Рекомендательное письмо


Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning asosiy yo`nalishlari


Download 0.6 Mb.
bet29/60
Sana29.01.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1138324
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   60
Bog'liq
portal.guldu.uz-KORXONALAR IQTISODIYOTI

3. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning asosiy yo`nalishlari.

Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi ko`p va turli-tuman omillar va sharoitlar ta`siri ostida shakllanadi. Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini oshirish muammosini qiyinligini shundan iboratki, bu omillar bir-biridan alohida mustaqil harakat qilmaydi. Ular bir-biri bilan mustahkam aloqada, bir-biri bilan bog`liq. Bu omillarni uchta aspektda o`rganish tavsiya qilinadi:



      1. Resurslar va xarajatlar bo`yicha :

    1. Mehnat sig`imi;

    2. Er sig`imi;

    3. Fond sig`imi;

    4. Material sig`imi.

II. Vujudga kelishining asosiy yo`nalishlari:

  1. Texnologiya;

  2. Ixtisoslashtirish va konsentrasiya;

  3. Mehnatni tashkil qilish va mehnat haqi;

  4. FTT va ilg`or tajribalar;

  5. Xo`jalik hisobi va ijara.

III. Xo`jalik yuritish darajasi bo`yicha:

  1. Xalq xo`jaligi;

  2. Tarmoq;

  3. Ichki xo`jalik.

Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish har bir so`m xarajatga va qo`llanilgan resurslarga ko`proq mahsulot va foyda olish demakdir. Bu esa butun iqtisodiyot uchun katta ahamiyatga egadir va ularning ahmiyati quyidagilar bilan tavsiflanadi:

  • Mahsulot birligiga mehnat va resurslar qancha kam sarflansa, mavjud resurslardan ko`proq mahsulot olinadi va ular arzon bo`ladi;

  • Iqtisodiyotda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish katta iqtisodiy samara beradi. Agar mamlakat bo`yicha mehnat unumdorligi 1%ga oshirilsa, hisob-kitoblarga qaraganda bir yilda qo`shimcha 0,3 mlrd. so`mlik yalpi mahsuloti olinadi. Mahsulot tannarxini 1%ga pasaytirish ham taxminan 0,2 mlrd. so`mlik yalpi foyda keltiradi. Asosiy ishlab chiqarish fondlari samaradorligini 1%ga oshirish esa 0,6 mlrd. so`mlik kapital quyilmani kamaytiradi.(Hisob-kitoblar dosent O.Murtazaevniki).

  • Ishlab chiqarish samaradorligi mahsulotlarning baholariga ham bog`liq. Chunki xarajat kam bo`lsa, erkin baholar ham bozorda pastroq bo`ladi.

  • Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish korxonalarning daromadini ko`payishiga va rentabellilikning oshishiga olib keladi. Qancha ko`p sifatli va arzon mahsulot ishlab chiqarilsa va sotilsa, ishlab chiqaruvchilarning daromadi ko`payadi, ko`proq ishlab chiqarishni rivojlantirishga, mehnat haqini oshirishga va madaniy-maishiy sharoitlarga mablag` ajratiladi.


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling