14. Emojilardan ( ) kamroq foydalaning
Reklama matningiz ko'zni charchatmaydigan va o'qish uchun oson bo'lsin.
Ba'zi reklamalarda emojilar ko'pligini ko'rib bir qator ham o'qimasdan o'tkazib
yuborasiz.
Buni Facebook algoritmi ko'radi va reklamani "qiziqarsiz va auditoriyaga to'g'ri
kelmagan" deb belgilaydi.
Bu esa reklamangiz CTR % ni kamaytiradi. Agar uzoq davom etsa undan
jiddiyroq oqibatlarni keltirib chiqarish ehtimoli katta.
15. Reklamangiz kamsituvchi yoki xafa qiluvchi emasmi?
Mark Zuckerberg o'rniga o'zingizni qo'yib ko'ring. Ijtimoiy tarmog'ingiz
foydalanuvchilarini kimdir kamsitsa yoki xafa qilsa qanday chora ko'rgan
bo'lar edingiz?
Albatta bloklaysiz. Chunki foydalanuvchilar albatta birinchi o'rinda turadi.
Shuning uchun hamisha reklamangizda positiv kayfiyat ulashishga harakat
qiling.
Mahsulotingiz kassallikka davo bo'lgan taqdirda ham, mahsulotingizdan
foydalanmasa qanday yomon oqibatlar kelib chiqishini emas...
Mahsulotingizdan foydalanib qanday hayoti o'zgarishini tasvirlang.
Do'stlaringiz bilan baham: