Рекомендательное письмо
Foydalaniladigan adabiyotlar ro`yxati
Download 0.6 Mb.
|
portal.guldu.uz-KORXONALAR IQTISODIYOTI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-MAVZU. ISHLAB CHIQARISHNING IQTISODIY VA IJTIMOIY SAMARADORLIGI
- Asosiy terminlar
Foydalaniladigan adabiyotlar ro`yxati:
1. Karimov I.A. O`zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo`lida. Toshkent. “O`zbekiston”. 1995 yil. 2. Karimov I.A. O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. Toshkent. “O`zbekiston”. 1998 yil. 3. Karimov I.A. O`zbekiston XXI asrga intilmoqda. Toshkent. “O`zbekiston”. 1999 yil. 4. Volkov O.I. Ekonomika predpriyatiya. Moskva. “Infra-M”. 2001. 5. Dolan E.D. Rinok: mikroekonomicheskaya model.Sankt-Peterburg.1992. 6. Ismoilov A.Q., Murtazaev O. Qishloq xo`jalik iqtisodiyoti. Darslik. Toshkent. 2003. 7. Seddies Yu.,Raysh E.,Ugarov A.A. Ekonomika selskoxozyaystvennix predpriyatiy. Moskva. 2000. 8. Sharifxo`jaev M., Abdullaev Yo. Menejment. Darslik. Toshkent. 2001. 9. Hakimova M. Mikroiqtisodiyot. Toshkent. 1997. Eslatma: Bundan tashqari har bir mavzu bo`yicha tegishli qonunlar, farmonlar, yo`riqnomalar, ko`rsatmalar va boshqa me`yoriy hujjatlardan, shuningdek, ilmiy jurnal va boshqa manbalardan ham foydalanish mumkin 6-MAVZU. ISHLAB CHIQARISHNING IQTISODIY VA IJTIMOIY SAMARADORLIGI Reja. Korxona faoliyatida samaradorlikning o`rni va ahamiyati. Ihslab chiqarish samaradorligi tushunchasi, mezonlari va ko`rsatkichlari. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning asosiy yo`nalishlari. Asosiy terminlar: samara, natija, samaradorlik, ishlab chiqarish samaradorligi, samaradorlik mezoni, samaradorlik ko`rsatkichlari, samaradorlikka ta`sir etuvchi omillar. 1. Korxona faoliyatida samaradorlikning o`rni va ahamiyati. Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi umumiy ko`rinishda ishlab chiqarishning natijasi, jonli va buyumlashgan mehnat xarajatlari o`rtasidagi nisbat bilan ifodalanadi. Ishlab chiqarish iqtisodiy samaradorligini oshirishning ob`ektiv zarurligi mamlakat iqtisodiy rivojlanishining hozirgi bosqichdagi bir qator xususiyatlari va doimiy harakatdagi omillarning yig`indisiga bog`liq. Bir tomondan ishlab chiqarish samaradorligini oshirish resurslarga bo`lgan talabning o`sib borishi va qiyinlashishi, mahsulot sifatiga bo`lgan talabning kuchayishi, ba`zi ishlab chiqarish resurslarining cheklanganligi, ishlab chiqarish vositalari qiymatining o`zgarishi va boshqalarni ko`rsatib turadi. Boshqa tomondan, jamiyatning rivojlanishi ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkoniyatini kengaytiradi. Mamlakatda to`plangan iqtisodiy potensial, fan va texnikaning rivojlanishi, malakali kadrlar, ommaning aktivligi, ularning tajribasi, shuningdek, yuqori pirovard natijalarga ommaning moddiy qiziqishining o`sishi mahsulot ishlab chiqarishni ko`paytirishga sharoit yaratadi, tannarxni pasaytiradi va rentabellilikni oshirish imkoniyatlaridan oqilona foydalaniladi. Korxona iqtisodiyotida samaradorlikning ahamiyati shundan ibotatki, u faoliyat uchun qo`shimcha resurslarni vujudga keltiradi. Samaradorlikni oshirishdan korxona quyidagi manfaatlarga ega bo`ladi: korxonada mulk miqdorini oshirishga va shu asosda iqtisodiy quvvatlarning ham oshishiga olib keladi; korxona ishlovchilarini moddiy rag`batlantirish uchun manba shakllantirish uchun fondlar shakllantirish imkoniyatlari paydo bo`ladi; korxonada mavjud resurslarni tejash va shu asosda qo`shimcha ishlab chiqarishni yo`lga qo`yishga imkoniyat paydo bo`ladi; samardorlikning oshishi uning boshqa sintetik ko`rsatkichlarini ham o`sishiga asos bo`ladi va shu asosda korxona iqtisodiyatini ham o`sishiga olib keladi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling