Reklama va amaliy grafika


III. BOB “O’ZBEKISTON DAVLAT SIMFONIK ORKESTRI” MAVZUSIDAGI BITIRUV MALAKAVIY ISHIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR


Download 82.7 Kb.
bet10/14
Sana18.06.2023
Hajmi82.7 Kb.
#1594398
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
dIPLOM

III. BOB “O’ZBEKISTON DAVLAT SIMFONIK ORKESTRI” MAVZUSIDAGI BITIRUV MALAKAVIY ISHIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR.
3.1. O’zbekiston Davlat Simfonik Orkestri

SIMFONIK ORKESTR - torli, puflama va urma cholg`u asboblardan tuzilgan eng boy va murakkab turdagi orkestr. Uning shakllanishida yevropada tarqalgan cholg`u asboblari hamda xalq va professional cholg`u ansambllari muhim rol o`ynagan. 18-asrning 2-yarmida klassik Sinfonik orkestri tashkil topgan; u kichik Sinfonik orkestri deb ham yuritiladi. Unga 8-10 birinchi va 4-6 ikkinchi skripka, 2-4 alt, 3-4 violonchel, 2 kontrabas, 2 tadan fleyta, goboy, klarnet, fagot, valtorna, keyinchalik, 2 truba va litavralar kirgan. 19-a.da mazkur orkestrga boshqa cholg`ular (mas., trombonlar, tuba va b.) qo`shilishi hamda ijrochilar soni (mas., birinchi skripkalar 14-16 tagacha) ko`paytirilishi natijasida katta Sinfonik orkestri paydo bo`lgan. 19-va 20-a.da Sinfonik orkestri tarkibi o`ziga xos tembr va ifodaviy imkoniyatlarga ega bo`lgan boshqa (mas., kichik va basklarnetlar, arfa, chelesta, organ, fortepiano, ayniqsa, turli urma cholg`ular va b.) musiqa asboblar hisobiga kengaytirilgan. O`zbekistonda Sinfonik orkestri 19-a.ning oxirida paydo bo`ldi. Hozir O`zbekiston milliy simfonik orkestri, O`zbekistan davlat konservatoriyasi qoshidagi musiqali teatr- studiyasining Sinfonik orkestrlari chet el mumtoz hamda zamonaviy kompozitorlar asarlarining targ`ibotchilari sifatida tanilgan. Bulardan tashqari, Navoiy teatri, Muqimiy teatri va badiiy musiqali drama va komediya teatrlarida mavjud. Oʻzbekiston milliy simfonik orkestri — respublikada yetakchi simfonik orkestr hissoblanadi. 1938-yil Oʻzbek davlat filarmoniyasi tarkibida Oʻzbekiston davlat simfonik orkestri nomi bilan tashkil topgan (birinchi bosh dirijyori — G.Shpitalniy). 1982-yildan Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jamoa. 1986-yildan hozirgi nomda. Oʻz faoliyati davomida orkestr chet el mumtoz (Gaydn, Motsart, Betxoven, Brams, Maler, List, Glinka, Chaykovskiy, Ravel, Debyussi va boshqalar) va 20-asr kompozitorlari (R.Shtraus, Britten, Prokofyev, Stravinskiy, Onegger, Shchedrin, Shostakovich, Shyonberg, Shnitke va boshqalar)ning deyarli barcha simfonik asarlarini ijro etgan. Jamoa Oʻzbekiston kompozitorlari (M.Ashrafiy, Ik. Akbarov, M.Burhonov, B.Zeydman, M.Tojiyev, M.Mahmudov, R.Vildanov, T.Qurbonov, S.Jalil, M.Bafoyev va boshqalar) asarlarining birinchi ijrochisi va targʻibotchisidir. Orkestrga A Kozlovsksh, N.Olimov, Z.Haqnazarovlar rahbarlik qilgan. 1998-yildan badiiy rahbari — K.Jalilov, bosh dirijyori — A.Ergashev. Orkestr bilan mashhur dirijyorlardan K.Kondrashin, Yu.Silantyev, AMelikPashayev, A.Kats, F.Mansurov (Rossiya), K.Mazur (Germaniya), J.Boudri (Kanada), S.Akchil (Turkiya), G.Kalayyani (Italiya) va boshqalar, sozandalardan I.Stern, J.Fergyusson (AQSH), M.Az (Fransiya), J.Lill (Angliya), Turini (Italiya), D.Oystrax, L.Kogan, M.Rostropovich, E. Gilels, R.Kerer, G.Kremer, V.Spivakov, T.Nikolayeva va boshqalar, xonandalardan I.Sumak (Peru), B.Minjilkiyev (Qirgʻiziston), M.Reyzen (Rossiya) va boshqalar chiqishlar qilganlar. Orkestr respublikada oʻtkaziladigan simfonik musiqa ("Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston", "Oʻrta Osiyo va Kavkazorti mamlakatlari"), zamonaviy musiqa ("Davr sadolari", "Ilhom — XX") festivallari, xalqaro musiqa anjumanlarida (Toshkent, 1975; Olmaota, 1975; Samarqand, 1978, 1983 va boshqalar) faol qatnashgan; Rossiya, Ukraina, Ozarbayjon, Turkiya, Boltiqboʻyi va Oʻrta Osiyo mamlakatlari, Tailand, Singapurda gastrolda boʻlgan. Ijrolari oʻnlab gramplastinka va oʻzbek radiosi fonotekasiga yozilgan. 2014 yil men Moskva davlat konservatoriyasini bitirib kelganimda bir qancha hamfikrlar bitta loyiha atrofida yig‘ildik. Betxovenning “Fidelo” degan yagona operasi bor. O‘sha operani qo‘yamiz degan tashabbus bilan chiqdik va loyiha uchun mablag‘ topdik. Rejissyor Georgiy Dmitriyev bilan birgalikda bir qator xonanda va sozandalar Rus drama teatrida spektaklning premerasini, O‘zbekistondagi birinchi ijrosini amalga oshirdik. Juda ham katta muvaffaqiyat bilan o‘tdi, anshlag bo‘ldi, soha mutaxassislarining ijobiy retsenziyalarini oldi bu spektakl. Shundan keyin katta loyihalarni amalga oshira olishimizga ishonch paydo bo‘ldi. Bu orkestr yig‘ma orkestr edi, uni tarqatmasdan bir nechta konsert berdik. Bir qancha muddatdan keyin orkestrni o‘sha paytdagi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati o‘zining qaramog‘iga olib, moliyalashtirdi. Shundan keyin 7 yil davomida O‘zbekiston yoshlar simfonik orkestri sifatida faoliyat olib bordik. O‘tgan yetti yil mobaynida biz juda ham ko‘plab xalqaro tadbirlarda qatnashdik, respublikamizning eng katta tadbirlarida doimiy ishtirokchiga aylandik, dunyoning ko‘plab davlatlarida gastrol safarlarida bo‘lib qaytdik. “Mana man” degan dunyoning katta sahnalarida, Yevropa davlatlarida “stoyaiy avatsiya” (turib qarsak chalishlariga) sazovor bo‘ldik. Prezidentimiz 2020 yil 30 iyunda imzolagan Yoshlarni qo‘llab quvvatlash va Yoshlar ishlari agentiligini tashkil etish bo‘yicha qarorda O‘zbekiston yoshlar simfonik orkestri negizida O‘zbekiston Davlat simfonik orkestrini tuzish bandi kiritilgan edi. Yaqinda ushbu masala bo‘yicha Vazirlar mahkamasining qarori qabul qilindi. Endi biz O‘zbekiston davlat simfonik orkestri maqomida, respublikaning birinchi raqamli simfonik orkestri sifatida faoliyatimizni davom ettiramiz. Hozirgi kunda konsert faoliyatimizni respublikadagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda olib borayapmiz. Ularning soni kamaygan va aksariyati onlayn tarzda o‘tmoqda. Har hafta biz Chaykovskiy, Shostakovich, o‘zimizning bastakorlarimiz asarlarini muxlislar e’tiboriga havola qilyapmiz. Har juma, shanba kunlari konsert beramiz. Bundan tashqari, orkestrimiz har oyning oxirgi jumasida Yoshlar ijod saroyida kamer musiqa kechalarini o‘tkazadi. Bu mutlaqo bepul konsertlar. Qatarda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatida bir nechta ma’naviy tadbirlar bo‘lib o‘tadi. Mana shu ma’naviy tadbirlarga ham taklif qilinganmiz. Kuzda Toshkentda xalqaro simfonik musiqa festivali o‘tkaziladi . Kamoliddin Urinboyev , O’zbekiston davlat konservatoriyasining rektori, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist shunday deydi ; Yaxshiyamki, ijodiy OTMga rahbarlik qilaman. Shundan foydalanib, pedagogik faoliyat ham olib boryapman, dirijerlik sohasida shogirdlar tayyorlayapmiz. Shu jihatdan dars jarayonlarimiz orkestr bilan bog‘liq. Albatta o‘zim rahbarlik qilayotgan O‘zbekiston davlat simfonik orkestri bilan ham konsert faoliyatini olib borishga imkon qadar harakat qilyapman.


— «30 iyun – O’zbekiston yoshlari kuni»da biz yoshlarning buguni va ertasini belgilab beruvchi yana bir muhim «O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to’g’risida» Prezident Farmoni qabul qilingani barchamizni xursand qildi. Unga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tashkil etilishi bo’yicha qaror imzolangani, Muhtaram yurtboshimizning yana bir bor yoshlarga berayotgan eng yuksak e’tiborlari natijasi desam mubolag’a bo’lmaydi. Farmon hamda qaror bilan tanishib chiqar ekanmiz, har bir bandida yoshlarning manfaatlari himoya qilingani hamda ularni qo’llab quvvatlashga qaratilgani, shuningdek har bir inson o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga bemalol etishishi uchun keng imkoniyatlar eshigi ochilganini ko’rishimiz mumkin. Ushbu qarorda keltirilgan yana bir muhim bandlaridan biri bu – Toshkent shahar «Yoshlar ijod saroyi» qoshidagi «Yoshlar simfonik orkestri» negizida «O’zbekiston davlat simfonik orkestri» tashkil etilishi va amaldagi mehnatga haq to’lash shartlari saqlanib qolgan holda Madaniyat vazirligi tuzilmasiga o’tkazilishi belgilab berilgani bo’ldi. O’z vaqtida yoshlar tomonidan tuzilgan «Yoshlar simfonik orkestri» jamoasiga bildirilgan bu katta ishonch, u erda faoliyat yuritib kelayotgan barcha ijodkorlarning qalbini faxr va iftixorga to’ldirdi. O’zbekiston davlat konservatoriyasining yuqori malakali ustozlardan tashkil topgan mehnat jamoasi ham bu farmon va qarordan ruhlanib, o’z ijodimiz bilan milliy musiqa san’atimizni nafaqat yurtimizda, balki dunyo sahnalarida bugun bu dargohda tahsil olayotgan talabalarimiz ijodida baralla jaranglashi uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz

Download 82.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling