytdim: “Shuncha pulga xolodilnik, televizor 

olsangiz ham bo’ladiku”, desam,  yigit ko’nglida borini aytib qo’ya qoldi. “ 

Men o’sha kitobga ishqibozligimdan shunday qildim. Televizor olish 

qochmaydi, aka!” . 

 

Adib bilan ko’p safarlarda bo’ldim. Bunaqa misollarni ko’p ko’rdim. 



O’tkir Hoshimov  xalqining  suyukli  adibi. Yozuvchi uchun bundan katta baxt 

yo’q.     

                                                    

 Ozod Sharafiddinov. 

                                                       O’zbekiston qahramoni. 

“Hurmatli O’tkirjon! 

 

Yoshim saksonga bordi. Pensiyadaman. Siz olib boradigan “Bahs” 



ko’rsatuvini tomosha qilib ko’p narsalarni o’yladim. O’kindim. O’ttizinchi 

yillardagi qahatchilikda kunjara yeganlarni ko’rdim. Ochlikdan shishib 

o’lganlarni ko’rdim. Urushda bo’lib, Polshagacha bordim. Nasibam qo’shilgan 

ekan,  ona yurtimga qaytib keldim. Chindan ham bugun nom chiqararga to’y 

qilib, ortib qolgan qazon-qozon ovqatlarni cho’chqaxonalarga berayotganlar 

ham, nonni oyog’osti qilayotganlar ham bor. Bunisiyam mayli shunaqalar 

borki, to’rtta-beshta buqani shulha, kunjara bilan emas, magazindan arzon-

garovga  un  olib, semirtirib sotayapti. Tag’in biz oziq-ovqat programmasini 

bajaryapmiz, deb maqtanadi. Odam yeydigan unni, ya’ni nonni  hayvonga 

berish gunoh emasmi?” 



 

36 


 

 

 



 

 

 



 

Turg’unali Obidov. 

 

 

 



 

 

 



 

Andijon, 1983 yil, 24-noyabr. 

 

“Assalomu alaykum, ustoz! Men Andijon viloyati   Marhamat    tumanida 



yashayman. Yoshim 23 da. Kasbim-iqtisodchi. Yoshligimdan badiiy 

adabiyotga qiziqaman.  Uchinchi sinfda o’qiyotganimda “G’uncha” jurnalida 

birinchi she’rim bosilgan. Vatanni, do’stlikni, haqiqiy sevgini kuylashni 

istayman… Matbuotda “Nega? Nega-a-a?” nomli hikoyangizni o’qib 

yuragimda bir narsa uzilib ketgandek bo’ldi. Shu asarni o’zimcha she’rga 

solmoqchi bo’ldim. Bilaman, she’rim hech qayerda chiqmaydi. Muxlisingiz, 

o’quvchingiz sifatida javob xati yozsangiz o’zimni baxtiyor sanagan bo’lur 

edim. 


 

Ko’ngli tongday. Maktub kelibdi bugun.  

Yolg’iz o’g’li-Raxmatidan zoridan.  

“Meni kuting, uyga qaytarman tez kun” 

Debdi. Mana bu xat iftixoridan.  

Xayol ketdi. Ostonada kelinchak  

Qo’llarida sochiq turar, choy tutar.  

Uy to’rida go’dak ila belanchak,  

“Bobo”, deya har kech yo’lini kutar.  

Shirin o’yla ketib borar bosh egib,  

Kun sanashga bormoqlari yetmaydi. 

Shuncha kunni o’tkazdi u zor kutub 

O’g’li kelar, shubha bezor etmaydi… 

Ostonada paydo bo’ldi bir odam, 

Quchoqladi va zo’r bardosh tiladi. 

Sovuq xona… Nega undaydi qadam? 

Nega muzlar, nega notinch yuragi? 

Ana! “Sekin!” Nahot, shu o’g’li bo’lsa? 

“Ota!” - dedi ingranib jonsiz ovoz. 


 

37 


-Bolam! Bolam! Qani ko’zim ko’r bo’lsa! 

Sochlari oq, rangpar yuzi oq qog’oz! 

-Tur, jon bolam, tur o’rningdan, ketamiz! 

Onaginang seni mushtoq kutmoqda. 

Tur, jon bolam, tur o’rningdan, ketamiz! 

Bir biz emas, butun qishloq kutmoqda. 

Va… ustidan yulqib oldi adiyolni 

Shunda ko’rdi… yarim yo’q tirik jonni! 

Qonga botgan yarmi yo’q kesik o’g’lonni! 

Shunda ko’rdi qonli Afg’onistonni! 

“Ko’zingni och! Kel bag’rimga. Kel o’g’lim! 

Nega! Nega! Nega chiqmas hech ovoz? 

Bolamda ne gunoh? Bu qanday zulm? 

Qani pahlovonim? Qani u shavvoz?! 

Ey xudo! Suyanchim, tilagim qani? 

Nega o’n to’qqizda sochi qordek oq? 

Belimning madori, yuragim qani? 

Bolam! Bo’lolmadim men senga panoh! 

Nega? Nega? Nega- a-a?” 

Sen kechmagan qonlarni kechib keldim-ku o’g’lon! 

Qushmi, ajal bo’ylagan osmonlarda uchdi-ku! 

Yuzlab asl o’g’lonlarning boshiga yetdi Afg’on, 

Yetti o’g’ling boshiga, qatoringdan ketdi u! 

 

 



 

 

Munavvar Toshpo’latova, 



 

 

 



 

1989-yil, 12-fevral

22

   


Download 308.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling