Рекомендация стратегии


Download 365.5 Kb.
bet1/4
Sana30.04.2023
Hajmi365.5 Kb.
#1403231
  1   2   3   4
Bog'liq
Termiz davlat iniversiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisod

Termiz davlat iniversiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisod (tarmoqlar va sohalar) ta’lim yo’nalishi 3 – kurs 520 – guruh talabasi Mahmataliyev Jasurning investitsiyalar tahlili fanidan tayyorlagan taqdimoti.

Tayyorladi: Mahmataliyev J.

Qabul qildi: Raxmanov Sh.

Lizing to’g’risidagi qonun

Reja:

  • Lizing o’zi nima?
  • Lizing talablari nimalardan iborat?
  • O’zbekiston Respublikasining Lizing to’g’risidagi qonuni haqida.
  • Xulosa.

1. Lizing o’zi nima?

  • Lizing – bu uzoq muddatli ijara bo‘lib, uning oxirida ijaraga olingan obyektni sotib olish imkonini beradi. Bir tomondan bu oddiy ijara shakliga juda ham o‘xshash. Aslida esa ular o‘rtasidagi farq yetarlicha aniq.
  • Lizingda bitim predmetini mijoz tanlaydi. U sotuvchini tanlaydi. Xaridni esa lizing kompaniyasi amalga oshiradi va sotib olingan tovarni mijozga vaqtinchalik foydalanishi uchun kelishilgan muddatga beradi. Belgilangan summa to‘langandan keyin, ijaradagi mulk mijozning tasarrufiga o‘tadi.

Lizing kimlar uchun?

  • Maxsus uskunalar, transport vositalari, ko‘chmas mulk yoki biznes jihozlariga muhtoj yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslar lizingdan foydalanadi. Agar Sizga mashina kerak bo‘lsa, Siz jismoniy shaxs sifatida ham lizingni olish imkoniyatiga egasiz.

Nimani lizingga olish mumkin emas?

  • Yer uchastkasini, tabiiy obyektni (masalan, dala yoki ko‘l) va davlatga tegishli bo‘lgan hamda qonun bo‘yicha erkin muomalaga chiqarilmaydigan mulkni (masalan, binolar, madaniy yodgorliklar) lizingga olish mumkin emas.
  • Lizing to‘lovlarini qanday amalga oshirish kerak?
  • O‘zbekistonda lizing to‘lovlari bir necha bosqichda amalga oshiriladi:
  • Dastlabki to‘lov – bu odatda tovarning sotib olish narxining 20-30%ni tashkil etadi;
  • Oylik to‘lovlar. Ular ikki xil shaklda bo‘ladi: annuitet (butun muddat davomida bir xil miqdorda oylik to‘lovlarni amalga oshirasiz) va regressiv – birinchi oyda Siz ko‘proq to‘lovni amalga oshirasiz, keyingi oylarda to‘lov miqdori asta-sekin kamayadi.

Download 365.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling